― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   266
pul va banklar (2)

 
 
5-MAVZU: PUL MASSASI VA PUL AGREGATLARI 
 
REJA: 
5.1. Pul massasi tushunchasi, uning mohiyati va tarkibi. 
5.2. Muomala uchun zarur pul miqdorini aniqlash. 
5.3. Pul multiplikatori va uning mohiyati. 
5.4. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda pul agregatlari va 
ularning tarkibi. 
 
5.1. Pul massasi tushunchasi, uning mohiyati va tarkibi. 
 
iz oldin mavzularda ko‘rganimizdek va keyingi mavzularda ham 
bevosita ko‘rib o‘tadigan pul nazariyalariga ko‘ra, pul taklifidagi 
o‘zgarishlar foiz stavkasi va inflatsiya darajasiga bevosita ta‘sir qiladi. 
Iqtisodiyotga ta‘siri tufayli pul taklifini aniqlash muhim ahamiyatga ega. 
Uni kim nazorat qiladi? Uni o‘zgarishiga nimalar sabab bo‘ladi? Uni yaxshilash 



uchun qanday tarzda nazorat qilish kerak? Ushbu va keyingi bo‘limlarda pul taklifi 
jarayonini maxsus asoslar orqali izohlab beramiz va yuqoridagi savollarga javob 
berib o‘tamiz.
Pul massasi- yuridik va jismoniy shaxslarga hamda davlatga tegishli 
bo‘lgan naqd va naqdsiz ko‘rinishdagi pul mablag‘larining yig‘indisidir.
Pul muomlasini tashkil qilish va tartibga solish bir nechta omillarga 
asoslanadi: 
1. Ana shunday muhim omillardan biri pul-tovar munosabatlarining 
mavjudligi hisoblanadi. 
2. Yana bir omil pul mablag‘larining tovarsiz harakatlanishi hisoblanadi.
3. Pul muomlasining meyoriy huquqiy asoslarining mavjudligi.
4. Pul muomalasini tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi institutlarning 
mavjudligidir. Odatda pul muomlasini Markaziy bank tomonidan tashkil qilinadi 
va tartibga solinadi. Lekin pul muomnalasini tashkil qilishda bank tizimining 2-chi 
pog‘onasida turuvchi tijorat banklari rol o‘ynaydi. 
Pul taklifi jarayonini tushunishning birinchi bosqichi banklardagi depozitlarni 
o‘rganish hisoblanadi, chunki depozitlar pul taklifining katta tarkibiy qismlaridan 
biri hisoblanadi. Ushbu mavzuda banklarning depozit siyosati va ular bilan bog‘liq 
operatsiyalari yoritilgan. 
Pul taklifi jarayonidagi 3 ta asosiy subyektlar: 
1.
Markaziy bank-hukumat vakili hisoblanib, bank tizimini nazorat 
qilishga va monetar siyosatni tashkil etishga javobgar; AQShda Federal Zaxira 
Tizimi. 
2.
Banklar (depozitariy institutlar)- aholi va tashkilotlardan deposit qabul 
qiluvchi va qarz beruvchi tashkilotlar: tijorat banklari, kredit assotsiatsiyalari, 
maxsus jamg‘arma banklar va kredit uyushmalari. 
3.
Depozitorlar-banklarga depozit qo‘ygan yuridik va jismoniy shaxslar. 
Ushbu 3 subyektning orasida Markaziy bank asosiy rolni o‘ynaydi.
Fed.ning operatsiyalari va monetar siyosati uning balansida, aktivlar va 
majburiyatlar holatida aks etadi. Hozir biz pul taklifi jarayonini tushuntirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni keltiramiz
57


Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin