Qimmatbaho metallar umumekvivalent sifatida muomalaga kiritilishining
dastlabki davrida pul har xil quyma shakldan (sim, plastinka, yumaloq va boshqa
shakllar) iborat edi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi va mehnat taqsimotining taboro
takomillashib borishi metall pullardan ma‘lum shakl va miqdorga ega bo‗lgan
tangalarni zarb qilish zaruriyatini keltirib chiqardi. Tarixiy manbalarga ko‗ra,
dastlabki metall tangalar eramizdan avvalgi VII asrda Xitoy va Lidiya (Malaya
Aziya) davlatlarida zarb etilgan.
Metall pullarning nominal qiymati haqiqatdagi qiymatiga teng bo‗lib, noyob
qimmatbaho metalldan tayyorlanadi va pulning barcha funksiyalarini bajaradi.
E‘tiborli jihati shundaki, muomalada haqiqiy pullar ayirboshlash vositasi
vazifasini bajargan davrda iqtisodiyotda pul muomalasi avtomatik ravishda tartibga
solinadi. Natijada, iqtisodiyotda pulning qadrsizlanishi, baholarning o‗sishi va
inflyasiya holati kuzatilmaydi. Chunki qimmatbaho metallarning muomalada
ortiqchalik holatining vujudga kelishi, ularni jamg‗arma va boylik sifatida
saqlashga yo‗naltirilishi orqali bartaraf etiladi. Agar, muomalaga qo‗shimcha
ayirboshlash qiymati zarur bo‗lsa, ular qiymat o‗lchovi, muomala va to‗lov vositasi
sifatida qaytadan muomalaga chiqariladi.
Oltinning muomalada amal qilishi XX asrning 30 – 70 yillarida bekor qilindi,
ya‘ni oltin demonitizatsiyasi yuz berdi. Oltin ayirboshlash vositasi sifatida
muomaladan chiqarilishining dastlabki davrida avval muomala va to‗lov vositasi
funksiyasini, 1975 yildan so‗ng esa jahon puli funksiyasini to‗xtatdi. Ushbu
vazifalarni ichki va jahon bozoriga oltinning o‗rniga kirib kelgan qog‗oz va kredit
pullar egalladi.
Dostları ilə paylaş: