taklifining o‘sishiga sabab bo‘ladi. Federal Zaxiraning Monetar majburiyatlari va
hukumat xazina majburiyatlari monetar baza hisoblanadi.
Bunda davlat xazina
majburiyatlari umumiy bazaning 10%idan kam ulushga ega
58
.
1.
Muomaladagi valyuta. Ya‘ni Federal Zaxira tomonidan chiqarilgan va
aholini qo‘lida bo‘lgan pullardir. Depozitariy institutlardagi
pullar ham Federal
Zaxiraning majburiyati hisoblanadi lekin balansning zaxira qismida joylashgan.
2. Zaxiralar. Barcha banklar Federal Zaxiralar tizimi (Fed)da depozit sifatida
o‘z hisob raqamlariga egadirlar. Zaxiralar Feddagi depozit hisobraqamlaridan
hamda bank kassalaridagi naqd pullardan tashkil topadi.
Zaxiralar banklar uchun
aktiv, Federal Zaxira uchun passiv hisoblanadi, chunki
banklar istalgan paytda
zaxiralar uchun to‘lov talab qilishlari mumkin va Federal Zaxira o‘z majburiyatini
qoplash uchun Federal Zaxira notalari to‘lab boradi. Keyinchalik ko‘rib o‘tishimiz
mumkinki, zaxiralarning oshishi depozitlarning ko‘payishiga va buning natijasida
pul taklifining oshishiga olib keladi.
Umumiy zaxiralar 2 ta kategoriyaga ajratilishi mumkin: Federal Zaxira
tomonidan qat‘iy talab asosida saqlanishi kerak bo‘lgan zaxiralar (majburiy
zaxira), banklar tomonidan ixtiyoriy tarzda saqlanishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha
zaxiralar (ortiqcha zaxira). Masalan, Fedning talabi bo‘yicha
depozitar
tashkilotdagi depozitlarning har bir dollari uchun uning ma‘lum qismi (misol
uchun, 10 sent) zaxira sifatida shakllantirilishi kerak. Ushbu qism (10%) majburiy
zaxira nisbati deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: