― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   266
pul va banklar (2)

S.Fisher, R.Dornbush, R.Shmalenzilar ham pulning to‗rtta funksiyalarini 
bajarishlarini e‘tirof etib, ularni quyidagi ketma – ketlikda amal qilishini 
ta‘kidlaydi: birinchisi – muomala vositasi va to‗lov vositasi, ikkinchisi – o‗lchov 
hisobi, uchinchisi – qiymatni saqlash vositasi, to‗rtinchisi – kechiktirilgan 
to‗lovlarni o‗lchovi
23

K.Marks pulning funksiyalari konsepsiyasida uni uchta funksiyasi 
mavjudligini ta‘kidlaydi. U pulning funksiyalarini quyidagi ketma – ketlikda 
ifodalaydi. Birinchisi – qiymat o‗lchovi, ikkinchisi – muomala vositasi, uchinchisi 
– moliyaviy pul. K.Marksning pulning uchinchi funksiyasi ayrim iqtisodchilar 
tomonidan jamg‗arma vositasi, to‗lov vositasi va jahon puli kabi vazifalarini 
bajarishi mumkinligini ilgari suriladi
24

Rossiyalik 
iqtisodchi 
olim, 
professor 
O.I.Lavrushin
25

professor
V.A.Shegorsova
26
, professor V.V.Ivanov va professor B.I.Sokolovlar
27
tahrirlari 
ostida chop etilgan Pul, kredit, banklar darsliklarning barchasida pul beshta 
funksiyani bajarishi e‘tirof etiladi. 
19
Frederic S.Mishkin. The economics of money, banking and financial markets. Pearson Education Limited pp. 
2013. pp. 94-104 
20
Самуэльсон П. Экономика вводной курс. –М.: 1964. –С. 69. 
21
Масалан: Харрис Л.Денежная теория. –М.: 1990. –С.75; Долан Э., Линдсей Д. Макроэкономика. – СПб.: 
1994, – С. 7 – 8. 
22
Эдвин Дж. Долан, Колин Д. Кэмпбелл, Розмари Дж. Кэмпбел. Деньнги, банковское дело и денежно – 
кредитная политика. Пер. с. англ. к.э.н. А.А.Лукашевич, А.П.Маноцкова, к.ф.н. Е.Б.Ярцева, к.ф – м.н. 
М.Б.Ярцев. –М. – СПб., 1991. –С. 26. 
23
Фишер С., Дорнбуш Р., Шмалензи Р. Экономика. –М.: 1993. –С. 474 – 475. 
24
Пезенти А. Очерки политической экономики капитализма: в 2 т.: пер. С итал. Т.1. – С. 472 – 473. 
25
Деньги, кредит, банки: учебник/кол. авт.: под ред.засл.деят. науки РФ, д.э.н. проф. О.И.Лаврушина. – 
5 – е изд., стер. –М.: КНОРУС, 2007. –С. 57. 
26
Деньги, кредит, банки: Учебник для вузов. Под.ред. проф. Щегорцова В.А. –М.:ЮНИТИ – ДАНА, 
2005. –С. 14. 
27
Деньги, кредит, банки: Учеб. – 2 – е изд., перераб. и доп./под ред. В.В.Иванова, Б.И.Соколова. –М.: ТК 
Велби, изд – во Проспект, 2008. –С. 26. 


O‗zbekistonlik iqtisodchi, professor Sh.Z.Abdullaeva pul to‗rtta funksiyani 
bajarishini, ular qiymat o‗lchovi, muomala vositasi, to‗lov vositasi va jamg‗arma 
vositasi funksiyalari ekanligini ta‘kidlaydi
28
.
Professor O.Yu.Rashidov tahriri ostida chop etilgan Pul, kredit va banklar 
darsligida pul beshta, ya‘ni qiymat o‗lchovi, muomala vositasi, to‗lov vositasi, 
jamg‗arma vositasi va jahon puli vazifalarini bajarishini ta‘kidlanadi
29
.
Ko‗rinib turibdiki, pulning funksiyalari haqida xorijiy va mahalliy iqtisodchi 
olimlarning fikrlari turlicha bo‗lib, birinchi guruh olimlar pulni beshta funksiyasi 
mavjudligini ta‘kidlashsa, ikkinchi guruh iqtisodchi olimlar uning to‗rtta 
funksiyani bajarishini e‘tirof etadi. Uchinchi guruh iqtisodchi olimlar, asosan anglo 
– amerikaliklar uni uchta funksiyani bajarishini bayon etadi. Hatto ayrim iqtisodiy 
adabiyotlarda pulni oltita funksiyani bajarishi qayd etilib, oltinchi funksiya sifatida 
baho masshtabi ekanligini isobtlashga urinishadi
30
.
Iqtisodchi olimlar pulning funksiyalari haqida turlicha talqin etishiga 
quyidagilar sabab bo‗ladi. Bir guruh iqtisodchi olimlar, pulning funksiyasini 
zamonaviy sharoitda uning xossalaridan kelib chiqib bayon etadi, boshqa guruh 
olimlar esa turli mamlakat olimlarining pulni funksiyalari xususidagi fikrlariga 
tayangan holda unga talqin beradi. Yana boshqa guruh iqtisodchi olimlar esa 
pulning funksiyalarini ta‘riflashda uning tarixan vujudga kelishi bilan bog‗liq 
voqelik va nazariyalarga tayanadi.
Pulning funksiyalari xususida fikr yuritganda uning asl (haqiqiy pul) 
qiymatiga ega bo‗lgan va asl qiymatiga ega bo‗lmaganligi (o‗rinbosar pullar) ga 
e‘tibor qaratish lozim. Chunki muomalada asl qiymatga ega bo‗lgan pullar to‗lov 
vositasini bajarganda ularda pulning barcha funksiyalari namoyon bo‗ladi va 
aksincha. Asl qiymatga ega bo‗lgan pullar sifatida qimmatbaho metallar oltin va 
kumushni, kredit pullarni va 100 foiz oltin bilan ta‘minlangan pullarni qayd etish 
mumkin. Asl qiymatga ega bo‗lmagan pullarga qog‗oz pullar, oltin asosiga ega 
bo‗lmagan kredit pullar kiradi. 
Haqiqatda ham qimmatbaho metallar to‗lov vositasini bajargan paytda ular 
pulning barcha funksiyalarini bajargan. Qimmatbaho metallar o‗rnini qog‗oz pullar 
egallagandan so‗ng, qog‗oz pullarning inflyasiyaga uchrashi natijasida ular pulning 
barcha funksiyalarini bajarmay qo‗ydi. Shuning uchun bo‗lsa kerak, yuqorida 
ko‗rib chiqilganidek, vaqt o‗tishi bilan pulning funksiyalari haqida turli qarashlar 
vujudga kela boshladi.
Pulning funksiyalari xususidagi fikrlarga tayanib, pul to‗rtta, ya‘ni 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin