103
SDR xalqaro rezerv aktivi bo‘lib, XVF tomonidan 1969 yilda a‘zo
mamlakatlar rasmiy valyuta rezervlarini shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Uning qiymati xalqaro 4 valyutadan tashkil topgan savat orqali aniqlanadi va erkin
suzuvchi valyutalarga almashtirilishi mumkin. 2009 yilning 28 avgustida SDR
umumiy ajratmalari va 9 sentabrda mahsus ajratmalar joriy qilinishi natijasida
SDR zahiralarining qiymati 21,4 mlrd SDR dan 204 mlrd SDR (2012 yil 20 avgust
sanasidagi valyuta kurslariga ko‘ra 310 mlrd USD) ga yetdi.
SDR ning global iqtisodiyotdagi roli
XVF tomonidan 1969 yilgi Bretton Vuds o‘zgarmas almashuv kursi tizimini
mukammallashtirish maqsadida SDR muomalaga kiritildi. Bu tizim a‘zosi
sanalgan har bir mamlakat o‘zining davlat yoki markaziy bank oltin jamg‘armasi
va belgilab berilgan xorijiy valyutalarga ega bo‘lishi lozim edi. Zahiradagi
valyutalar xalqaro bozorlardan o‘z valyutasini sotib olish va buning natijasida o‘z
valyutasining qiymatini saqlab qolish maqsadida jamg‘arilardi. Lekin Bretton
Vuds tizimining o‘sha paytda SDR ga muqobil rezerv aktivlari hisoblangan dollar
hamda oltin tobora kengayib borayotgan jahon savdosi va moliyaviy taraqqiyotini
ta‘minlab bera olmasligi aniq bo‘lib qoldi. Shuning uchun xalqaro hamjamiyat
XVF ko‘magida yangi rezerv aktivini yaratishga qaror qildi.
Biroq ko‘p yil o‘tmay Bretton Vuds tizimi barham
topdi va natijada asosiy
valyutalar suzuvchi almashinuvchi kurs rejimiga o‘tdi. Shuni ta‘kidlash joizki,
xalqaro kapital bozorlaridagi o‘sish kredit berishga layoqatli mamlakatlar sonining
ham o‘sishiga olib keldi. Bu omil SDR ga bo‘lgan talabning qisqarishiga olib
keldi.
XVF da SDR valyuta ham, talab ham emas. SDR – egalik qiluvchi
mamlakatning erkin valyutalarga bo‘lgan talabidir, deyishimiz ham mumkin. SDR
egalari o‘z SDR larini bunday valyutalarga ikki usul yordamida ayirboshlashlari
mumkin. Birinchi usulga ko‘ra a‘zolar tashabbusi bilan ular o‘rtasida shartnoma
tuziladi.
Ikkinchi usulda , XVF kuchsiz tashqi pozitsiyaga ega bo‘lgan
mamlakatlarga o‘z SDR larini kuchli tashqi pozitsiyaga ega bo‘lgan mamlakatlar
zahiradagi valyutalariga almashtirishda vositachilik qiladi. Bu xususiyatiga ko‘ra
SDR XVF va boshqaro xalqaro moliya tashkilotlarining hisob birligi vazifasini
ham o‘taydi.
Dastlab, SDR qiymati 0,888671 gr sof oltin qiymatiga teng bo‘lgan. Bu
paytda AQSh dollarining qiymati ham aynan shuncha edi. 1973 yilda Bretton Vuds
tizimi qulagach, SDR qiymati hozirgi 4 valyutani o‘z ichiga oluvchi savat orqali
aniqlanadigan bo‘ldi. SDR ning dollardagi qiymati XVF ning rasmiy veb saytida
har kuni e‘lon qilib boriladi. SDR qiymati savat valyutalarining turli miqdorlari
yig‘indisini hisoblash orqali aniqlanadi. Savat valyutalarining qiymatini
belgilashda esa har kuni tush vaqtida London birjasida o‘rnatilgan valyuta
kurslariga asoslaniladi.
Valyuta savati tuzilishi har 5 yilda XVF ijrochi kengashi tomonidan ko‘rib
chiqiladi. Fond valyutalarning o‘zgarishi jahon savdosi va moliyaviy tizimlarga
ta‘sir ko‘rsatadigan holatlarda valyuta savatini muddatidan ilgariroq ko‘rib chiqishi
mumkin. SDR savati oxirgi marta 2010 yilning noyabr oyida ko‘rib chiqilgan va
2011 yildan joriy etilgan. Valyutalarning savatdagi ulushi global tovar-xizmatlar
eksport-importida va XVF ga a‘zo mamlakatlar valyuta zahiralaridagi ulushiga
104
qarab belgilanadi. 2011 yilning oktabrida XVF ijrochi kengashi tomonidan SDR
savatini boshqa valyutalar bilan kengaytirish masalasi muhokama qilindi. Lekin
direktorlarning asosiy qismi tomonidan SDR savatining
hozirgi belgilanish
mezonlari munosib deb topildi.
Dostları ilə paylaş: