kreditga layoqatli mijozlarga beriladi. Bunda foydalanuvchilar ko‗p imtiyozlarga
ega bo‗ladi.
-
Oilaviy kartochka - bu kartochkalar hisobvaraq bo‗yicha javobgarlikni o‗z
zimmasiga olgan oilaning bir a‘zosiga beriladi.
-
Korporativ kartochka – tashkilot va korxonalarga beriladi. Korporativ bank
kartalaridan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda to‗lash uchun sarf qilinayotgan
pul mablag‗lari korporativ bank kartasining saqlovchisiga hisobdorlik sharti bilan
beriladigan, qat‘iy tarzda belgilangan maqsadlarga ishlatiladigan mablag‗lar bo‗lib
hisoblanadi.
Bundan
tashqari, magnit va smart kartochkalar farqlanadi. Magnitli
kartochkaga uning egasi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar va tovar yoki xizmatga haq
to‗lash uchun zarur miqdordagi pulni hisobdan chiqarish uchun qaysi bankka
murojaat qilish to‗g‗risidagi axborot yoziladi. Bunday kartochkada kartochka
schyotidagi pul miqdori to‗g‗risidagi axborot bo‗lmaydi. Smart-kartochkada mijoz,
emitent-bank to‗g‗risidagi shifrlangan ma‘lumot, pul o‗tkazish
va hisobdan
chiqarishga oid shaxsiy kod, uningdek o‗tkazilgan pul mblag‗lari to‗g‗risidagi
axborot saqlanadi. Soxta mikroprotsessor kartochkasini amalda yasab bo‗lmaydi.
CHipda saqlanayotgan axborotdan har qanday ruxsatsiz foydalanish chipning
blokirovka qilinishiga va buzilishiga olib keladi. So‗nggi vaqtda to‗lov vositasi
sifatida aynan smart-kartalardan foydalanish anchagina ko‗paygani kuzatilmoqda.
Kartochkalarni yana ularga identifikatsiya axborotini egasining ismi,
kartochka raqami, uning amal qilish muddati va shu
kabilarni kiritish usuli
bo‗yicha farqlash mumkin. U embosserlash usuli bilan kiritilishi mumkin: maxsus
apparat (embosser) ma‘lumotlarni bo‗rtma xarflar bilan bosib yozadi. Bunday
kartochka embosserlangan kartochka deyiladi. Ba‘zan identifikatsiyalovchi axborot
kuydirib yoziladi va odatda, bunday kartochka faqat elektron foydalanishga
mo‗ljallangan bo‗ladi.
Mikroprotsessorli plastik kartochkalarning eng muhim xususiyati shundan
iboratki,
ular
turli
xildagi o‗zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda
foydalanadigan ma‘lum axborotlar to‗plamini o‗zida saqlashi mumkin.
Shunday qilib, har bir turdagi kartochkaning o‗ziga xos xususiyati bo‗lib, ular
paydo bo‗lgandan boshlab to hozirgi kungacha mukammalashib bormoqda.
Bugungi kunda dunyoning 200 dan ortiq mamlakati o‗z to‗lov tizimida plastik
kartochkalardan foydalanishi to‗lov kartalari bank tizimidagi texnologik
revolyusiyaning eng muhim elementlaridan ekanini ko‗rsatadi. Aynan plastik
kartochkalar ko‗p hollarda elektron bank tizimining hal qiluvchi elementi sifatida
chiqmoqda.
Jahon bank tizimi amaliyotida plastik kartochkalar foydaning asosiy manbaasi
hisoblanadi. Ayrim ma‘lumotlarga ko‗ra, AQSHda jami bank kreditlarining 6
foizigina kredit kartalar orqali beriladi. SHu bilan
bir qatorda bu banklar
foydalarining 10 foizini aynan kredit kartalarga xizmat qilishdan oladilar.
To‗lov kartasining o‗zi bu plastik bo‗lagi, xolos. Uning amal qilishi uchun
ma‘lumotlarning tez, ishonchli, va xafvsiz almashinishini ta‘minlaydigan turli
axborot texnologiyalari kompleksi zarur. SHuningdek ushbu texnologiyalarni
boshqarib va nazorat qilib turuvchi sub‘ektlar, ular faoliyatini
tartibga soluvchi
qonuniy-huquqiy asoslar kerak bo‗ladi. Bularning barchasi plastik kartochkalar
orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblar tizimini tashkil etadi. To‗lovlarni
qanday algoritmda amalga oshirilishi esa hisob-kitoblar mexanizmini belgilaydi.
Plastik kartochkalarning turlari, amal qilish segmenti (lokal yoki xalqaro),
mijozlarning xususiyatlari va boshqa omillarga qarab hisob-kitoblar mexanizmi
turlicha bo‗lishi mumukin. Buni har bir to‗lov tizimi mustaqil belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: