Inflyatsiya bilan pul massasining yaqindan aloqasining keyingi isboti 5-
rasmda ifodalangan garfik hisoblanadi. Bir nechta mamlakatlarda, o‘rtacha
inflyatsiya darajasi (odatda har bir yilda foizli o‘zgarishda o‘lchanadigan narxlar
darajasining o‘zgarish surati) ni aks ettirib, har bir nuqtani koordinatlari aniq bir
mamlakatni aks ettirib, 2000-2010 yillar oralig‘ida pul massasining o‘rtacha o‘sishi
va ushbu davrda inflyatsiyaning o‘rtacha sura‘tini ifodalaydi. Ko‘rganingizdek,
keltirilgan ma‘lumotlar inflyatsiya bilan pul massasining o‘sishi o‘rtasidagi to‘g‘ri
bog‘liqlikning mavjudligini ifodalaydi. Inflyatsiya darajasi eng katta bo‘lgan
mamlakatlarda o‘z navbatida pul massasining o‘sish darajasi ham yuqoridir. Misol
uchun, Turkiya, Ukraina va Zambiya kabi davlatlar ushbu davrda inflyatsiya
darajasining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Ushbu
davlatlarda pul massasining
o‘sishi ham yuqoriligi kuzatilgan. Aksincha, Shvetsiya va AQShda ushbu davrda
inflyatsiyaning sura‘ti juda past bo‘lgan (pul massasining o‘sishi singari). Ushbu
faktlar Nobel mukofoti sovrindari Milton Fridmenning taniqli xulosasiga asos
bo‘lgan: ― Inflyatsiya- bu hamisha va har erda monetar hodisadir‖. Aynan shu
mavzularda pul massasi miqdori va monetar siyosatning inflyatsiya sura‘tlariga
ta‘sirini ko‘rib chiqamiz.
Pul va
foiz stavkalari
Boshqa omillar bilan bir qatorda, pullar ishlab chiqaruvchilar va
iste‘molchilarning doimiy diqqat e‘tiborida bo‘lgan foiz stavkalarining
tebranishiga ham ta‘sir ko‘rsatadi. 6-rasmdagi grafikda AQShning uzoq muddatli
g‘aznachilik obligatsiyalari bo‘yicha foiz stavkasi bilan pul massasidagi o‘sish
tenglashtirilganligi ko‘rsatilgan. 1960 va 1970
yillarda uzoq muddatli
obligatsiyalar bo‘yicha foiz stavkasi pul massasi bilan birgalikda o‘sib bordi. Lekin
1980 yildan boshlab foiz stavkasining o‘sishi bilan pul massasining o‘sishi
o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik yo‘qola bordi. Biz foizlarga oid mavzularda foiz
stavkalarning xarakterini tadqiq qilganimizda pul va foiz stavkalar o‘rtasidagi
bog‘liqlikni ham tahlil qilamiz.
Monetar siyosatni amalga oshirish
Pullar mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasini aniqlovchi ko‘pgina iqtisodiy
o‘zgarishlarga ta‘sir ko‘rsatganligi sababli, monetar siyosat ya‘ni, pullar va foiz
stavkalarini boshqarish – butun dunyoda iqtisodiy strategiyani ishlab chiquvchilar
va siyosatchilarning diqqat e‘tiboridagi ob‘ektlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda
monetar siyosatni amalga oshirishga Markaziy bank javobgar (AQShda bu Federal
Zaxira Tizimi (FZT)) hisoblanadi.
Shu bois, mazkur fanda AQSh va boshqa
davlatlarda amalga oshirilayotgan monetar siyosatning o‘ziga xos xususiyatlari va
iqtisodiyotda pullarning miqdorini boshqarishda Markaziy banklarning rolini tahlil
qilishga ham ba‘zi mavzular bag‘ishlangan.
Dostları ilə paylaş: