― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   266
pul va banklar (2)

Bankomat 
- bu plastik kartochka egasiga o‗z-o‗ziga xizmat ko‗rsatish 
rejimida kassa avanslarini olishga imkon beruvchi va bajarilgan operatsiyalar 
bo‗yicha sliplarni shakllantiruvchi qurilma. 
Infokiosk
- o‗z-o‗ziga xizmat ko‗rsatish asosidagi to‗lov-ma‘lumot berish 
terminali bo‗lib, platik kartochkalardan foydalangan holda naqd pulsiz to‗lov 
operatsiyalarini bajarishga va reklama-ma‘lumot berish xizmatlarini tezkor tarzda 
ko‗rsatishga mo‗ljallangan. Infokioskdan bank, kredit-moliya muassasalari, uyali 
aloqa provayderlari, bo‗limlarning tarmoqlangan tarmog‗iga ega bo‗lgan 
kompaniyalar xizmatlarini ko‗rsatish uchun foydalanish mumkin. 
PIN-kod –
plastik kartochka egasining kartochka hisobvarag‗ida hisobga 
olinadigan pul mablag‗larini tasarruf qilish huquqini beruvchi va tasaarruf qilish 
plastik kartochka egasiga berilganligini tasdiqlovchi shaxsiy identifikatsion 
raqami. 
Emitent –
bank plastik kartochkalari emissiyasini amalga oshiruvchi, o‗zi 
tomonidan emissiya qilingan bank kartalariga nisbatan egalik huquqiga ega 
bo‗lgan va ular tomonidan bank plastik kartochkalaridan foydalanib to‗lash 
huquqlarini amalga oshirish bo‗yicha plastik kartochka egalari va ekvayerlar oldida 
o‗z nomidan majburiyatlarga ega bo‗lgan bank. 
Bank-ekvayer
- xizmat ko‗rsatuvchi bank bo‗lib, tovar-servis korxonalari 
bilan shartnomaviy munosabatlarga ega bo‗lgan, ulardan plastik kartochkalardan 
foydalanib amalga oshirilgan tranzaksiyalar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni qabul 
qiluvchi, ularga ma‘lumotlarni o‗zaro almashishning tegishli tizimini 
yo‗naltiruvchi hamda ushbu tranzaksiyalar bo‗yicha hisob-kitoblarni tovar-servis 
korxonalari bilan tuzilgan shartnomalarga ko‗ra amalga oshiruvchi kredit-moliya 
korxonasi. 
Protsessing markazi
– ―UZCARD‖ BTT da protsessor vazifasini bajaruvchi 
va banklar uchun xizmatlar majmuasini, jumladan ―UZCARD EMV‖ dasturiy-
apparat majmuasi asosida bank kartalari emissiyasi va ekvayringi hamda to‗lovlar 
provayderi funksiyasini ta‘minlovchi tarkibiy bo‗linma. 
 
Mijozlar istagan bankning plastik kartasidan foydalanish huquqiga egadirlar. 
Bank kartochkasiga ega bo‗lish uchun avval mijoz va bank o‗rtasida ―Plastik 
kartochkalar bo‗yicha xizmat ko‗rsatish shartnomasi‖ tuziladi.
Plastik kartochkalarga xizmat ko‗rsatish bo‗yicha tuzilgan shartnoma 
quyidagilardan iborat bo‗lishi kerak: 
a) tomonlarning nomi; 
b) shartnoma predmeti; 
v) tomonlarning xuquqlari va majburiyatlari; 
g) tomonlarning javobgarligi; 
d) hisob-kitoblarni o‗tkazish shartlari; 
e) shartnomani amal qilish muddati va uni bekor qilish shartlari; 
j) nizolarni echish tartibi; 
z) tomonlarning yuridik manzili. 
Personalizatsiya qilinganda plastik kartochkaga quyidagi rekvizitlar yozilishi 
kerak: 


a) identifikatsiyalovchi ma‘lumotlar (kartochkaning tartib raqami, seriyasi va 
boshqalar); 
b) bank-emitentning (plastik kartochkalarii muomalaga chiqaruvchi bankning) 
xos raqami; 
v) schyotning tartib raqami va kartochka ushlovchining familiyasi, ismi, 
sharifi (tashkilotning nomi); 
g) kartochkaning amal qilish muddati. 
Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan hisob-
kitoblar qog‗ozda (slip, elektron terminal kvitansiyasi) yoki elektron shaklda 
(bankomat yoki terminalning elektron hujjati) yoki boshqa ma‘lumotnomalar bilan 
tasdiqlanadi. Bunda mazkur ma‘lumotnomalar hisob-kitoblarni amalga oshirishda 
ishtirok etuvchi tomonlarga etarli nusxalarda shakllantiriladi. Ma‘lumotnomalar 
bank plastik kartochkalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar to‗g‗risidagi 
barcha ma‘lumotlarni o‗z ichiga olishi kerak. 
Ma‘lumotnomalarda bank plastik kartochkalari va bank plastik kartochkalari 
saqlovchilarning bankdagi hisobvaraqlari rekvizitlari, shuningdek tashkilotlar, 
naqd pul berish punktlari va bankomatlarning hisobvaraqlari rekvizitlari bo‗lishi 
shart. 
Elektron 
ma‘lumotnomalar 
bank-ekvayerga, 
bank-emitentga 
yoki 
shartnomada nazarda tutilgan protsessing markaziga yuboriladi. 
Bank plastik kartochkalari bo‗yicha banklar o‗rtasidagi hisob-kitoblar: 
-
elektron to‗lovlar tizimi orqali umumiy asosda amalga oshiriladi; 
-
amaliyot kuni davomida o‗zaro majburiyatlarni yakuniy hisob-kitobi va 
yakuniy hisob-kitoblar summasini banklarning vakillik hisobvaraqlari orqali 
hisobga o‗tkazish asosida hisob-kitob ishtirokchilari tomonidan tashkil qilingan 
protsessing markazi orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish. 
Amalga oshirilgan operatsiyalar bo‗yicha umumiy hisob-kitoblar elektron 
to‗lovlar tizimi orqali quyidagicha amalga oshiriladi: 
a) bank-emitent tomonidan avtorizatsiya qilinmagan holda amalga oshirilgan 
hisob-kitoblarda:
bank tomonidan xizmat ko‗rsatilayotgan tashkilotdan olingan elektron 
hujjatlar asosida bank-ekvayer uning hisobvarag‗iga tegishli mablag‗larni 
o‗tkazadi, bunda avtomatik ravishda debet elektron memorial order shakllanadi va 
elektron to‗lovlar tizimi orqali bank-emitentga yuboriladi; 
mijozning bank plastik kartochkasi hisobvarag‗idagi mablag‗lar bank-emitent 
tomonidan debet elektron memorial order asosida dasturiy ravishda hisobdan 
chiqariladi. Debet elektron memorial order ro‗yxat ko‗rinishida chop etilib, 
bankning kunlik hujjatlar yig‗majildiga tikib qo‗yiladi; 
b) bank-emitent tomonidan avtorizatsiya qilingan holda amalga oshirilgan 
hisob-kitoblarda:
bank tomonidan xizmat ko‗rsatilayotgan tashkilotdan olingan elektron 
hujjatlar asosida bank-ekvayerda avtomatik ravishda elektron xabarnoma 
shakllanadi hamda o‗tkazmalarni avtorizatsiya qilish va amalga oshirish uchun 
elektron to‗lovlar tizimi orqali bank-emitentga yuboriladi;


bank-emitent elektron xabarnoma asosida tranzaksiyani avtorizatsiya qilib, 
mablag‗larni elektron to‗lovlar tizimi orqali tegishli tashkilotlar hisobvarag‗iga 
o‗tkazish uchun bank-ekvayerga yuboradi hamda mablag‗larni bank plastik 
kartochkalari hisobvarag‗idan hisobdan chiqarish uchun elektron memorial 
orderni dasturiy ravishda shakllantiradi; 
mablag‗lar bank-ekvayer tomonidan bank-emitentdan olingan elektron 
memorial order asosida tegishli tashkilotlarning hisobvarag‗iga o‗tkaziladi va 
memorial order ro‗yxat ko‗rinishida chop etilib, bankning kunlik hujjatlar 
yig‗majildiga tikiladi. 
Protsessing markazi orqali hisob-kitoblar quyidagicha amalga oshiriladi: 
-
amaliyot kuni davomida bank plastik kartochkalari bo‗yicha protsessing 
markazi orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar hisob-kitob ishtirokchilari 
uchun ochilgan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi; 
-
yakuniy summalar O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankning hisob-kitob 
markazida ochilgan banklarning vakillik hisobvaraqlari orqali shartnomada 
nazarda tutilgan muddatda o‗tkaziladi; 
-
banklar tomonidan protsessing markazidan olingan ma‘lumotlar asosida 
mijozning BPK hisobvarag‗iga mablag‗lar o‗tkaziladi yoki hisobdan chiqariladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy Banki va tijorat banklari tomonidan 
savdo, xizmat ko‗rsatish va naqd pul muomalasi bilan faoliyat ko‗rsatadigan 
mijozlarni hisob-kitob terminallari, bankomatlar va plastik kartochkalar bilan 
ta‘minlash, ularni yuqori darajada himoya qilish bo‗yicha belgilangan talablarga 
rioya etilishini nazorat qilish, plastik kartochkalardan foydalanish orqali naqd 
pulsiz 
to‗lovlarni 
amalga 
oshirishda 
soxtalashtirish 
yoki 
boshqa 
qonunbuzilishlarga yo‗l qo‗ymaslik masalalariga alohida e‘tibor qaratilyapti.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin