32
reaktsiya bosqichlarining qancha davom etishi stress omillarining kuchiga, davom
etsh
muddatiga, reaktsiyaga uchragan organizmning individual xususiyatlariga
hamda ekologik sharoitlarga bog’liq. Shu boisdan stress reaktsiya bosqichlari
soatlab, kunlab, oylab davom etishi ham mumkin. Talabalar hayotidagi stress
reaktsiyani o’rganish, uning sabablarini aniqlash va zarur bo’lganida
oldini olish
choralarini qo’llay bilish, ularning sihat – salomatligini himoyalashda, yetuk
mutaxasis bo‟lib chiqishini taminlahsda, bir so’z bilan
aytganda har tomonlama
barkamollikka erishishida alohida ahamiyat kasb etadi. Talabalarni stress holatiga
olib keluvchi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Uyquning yetarli bo’lmasligi.
2. O’z vaqtida topshirilmagan mustaqil ishlar yoki labaratoriya
ishlari.
3. Semenar mashg’ulotlariga tayyorlanmaslik.
4. Ayrim predmetlar bo’yicha darslarga kam qatnashish.
5. Kurs ishlari va unga tegishli bo’lgan qo’shimcha tayyorlanishlarni
o’z vaqtida bajarmaslik.
6. Ayrim fanlar bo’yicha tegishli bilimlarga ega bo’lmaslik.
7. Bazi bir fanlarni o’zlashtiraolmaslik.
8. Topshiriqlarning nihoyatda katta yoki kichik hajmda bo’lishi.
9. O’qish davrida turar joyda professor o’qituvchilar bilan,
kursdoshlar bilan konflektlarga borish.
10. Guruhda yoki kursda o’zining ayrim harakterlari bois yakkalanib
qolish.
11. Ayrim fanlarga umuman qiziqmaslik va berilgan topshiriqlarning
yoqmasligi.
12. O’qish xonalarida, turar joylarda sharoitning yomonligi.
Quyida har xil stress omillarning oldini olish uchun as qotadigan antistress
holatlarini keltiramiz. Ulardan to’g’ri foydalanish talabalar hayotida uchraydigan
reaktsiyalardan (distresslardan) himoyalanish imkoniyatlarini yaratadi:
33
1. Har bir talaba o’z shaxsiy sutkalik vaqtini o’qish, dam olish, dars
qilish, ovqatlanish va boshqalarga ratsional bo’lish va uni nazorat qilish.
2. Stressdan himoyalanishda undan qutilish yo’llarini tasavvur qila
olish.
3. Ochiq havoda doimiy holda qisqa
muddatli sayr qilishni
uyishtirish.
4. Madaniy hordiq chiqarishni tashkil qilish va unga doimiy amal
qilish (teatr, muzey, kino, konsert va boshqalar).
5. Yaqin do’stlar yoki o’ziga yoqqan kompaniyalar (uyushmalar)
bilan aloqa qilib turish.
6. Kulgu va yumordan oqilona foydalanish.
7. Tana va a’zolarni uqalash (massaj qilish).
8. Sportning biron turi bilan doimiy holda shug’ullanish.
Adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish asosida quyidagi umumiy
xulosalarga kelindi.
1. Stress reaksiya barcha tirik organizmlarga xos bo’lgan hayotiy
jarayon bo’lib hisoblanadi. Uni eustress (foydali stress)
holatiga aylantirish,
distressga qarshi ratsional kurashish kerak.
2. Odatda talabalik davrida turli-tuman o’ziga xos stress holatlarga
ko’proq duch kelinadi. Bunday holatdan muvaffaqiyatli himoyalanish uchun salbiy
stresslarga qarshi kurashish metodlaridan samarali foydalanish maqsadga muvofiq.
3. Stress reaksiyaning kelib chiqishi, uning davom etishi,
foydali yoki
zararli bo’lishi, stress omillarining davom etish kuchi hamda stress oluvchining
individual xususiyatlariga bog’liq.
4. Stress ta’limoti haqidagi tushunchalar har bir talabaning qanday
mutaxassislik olishidan qat’iy nazar, o’quv yurtida tegishli fanlar tarkibida (odam
va hayvonlar fiziologiyasi, yosh fiziologiyasi, valeologiya va b. ) o’tilishi lozim.
34
5. Talabalar hayotida stress holatini keng ko‟lamda o‟rganishni har bir
hududning o’ziga xos sharoitini hisobga olgan holda, tadqiqotlar o’tkazish yo’li
bilan olib borish lozim.
6. Stress omillar va stress reaksiyalar haqida to’g’ri
va yetarli
tushunchaga ega bo’lgan talaba zamonaviy yetuk mutaxasis bo‟lib chiqishi uchun
o’ziga–o’zi zamin tayyorlaydi.
Dostları ilə paylaş: