― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   266
pul va banklar (2)

Jamg„arish vositasi. 
Pul shuningdek jamg‗arish vositasi sifatida xizmat qiladi; daromad olingan 
vaqtdan boshlab xarajat qilingungacha bo‗lgan davrda xarid qobiliyatini saqlab 
turish vositasi xisoblanadi. Pulning ushbu funksiyasi foydali hisoblanib
ko‗pchiligimiz saqlashni afzal ko‗rib, pullarni olishimiz bilan darhol xarajat 
qilishni hoxlamaymiz. Pul – yagona jamg‗arish vositasi emas; har qanday aktivlar 
– pullar, aksiyalar, obligatsiyalar, er, uy, san‘at asarlari yoki zargarlik mollari – 
jamg‗arish vositasi hisoblanadi. Ushbu aktivlardan ko‗pchiligi pulga nisbatan 
o‗zining egalariga katta foyda (foiz) keltirib, narxi kutariladi va qulayliklar 
yaratadi (masalan, boshimiz ustidagi tom). Agarda ushbu aktivlar jamg‗arish 
vositasi sifatida pul bilan taqqoslaganda ancha foydali bo‗lsa, unda insonlar nega 
pullarni jamg‗arishadi? Ushbu savolga javob muhim iqtisodiy tushuncha 
hisoblangan 
likvidlilik 
bilan bog‗liq hisoblanib, aktiv oson va tezkorlik bilan
ayirboshlash vositasiga aylanadi. Likvidlilik juda ham muhim hisoblanadi. Pul 
ayirboshlash vositasi hisoblanganligi bois eng likvidli aktiv hisoblanadi; bir narsa 
sotib olish uchun pul boshqa narsaga aylantirish shart emas. Boshqa aktivlar 
pulga aylantirilganda tranzaksion xarajatlarni talab qiladi. Masalan, siz uyingizni 
sotsangiz, brokerlik komissiyasini to‗lashingiz shart (odatda sotish narxining 4-6% 
ini tashkil qiladi). Agar siz kechiktirib bo‗lmaydigan hisobraqamlarni tezda to‗lash 
uchun naqd pullarga muhtoj bo‗lsangiz, pulni tezda sotish uchun uyingizni ancha 
past narxda sotishingizga to‗g‗ri keladi. Pul eng likvidli aktiv bo‗lmasin va yuqori 
darajadagi jamg‗arish vositasi hisoblanmasada odamlar bajonidil pulni saqlaydi. 
Jamg‗arish vositasi sifatida pulning ishonchliligi narxlar darajasiga bog‗liq 
hisoblanadi. Masalan, barcha narxlarning ikki barobar oshishi, pulning qiymatini 
ikki barobarga kamayganligini anglatadi. Teskari holatda narxlarning ikki 
barobarga kamayishi pulning qiymatini ikki barobarga oshganligini ko‗rsatadi. 
Inflyasiya sharoitida narxlar darajasining tezlik bilan o‗sishi kuzatilsa, pul tezda 
o‗zining qiymatini yo‗qotadi. Natijada odamlar istar-istamas o‗zlarining 
boyliklarini pul shaklida saqlashadi. Bu holat oylik inflyasiya surati 50% dan 
oshishi natijasida yuzaga keladigan giperinflyasiyaga hos bo‗lgan bo‗lgan yuqori 
inflyasiya sharoitiga ko‗proq mos tushadi. Birinchi jahon urushidan so‗ng 
Germaniyada xuddi shunday inflyasiya sodir bo‗lib, inflyasiya surati ba‘zan oyiga 
1000% dan oshib ketdi. 1923 yilda giperinflyasiya tugagungacha narxlar darajasi 
ikki yil oldingiga nisbatan 30 milliard marotaba o‗sishi kuzatildi. Aytishlaricha, 
giperinflyasiya tugash davrida buxanka non sotib olish uchun bir zambil naqd pul 
talab qilingan ekan. Pul o‗zining qiymatini shunchalik darajada tez yo‗qotgan 
ediki, ish kuni davomida ishchilarga bir necha marotaba ish haqi to‗langan va 
pullar o‗zining qiymatini yo‗qotib qo‗yishidan oldin ertaroq pullarni sarflashlari 
maqsadida tanaffuslar e‘lon qilingan. Hech kim pulni jamg‗arishni xohlamagan, 
chunki ularning almashuv vositasi sifatida o‗rni yo‗qolgan va barter tizimi yanada 


rivojlanishiga olib kelgan. Operatsion xarajatlar yuqori darajada o‗sib, 
kutganimizdek, yalpi ishlab chiqarish hajmi keskin tushib ketgan.
19

Iqtisodiyotni boshqarishning bozor munosabatlari joriy etilgan mamlakatlar 
iqtisodiy adabiyotlarida, pul uchta, ya‘ni qiymat o‗lchovi, muomala vositasi va 
jamg‗arma vositasi funksiyalarni bajarishi bayon etiladi. 
P.Samuelson Aristotelning ta‘limotlariga tayangan holda pul faqat ikkita, 
ya‘ni ayirboshlash vositasi, baho mashtabi birligi yoki o‗lchov hisobi 
funksiyalarini bajarishini ta‘kidlaydi
20
.
Angliya – amerika iqtisodchi olimlari pulning uchta funksiyasi (muomala 
vositasi, qiymat o‗lchovi va jag‗arma vositasi) mavjudligini e‘tirof etishadi
21

Jumladan, Edvin Dj. Dolan, Kolin D. Kempbell, Rozmari Dj. Kempbelllar pul 
muomala vositasi, qiymat o‗lchovi va jamg‗arma vositasi funksiyalarini bajarishini 
ta‘kidlaydi
22
.
Nemis iqtisodchi olimi K.Knis (1821 – 1898) pulning to‗rtta ya‘ni, qiymat 
o‗lchovi, muomala vositasi, to‗lov vositasi va jamg‗arma vositasi funksiyalarini 
e‘tirof etadi.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin