― pul va banklar


Qiymatning qog„oz – pul shakli



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   266
pul va banklar (2)

5. Qiymatning qog„oz – pul shakli

Dastlabki qog‗oz pullarni muomalaga 
chiqarilishi taxminan X asrning oxiri XI asrning boshlariga to‗g‗ri keladi. SHu 
davrdan boshlab, muomaladagi oltin va kumush pullar o‗rnini qog‗oz pullar 
egallay boshladi. Muomalada oltin va kumush amal qilgan sharoitda ular bilan 
parallel ravishda to‗lov vositasi sifatida qog‗oz pullarni kirib kelishining sabablari 
sifatida quyidagilarni ta‘kidlash lozim: 

qimmatbaho metallarni olib yurish, saqlash va xavfsizligini ta‘minlash 
yuzasidan muammoli holatlarning vujudga kelishi; 

oltin va kumush muomalada qo‗ldan qo‗lga o‗tishi natijasida edirilib, 
o‗zining dastlabki hajmi va xossasini yo‗qotishi; 

qimmatbaho metallar zebu ziynat va boylik timsolida muomaladan chiqib 
ketishi;

iqtisodiy taraqqayotning yuqori darajada rivojlanishi natijasida tovar va 
xizmatlar massasining qimmatbaho metallar (oltin, kumush) massasiga nisbatan
shiddat bilan ortib borishi. 
Dastlab muomalaga chiqarilgan qog‗oz pullarning asosi oltin bilan 
ta‘minlangan bo‗lib, ushbu pullar bilan birgalikda oltin tangalar ham muomalada 
ishtirok etgan.
Qog‗oz pullar mustaqil qiymatga ega bo‗lmasdan, ular davlatning qonuniy 
hujjatlari asosida mamlakatda to‗lov va muomala vositasi rolini bajaradi. SHuning 
uchun qog‗oz pullarning qiymati o‗zgaruvchanlik xususiyatiga ega bo‗lib, u 


mamlakat ichki bozorida chet el valyutasiga bo‗lgan talab va taklif, milliy 
iqtisodiyotning barqarorligi hamda ijtimoiy – iqtisodiy holatlar ta‘sirida o‗zgarib 
turadi. Bu uning sotib olish qobiliyatining mustahkamligi, inflyasiya darajasi va 
boshqa iqtisodiy ko‗rsatkichlarda namoyon bo‗ladi.
2.4.Pulning mohiyati. Pulning o‗ziga xos xususiyatlari. 
Pulning iqtisodiy mohiyati xususida iqtisodiy adabiyotlarda turli ta‘riflar va 
talqinlar mavjud bo‗lib, uning mohiyatiga nisbatan yagona yondoshuv mavjud 
emas. Chunki, jamiyatda xo‗jalik yuritish tuzumining va ijtimoiy – iqtisodiy 
sharoitning o‗zgarishi pulning mohiyatini turlicha talqin etilishini talab etmoqda. 
Jumladan, iqtisodchi olimlar va soha mutaxassislari pulni – iqtisodiy kategoriya 
sifatida, qiymat o‗lchovi vositasi, umumekvivalent tovar, maxsus tovar
ayirboshlash vositasi ekanligini e‘tirof etadi. 
Pul jamiyatda sodir bo‗layotgan ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarda, jami 
ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, bozordagi talab va 
taklif asosida tovarlar bahosini aniqlashda bevosita qatnashishi uning mohiyatini 
namoyon qiladi.
Pulning iqtisodiy mohiyati va uning zaruriyatiga xorij iqtisodchilari alohida 
e‘tibor qaratgan bo‗lmasalarada
7
, iqtisodiy nazariyachilarning asarlarida unga 
nisbatan berilgan fikrlarini uchratish mumkin. Masalan, A.Smit pulni iqtisodiy 
kategoriya darajasiga ko‗tarib, unga ―pul – bu muomalaning buyuk g‗ildiragi―, 
―savdo sotiqning yuksak quroli‖ sifatida ta‘rif beradi
8
.
D.Yum A.Smitning pul xususidagi qarashlariga e‘tiroz bildirib, ―Pul bu – 
savdo – sotiqning g‗ildiragi emas, balki u yog‗, shu savdo – sotiq g‗ildiragini erkin 
va yumshoq yurishiga imkoniyat yaratadigan vositadir‖
degan fikrni bildiradi
9

Rossiyalik iqtisodchi olimlar ham pulning iqtisodiy mohiyatiga alohida 
e‘tibor qaratishgan. Jumladan, iqtisod fanlari doktori, professor B.I.Sokolov 
pulning mohiyatiga ―pul mehnat taqsimoti chuqurlashib borayotgan ushbu 
jamiyatda tovarlarni ayirboshlash va to‗lovlarni amalga oshirish ishlarini 
engillashtiradi‖ deya ta‘kidlaydi
10

O‗zbekistonlik iqtisodchi olima Sh.Z.Abdullaeva pul, kredit va banklar 
masalasiga bag‗ishlangan iqtisodiy adabiyotlarda pulning mohiyatini ochishda 
uchta jihatiga e‘tibor qaratish lozimligini ta‘kidlaydi. ―Birinchidan, pulning 
iste‘mol qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o‗z aksini topadi. Ikkinchidan, 
pulda ifodalanadigan aniq mehnat asosini abstrakt mehnat tashkil etadi. 
Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida 
namoyon bo‗ladi. Shunga asoslangan holda, pul ham tovar, lekin boshqa 
tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo‗lgan maxsus tovar degan xulosaga 
kelish mumkin‖
11
.
7
Абдуллаева Ш.З. Пул, кредит ва банклар. –Т.: ―Иқтисод – молия‖, 2007, 8 – б.
8
Смит А. Исследовние природе и причинах богатства народов. Том 1. –С.418, 421. 
9
Юм Д. Опыты. –М.: Издание К.Т.Солдатенкова, 1986. –С.20. 
10
Соколов Б.И. Деньги, кредит и банки. Учебник. –М.: ТК Вебли, Изд – во. Проспект, 2008. –С.8. 
11
Абдуллаева Ш.З. Пул, кредит ва банклар. –Т.: ―Иқтисод – молия‖, 2007, 7 – б. 


Iqtisod fanlari doktori, professor O.Yu.Rashidov va boshqalar ishtirokida 
nashrdan chiqarilgan darslikda ―Pul – bu umumiy ekvivalent sifatida 
ko‗llaniladigan universal tovarning alohida turi bo‗lib, boshqa barcha 
tovarlarning qiymati u orqali ifodalanadi. Pul – bu boshqa ne‘matlarning 
qimmatini o‗lchash vositasi (umumiy ekvivalent) yoki ayirboshlashda hisob – 
kitoblarni amalga oshirish vositasi (ayirboshlash vositasi) funksiyalarini bajaruvchi 
ne‘matdir. Pul – bu mutloq likvidlilikka ega bo‗lgan ne‘matdir. Pul – bu iqtisodiy 
kategoriya bo‗lib, odamlar o‗rtasidagi munosabatlar unda namoyon bo‗ladi va 
uning yordamida quriladi. Pulning maqsadi bozorga oid o‗zaro harakatlarning 
transaksion xarajatlarini tejashdan iborat‖
12

Pulning iqtisodiy mohiyati xususida fikrlarni eramizdan oldingi davrda 
yashagan Aristotel (er.oldingi 384 – 322 yy.), keyinchalik sarkarda Aleksandr 
Makedonskiy kabi buyuk shaxslar tomonidan qoldirgan manbalarda ham ko‗rish 
mumkin
13
.
Yuqorida bayon etilganlardan ko‗rinib turibdiki, pulning mohiyatiga xorijiy 
va mahalliy iqtisodchi olimlar, mutaxassislar va nazariyachilar o‗zlarining 
yondashuvlarini bildirgan. Biz ularning ushbu fikr va yondashuvlarini tadqiq qilish 
maqsadidan yiroqmiz.
Pul–iqtisodiy kategoriya bo‗lib, barcha tovarlar uchun umumekvivalent 
vazifasini bajaradigan maxsus tovardir. Pul faqat ayirboshlash jarayonida zarur 
bo‗ladigan, hukumat tomonidan o‗rnatilgan to‗lov vositasidir. Pul – qat‘iy 
o‗rnatilgan kafolatlangan bahoni aniqlaydigan vosita emas. U oddiy tovar, faqat 
boshqa tovarlardan unga ehtiyojning yuqoriligi va qolgan barcha tovarlar uchun 
ayirboshlash vositasi sifatida foydalanganligi bilan ajralib turadi. Boshqa tovarlar 
singari pul ham kishilar tomonidan jamg‗ariladi. Kishilar tovarlarni sotish va 
xizmatlarni ko‗rsatish orqali uni «sotib» oladi yoki jamg‗aradi. Tovarlarni sotib 
olish va turli xizmatlarga bo‗lgan ehtiyojini qondirish natijasida uni «sotadi». 
Pulning mohiyati uning turlarida va funksiyalarida yanada aniqroq namoyon 
bo‗ladi, keyingi paragraf va boblarda ushbu masalalarga atroflicha o‗rin beriladi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin