STRESS VA UNI O’RGANISHNING QISQACHA TARIXI
1.1
G.Selye. Stress ta’limotining asoschisi
Hozir shu narsani qayd qilib o’tmoqchimizki, aytib o’tilganidek,
stress tushunchasining kashf qilinganiga nisbatan uzoq vaqt o’tmagan bo’lsada u
qator fanlarda juda tezlik bilan tarqalib o’ziga xos ustuvor masalalarni aniqlash
va ko’p muammolarni yechishda qo’l kelmoqda. Hozirga qadar fanda biror
ta’limotning bunday tezlik bilan keng ko’lamda tarqalishi kamdan – kam
kuzatilgan holat bo’lib, bu narsani uning odamlar, hayvonlar hamda o’simliklar
hayotida ustuvor ahamiyatga ega ekanligi bilan tushuntirish mumkin. Stress
haqidagi ta’limot dastlabki yaratilgan davrlarda uning foydali va zararli bo’lishi
haqida ma’lumotlar aniq berilgan bo’lsada, keyinchalik ko’pchilik stress faqat
organizmga zarar keltiradigan omil undan qanday bo’lmasin qutilib olish
yo’llarini izlash hamda ilojiga qarab hech qanday stress olmaslik lozim degan
tushuncha paydo bo’la boshladi.
Aytish joizki stress haqida bunday noto’g’ri tushunchaga ega bo’lish
uning tabiatini, hosil bo’lish mexanizmlarini keng ma’noda tushunish, foydali va
zararli stresslarni farqiga borish, har xil sharoitlarda stress holatidan ijobiy
foydalanishda va boshqa shunga o’xshagan masalalarda cheklanishlar salbiy holat
yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Stress, uning kishilar hayoti bilan bog’liqligi
borasidagi tushunchalar respublikamizda global muammo sifatida e’tirof etilgani
mavzuimizning dolzarbligini yaqqol isbotlab beradi.
Jumladan, Prezidentimiz I.A.Karimovning «Bosh maqsadimiz – keng
ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish» nomli
ma’ruzasi (Xalq so‟zi, 2013 yil, 19 yanvar, № 13) asosida ishlab chiqilgan
qo’llanmada quyidagi fikrlar bildirilgan: «odamlarda bebaho boylik bo’lgan o’z
sog’lig’ini saqlashga to’g’ri va mas’uliyatli munosabatda bo’lish, sog’lom
turmush tarzi, o’z hayot faoliyatini oqilona tashkil qilish, salomatlik uchun zararli
va xatarli odatlardan voz kechish, sog’lom bo’lish, jismoniy va ruhiy jihatdan
uyg’un kamol topishga yo’naltirilgan hayotiy falsafani shakllantirish lozim» (1).
Ruhiy osoyishtalik hamda barqarorlik borasidagi quyidagi fikrlar ham ushbu
11
ma’ruzadan o’rin olgan. Ruhiy osoyishtalik yoki asabiy muvozanatni
ta’minlashning mohiyati katta. Negaki, bizning tanamiz, ichki a’zolarimiz
faoliyati asab tizimi orqali boshqariladi. Ichki a’zolarning me’yoriy ishi esa ruhiy
holatimizni, kayfiyatimizni belgilaydi. Shuning uchun huda-behudaga jizzakilik
qilmaslik, yaxshi narsalar to’g’risida o’ylab, oqilona fikrlash, yomon va gunoh
ishlardan o’zini tiyish, nafsga erk bermaslik, ota-bobolar o’gitlarini hayotda
qo’llash, xushfe’l, xushmuomala bo’lish sog’liqni saqlash va mustahkamlashga
xizmat qiladi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, biz bitiruv malakaviy ishida dast
avval stress ta’limoti haqida ilmiy tushuncha berish, foydali va zararli stresslarni
bir – biridan ajratish, stressdan muhofaza qilinish yo’llari, stressning turli kasb
egalari hayotida tutgan o’rni, turli shaxslarning stressga moyilligi haqida fikr
yuritamiz. Bitiruv malakaviy ishimizning talabalar hayoti bilan bog’liqligi haqida
gapirilsa shu narsani aytib o’tish joizki, talaba yoshlar millat va davlatning
kelajagi bo’lib, ularning sog’lom bo’lishi har tomonlama kamol topishi, bilimli,
aqliy va jismoniy jihatdan yetuk bo’lib, tarbiyalanishi eng ustivor vazifalardan
biridir Talabalar hayotidagi stressni to’gri tushunish, zararli va foydali stressning
farqiga borish, uning to’laqonli kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu
narsani ta’kidlash joizki, talaba yoshlarning hayoti turli – tuman stress omillar
ta’siriga studentlik hayotining birinchi kunidanoq duch kela boshlaydi. Mavjud
adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, talabalarning sihat – salomatligi
ko’p hollarda yuzaga kelgan stress omillardan qanday foydalanishga bog’liq ekan.
O’quv yurtlari va oliygohlarda ta’lim olish paytida yangi fanlarni,
predmetlarni o’zlashtirib olish birinchi stress omil bo’lsa, qishloqdan kelib shahar
hayotiga o’rganish ikkinchi stress omil, talabalar turar joyidagi yashash sharoiti
uchinchi stress omil, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshirish to’rtinchi
stress omil, talabalikda ovqatlanish, kiyinish, hamda madaniy hayot kechirish
uchun mablag’ topish beshinchi stress omil, ijtimoiy foydali mehnatda qatnashish,
oltinchi stress omil va boshqalar o’sib va shakllanib borayotgan organizm uchun
kuchli sinov bo’lib hisoblanadi. Shu sinovlardan muvofaqiyatli o’tish uchun esa
12
ta’sir etuvchi omillarning zararli xususiyatlarini aniqlash va ulardan qutilish
yo’llarini topish stress haqidagi ta’limotni etarli darajada tushunib olishni talab
qiladi. Aks holda turli – tuman omillar ta’sirida salomatlikka ancha-muncha zarar
yetkazishi mumkin. Shuning uchun ham birinchi kursga qabul qilingan sog’lom
yoshlar o’qishini tugatguncha har xil kasalliklarga chalinishini, aksariyat hollarda
stress omillarining zararli ta’siri deb aytish mumkin bu haqda tegishli
adabiyotlarda malumotlar keltirilgan .
Ilm - fan tez rivojlanayotgan hozirgi davrda bepoyon kosmik
bo’shliqlarning o’zlashtirilishi, inson qadami yetmagan saxro va muzliklarning
o’rganilishi, dengiz va okeanlar tubining zabt etilishi hamda yangidan – yangi
juda murakkab elektron hisoblash mashinalarini barpo qiliinishi bilan
xarakterlanadi. So’ngi yillarda ekologiyada kuzatilayotgan muvozanat buzilishi,
kimyo sanoatining inson hayotiga bo’lgan ta’siri, sivilizatsiyaning jadallashuvi,
shaharlarning kattalashuvi, transportning ko’payishi va shovqin – surovlarning
oshishi kabi holatlar, tabiiyki, inson salomatligi uchun xatarli bo’lgan asab ruhiy
zo’riqishlarni keltirib chiqarmoqda. Bunday holatlarda ishlash va mehnat qilish
odam organizmiga bir qator noqulay va zararli faktorlarni ta’sirini keltirib
chiqaradi.
Odam qanday sharoitda mehnat qilmasin, uning organizmi o’ziga xos bir
qator hayot ko’satgichlarini ya’ni tana temperaturasini, qon bosimini, nafas
olishni va yurak urush sonini ma’lum bir belgilangan chegarada saqlab qoladi aks
holda organizm halok bo’ladi. Har xil ta’sirotlar natijasida organizmda bo’ladigan
o’zgarishlarni 1 – marta Kanadalik mashhur olim Gans Selye ko’p yillik
tajribalariga tayanib har tomonlama asoslab berdi [14; 15;]. Stress terminini fanga
1- marta Selye tomonidan kiritilgan. Stress so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib,
“stress” – bosim, kuchlanish, tanglik degan ma’nolarni bildiradi. Stress deb
haddan tashqari zo’riqish natijasida organizmda paydo bo’ladigan umumiy
tanglik holatiga aytiladi. Stress vaqtida odamning asab torlari taranglashadi,
markaziy asab tizimida qo’zg’alish va tormozlanish jarayoni muvozanatiga putur
yetib, qo’zg’aluvchanlik oshadi. Asablarning charchashi yoki emotsional toliqish
13
holatlariga, ishdan qoniqmaslik, ishda yoki oilada kelishmovchilik, yashash
sharoitlarining og’irligi sabab bo’lishi mumkin. Gans Selye
1907-1982 shifokor,
dunyoga tanilgan biolog, Monrealdagi xirurgiya va tajriba institutida direktor
bo’lib ishlagan. U 50 yilga yaqin vaqt 8 davomida stress va umumiy moslashish
sindromi muammolari ustida ishlagan. Selye Praje universitetidagi tibbiyot
fakultetida bilim oladi, so’ngra o’qishini Rim va Parijda davom ettiradi. Urush
tufayli Yevropadan okean orti Kanadaga ko’chib kelishga majbur bo’ladi va o’sha
yerda stressni umumiy tushunchasini ifodalagan. Selye stressni mexanizmlarini
o’rganganda gormonlarni stressli reaktsiyalardagi o’rni va endokrin bo’lmagan
kasalliklarda ishtirok etishini aniqlagan[14;15]. 1926 – yil Selye meditsina
fakultetini II - kursida o’qib yurgan kezlarida organizmni har qanday jiddiy
ta’sirga steriotik o’xshash javob qaytarish muammosi bilan to’qnashgan. Uni
qiziqtirgan narsa shu ediki, nega har – xil kasalliklar bilan og’rigan bemorlarda
o’xshash belgilar va simtomlar uchraydi. Yani ko’p qon yoqotganda, infeksion
kasalliklarda, o’tib ketgan rak kasalligida – holsizlanish, ishtaha yoqolishi,
harakat sustligi, apatiya, vazn yoqolishi, ko’rinishi kasalmandlarnikidek kabi
umumiy belgilarni kuzatgan.
Selye bir narsani tushunmasdi, hamma shifokorlar e’tiborni kasaklikdagi
alohida belgilarni va samarali terapiyani izlashgan, ammo kasallikdagi umumiy
o’xshash belgilarga e’tibor berishmagan. Buni Selye “kasallik sindromi ” deb
nomlagan. Keyinchalik bu konseptsiya o’n yillar mobaynida unitildi va 1936 –
yilda Selye yana kasallik sindromi haqida o’ylashga majbur bo’ldi. Bu safar
Selyeda tajriba tkazish uchun labaratoriya sharoiti bor edi va u tajribani
kalamushlarda olib bordi. Tajribani olib borish jarayonida Selye kalamushlar
organizmiga quyidagi o’zgarishlarni kiritgan:
1. Buyrak usti bezlarining faolligini oshirib, kattalashtirgan.
2. Limfa tugunlari va vilochkoviy bezini atrofiyalagan.
3. Oshqozon – ichaklarda yaralar paydo qilgan. Buyrak usti bezlari –
ichki sekretsiya bezi bo‟lib, har bir buyrakni ustki qismida joylashgan.
14
Buyrak usti bezlari ikki qavatdan: ustki po’stloq va ichki miya
qavatdan iborat. Buyrak usti bezlarining ustki po’stloq qavatida uch guruh
kortikosteroid gormonlar ishlab chiqariladi :
1. Mineralokortikoidlar.
2. Glyukokortikoidlar.
3. Androgen gormonlari.
Buyrak usti bezlarining ichki miya qismida adrenalin va
noradrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Stress vaqtida bu gormonlarning
ahamiyati katta. Timus limfatik to’qimadan bo’lgan katta organ, ko’krak qafasida
joylashgan va limfatik tugunlar bitta sistemani tashkil qiladi va timolimfa apparat
deyiladi, u immunitet bilan uzviy bog’langan. Hayvonlarda olib borilgan
tajribalar shuni ko’rsatadiki, sovuq yoki issiq harorat ta’sirida, infeksiyalar
ta’sirida, ko’p qon yoqotganda, asablar taranglashganda va boshqa ta’sirlar
natijasida ham shunday o’zgarishlar sodir bo’ladi. Bu reaktsiya 1936 – yili Selye
tomonidan tushuntirilib, “Har xil zarar yetkazuvchi agentlar keltirib chiqargan
sindrom ” deb, keyinchalik esa “Biologik stress sindromi ” deb nomlagan Gans
Selye stress faktorlar etarli kuchga ega bo’lib, xronik holatda davom etsa,
kuzatiladigan stress reaktsiya uch davrda o’tishini aytgan:
1. Tashvishlanish yoki xavotirlanish davri.
2. Rezistentlik (turg‟un qarshilik ko‟rsatish) davri.
3. Holdan toyish davri.
Birinchi davr stress faktor ta’sir etishi bilanoq boshlanib,
ta’sirotning kuchi bilan, davomiyligiga qarab bir necha soatdan bir necha
kungacha davom etishi mumkin. Bu vaqtda eng avval yuqorida aytganimizdek,
gipofizning oldingi qismidan ajraladigan adrenokortikotrop miqdori oshib ketadi
va oqibatda buyrak usti bezining po’stloq qismidan qonga odatdagidan ancha ko’p
glyukokortikoidlar ajralib chiqadi. Bezning bu qismi kengayib, undagi lipidlar va
askarbin kislotasi kamayib ketadi. Qonda shakar miqdori ko’payib
giperglikemiya tana vazni ancha kamayadi, limfa ishlab chiqaruvchi bezlar
atrofiyalanib, jigar va taloq kichrayadi, oshqozon – ichak sistemasida qon quyilish
15
holatlari sodir bo’ladi. Bundan tashqari qon bosimi, tana temperaturasi va
muskullar tonusining normadan pasayib ketishi kuzatiladi. Haddan ziyod qattiq
stresslar ta’sirida qattiq kuyish, haroratni o’ta baland yoki pastligida organizm shu
birinchi bosqichdayoq halok bo’lishi mumkin
.
Tashvishlanish yoki havotirlanish
davri shu bilan harakterlanadiki, bu vaqtda organizm zararli ta’sirotlardan
qutilishi va unga qarshi kurashishi uchun butun ichki rezervlarini ishga soladi.
Masalan, qutirgan itdan ko’rqib qochgan odam umrida kuzatilmagan katta tezlik
bilan chopishi mumkin. O’z kasbiga havas, mehr qo’ygan olim qattiq berilib
ishlashi natijasida, juda qiyin vaziyatlarni bir zumda yechishi mumkin, chunki bu
vaqtda organizmda bor bo’lgan butun rezerv imkoniyatlar ishga jalb qilinadi.
Tashvishlanish yoki xavotirlanish davrida organizmning nospetsifik
rezistentligi ancha kuchayadi. Bu davrda organizm kerakli energiyani ajratish
uchun o’zidagi plastik material bo’lgan oqsillarni ham parchalanishiga olib
keladi. Natijada barcha organlar vazni kamayib, oriqlanib ketish hollari
kuzatiladi. Agar stressor nihoyatda kuchli bo’lsa, organizm o’zidagi barcha
energiyani sarflab, unga qarshi kurasha olmay qoladi va oqibatda u halok bo’ladi.
Organizm davomli stresslar ta’siriga chidab, uni yenga boshlasa, stress
reaktsiyaning ikkinchi davri – rezistentlik davri boshlanadi. Bu davr ham stressor
tabiati va ta’sir etish kuchiga qarab ikki hafta ba’zan undan ham ko’p vaqt davom
etishi mumkin. Bunda u dastlab organizmning stress reaktsiyasini ta’siriga
moslashadi. Ajralib chiqadigan kortikosteroidlar miqdorining odatdagidan
ko’pligi tufayli turg’un holatga o’tadi.
Oshqozon va ichak sistmasidagi qon quyilish holatlari yo’qoladi, tana
vazni yana qayta o’z o’rniga kela boshlaydi. Rezistentlik davri shu narsa bilan
xarakterlanadiki, bu vaqtda organizmning nospetsifik rezistenlikdan tashqari,
spetsifik rezistentligi ma’lum stress faktoraga nisbatan chidamliligi ham
kuchayadi. Masalan, bu davrni o’z boshidan kechirayotgan hayvonlarda nisbatan
yurak urushi nihoyatda kuchayishi, nafas olishning juda tez bo’lishi kabi spetsifik
holatlar kuzatilmaydi yani ular jismoniy ishga nisbatan ancha chidamli bo’lib
qoladi Rezistentlik davrida spetsifik va nospetsifik chidamlilikning kuchayishiga
16
ta’sir etuvchi stress faktorlarining kuchi davomiyligiga yaqindan bog’liqdir. Agar
stress faktor o‟rtacha kuchga ega bo’lsa va organizmni o’ta charchatmasa,
organizmni nospetsifik rezistentligi sezilarli darajada kuchayadi. Kuchli stressor
esa aksincha nospetsifik rezistentlikni juda pasaytirib yuboradi. Masalan, odam
har kuni unchalik kuchli bo’lmagan jismoniy tarbiya va sport mashqlari bilan
shug’ullanib yursa, uning organizmi sovuqqa, issiqqa va boshqa tashqi muhit
faktorlariga nisbatan ancha chidamli bo’ladi. Stressor kuchli bo’lib davomli ta’sir
etsa, rezistentlik davri holdan toyish davriga o’tadi. Bu vaqtga kelib buyrak usti
bezining po’stloq qismi xuddi birinchi davrda kuzatilganidek, o’zidagi zapas
moddalar askorbin kilotasi, lipidlar va boshqalar ni kamaytirib yuboradi.
Tanadagi barcha organlar atrofiyalanib, umumiy vazn qaytadan kamayib ketadi.
Bu vaqtga kelib organizm o’zidagi barcha zapas energiyani sarf qilib bo’ladi.
Uning stressorga qarshi kurashish qobiliyati juda kuchsizlanadi, undagi ham
spetsifik, ham nospetsifik rezistentlar nihoyatda pasayadi va u halok bo’ladi. Bu
xulosalar hayvonlar ustida olib borilgan tajribalarga tayangan holda chiqarilgan
Selye bu uch bosqichli adaptatsion sindromni odamni hayot bosqichlariga
o’xshatadi:
1. Bolalik ta’sirlanish yuqori bo’lib, organizmning hali kurashish
qobiliyati kam ;
2. Kamolotga yetish davri organizm chiniqqan va barcha ta’sirotlarga
adaptatsiyalanish qobiliyatiga ega);
3. Qarilik, holsizlanish, kurashishga kuchi yetmasligi va oxiri o’lim.
Selyening fikricha: inson adaptatsion kuchini ehtiyotkorlik bilan
sarflashga o’rganishi lozim. Bu tushunchani u shamni yonishiga o’xshatadi. Agar
barcha zaxiramizni sham deb tasavvur qilsak, uni yonishi turli xil bo’lishi
mumkin. Masalan, shamni ikki tomonini yoqib tezda tugatishimiz ham mumkin
yoki ehtiyot qilib faqat bir tomonlama yoqib uni ko’p vaqt davomida ishlatishimiz
ham mumkin. 1936 – yilda Selye biologik stressga javob sindromini
ifodalagandan so’ng stressorga javoban organizmda boshqa nomalum bo’lgan
bioximiyoviy va strukturaviy o’zgarishlar borligini aniqladi. Uning fikriga ko’ra,
17
stress reaktsiyasida asosiy rolni gormonlar o’ynaydi deydi. Adrenalinni ko’p
ishlab chiqarilishi organizmni stressor ta’siriga birlamchi reaktsiyasidir. Stressni
ta’siri va ularni darajali ifodalanishida, buyrak usti bezlarini va u ishlab chiqargan
gormonlar - kortikosteroidlar asosiy vazifani bajaradi. Gans Selye asab tizimidagi
stressni paydo bo’lishida ishtirok etishini ko’rib chiqmagan, ammo uni ahamiyati
katta ekanligini tasdiqlagan. Shunday qilib XX asrda juda katta kashfiyotga ta’rif
berildi, buyrak usti bezlarining kattalashishi, oshqozon ichaklarni yaralanishi kabi
stressni ob’ektiv belgilari aniqlangan. Bu belgilar boshqa shifokorlar tomonidan
ham tasdiqlangan, ammo stressni noan’anaviy sindromlari mavjudligi
aniqlanmagan edi. Selye bu yangi konseptsiyani ifodalab, sindromni aniq yakka
ko’rinishlarini ko’rsatib berdi.
Dastlabki ishlarini stressni biologik sistemada barcha o’ziga xos
bo’lmagan o’zgarishlarni keltirib chiqargan, o’z ichiga qamrab olgan o’ziga xos
sindrom holatidir deb ta’riflaydi. Keyinchalik esa Selye “Distressiz stress”
kitobida stressni aniq va to’g’ri ta‟riflaydi. Stress bu organizmni unga
qo‟yiladigan barcha talablarga, o’ziga xos bo’lmagan javobidir. Selyeni
“Distressiz stres ” kitobidagi adaptatsion sindrom haqidagi tushunchalarni iloji
boricha saqlab qolishga uringan. Chunki bu tushunchalarni qisqa, tushunarli va
aniq ifodalagan. Selye bu haqda 20 dan ortiq monagrafiya va ko’plab maqolalar
chop ettirgan. Halqaro stress institutini tashkil qilib, ko’p yillar davomida
boshqarib kelgan Selye ko’p mamlakatlar olimlarini birlashtirgan va stess
muammolarini yechib, izlanishlar olib borgan, hamda bu sohada ko’p yutuqlarga
erishgan. Kanadalik olimning nazariyalari tibbiyotning, ilmiy, nazariy
rivojlanishiga samarali asosiy fundamental hissa qo’shgan. Eksperimental
laboratoriyalarda mavjud usullar og'ir va murakkab.
Pedagogik amaliyotda bolalarning xatti-harakatlarini kuzatish bilan
cheklanishi kerak. Ammo xulq-atvor shakli ko'p jihatdan bolaning tarbiyasi
shartlariga va ozgina darajada uning asab tizimining tipologik xususiyatlariga
bog'liq. Asab tizimining xususiyatlari, B.M. Teplov, xulq-atvorning hech qanday
shakllarini oldindan belgilab qo'ymang, balki xatti-harakatlarning ba'zi shakllarini
18
shakllantirish osonroq, boshqalari esa qiyinroq bo'lgan asosni tashkil qiladi.
Shuning uchun faqat yuzaki kuzatishga asoslanib, bolaning xulq-atvoridagi u yoki
bu xususiyat uning yuqori asabiy faoliyatining tipologik xususiyatlari bilan
bog'liqligini to'liq aniq aytish mumkin emas. Har doim ikkinchi imkoniyatni -
uning ta'lim bilan bog'liqligini tan olish kerak.
Masalan, bolaning o'zini tuta olmasligi qo'zg'alish jarayonining
ustunligi va oddiygina noto'g'ri tarbiya bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Shuning
uchun, har bir holatda, bolani uzoq va ehtiyotkorlik bilan kuzatish kerak.
Faqatgina bolalarning psixologik va fiziologik xususiyatlarini har tomonlama
o'rganish asosida pedagogik ta'sirlarni optimal tashkil etish mumkin. Pedagogik
qarovsizlikning sabablarini o'rganishda chet ellik olimlar - S. Braun, D.P. Rayan,
T.L. Xenderson, J. Xong (ota va onaning alkogolga qaramligi sababli, bolalarni
ko 'chada qarovsiz yurishi, bolaning oiladan qochishi sababli ota-ona
huquqlaridan mahrum etish); R. Jolli, R. Gin, D. Xovard, M.V. Mitchell, S.
Tomas, N. Stanley, L. Xuntreis, E. German, M. Freundlich [3] (homiylik ostidagi
oilada yetim bolalarning ijtimoiy moslashuvi jarayoni) masalalari yuzasidan
tadqiqot ishi olib borishgan.
Hozirgi davr globallashuv jarayonida yetim bolalar va ota-ona
qaramog'isiz qolgan bolalar hayotini tartibga solishning xorij tajribasi o'ta muhim
sanalib, bunda bolalar hayotida ijobiy o'zgarishlarga erishish hamda ularni
jamiyatga moslashib ketishlarida xorijiy tajribani mahalliy ijtimoiy amaliyotga
tatbiq etish imkoniyatlari va implementatsiya - eng dolzarb vazifalardan
hisoblanadi. Ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni oilalarga jalb qilish, oiladagi
tarbiya va uning samaradorligini va bolalarni ijtimoiy himoya qilish muassasalari
faoliyatini baholash o'ta muhimdir. Bunda yetimlar va ota-ona qaramog'isiz
qolgan bolalar hayotidagi xorijiy tajriba ichki ijtimoiy amaliyotga tatbiq etiladi,
aholini ichki ijtimoiy himoya qilish tizimining imkoniyatlari va cheklovlari
hisobga olinib, shuningdek yetimlar va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalar
oilalarga muvaffaqiyatli joylashtiriladi.
19
Bolalar bilan ishlash ijtimoiy muassasalarining samaradorligini
oshirishga qaratilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalar
hayotini jamiyatga moslashtirish asosida xospislarni ochish, murakkab vaziyatga
tushgan voyaga yetmaganlar uchun maxsus shelterlarni yaratish modelini ishlab
chiqish ham jamiyatimiz oldida turgan konseptual vazifalardandir.
So'nggi o'n yilliklar ichida pedagogic qarovsizlik bilan
taqqoslaganda, ijtimoiy qarovsizlikning ko'rsatkichlari doimiy ravishda o'sib
bormoqda. Uning asosiy sababi -ota-onalarning oilaviy hayotga tayyor emasligi
hamda qondosh oilasidagi muammo bo'lib, farzandni boqish va unga ketadigan
sarf-xarajat nuqtai nazaridan boquvi qimmatga tushishi sababli undan voz kechish
tendensiyasi kuchli. Aslida arzon malakali yordam tizimini, shu jumladan,
bolaning oilasini saqlab qolishga qaratilgan huquqiy, ijtimoiy, tibbiy, psixologik,
pedagogik xizmatlar tizimini rivojlantirish orqali yengib o'tish, ijtimoiy yetimlik
ko'lamini kamaytirish kerak.
Ushbu holat, shubhasiz, bolalarning ijtimoiylashuvi jarayoniga salbiy
ta'sir ko'rsatmoqda. Jahon amaliyoti shuni ko'rsatadiki, yetimlarni maktab-
internatlarda saqlash kerakli natijani bermaydi.
Chet ellik olimlarning fikriga ko'ra, bolalar uyida yashovchi voyaga
yetmaganlar, an'anaviy oilalarda o'sadigan tengdoshlaridan farqli o'laroq, nafaqat
jismoniy, aqliy va ma'naviy rivojlanish kechikishlariga ega, balki ularning
sharoitlariga moslashishga imkon beradigan o'ziga xos xususiyatlarni
shakllantiradilar. Maktab-internati oiladan ayro holda, jamiyatda yetarli darajada
moslashishga hissa qo'shmaydi.
Shu bilan birga, chet el tajribasini o'rganish va qisman mahalliy
ijtimoiy amaliyotga joriy etish mahalliy yetim bolalarga oilada yashash tajribasini
to'plash va jamiyatda muvaffaqiyatli moslashish imkoniyatini beradi; ota-ona
qaramog'isiz qolgan bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy ishlarning jahon
tajribasi
mamlakatimizdagi
ijtimoiy
yetimlikning
oldini
olish
va
minimallashtirish uchun ichki birlashgan davlat standartlarini, ijtimoiy xavfli
vaziyatda bo'lgan oilalar bilan ishlashning innovasion texnologiyalarini ishlab
20
chiqish uchun asos bo'lishi mumkin.Hozirgi davr globallashuv jarayonida yetim
bolalar va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalar hayotini tartibga solishning xorij
tajribasi o'ta muhim sanalib, bunda bolalar hayotida ijobiy o'zgarishlarga erishish
hamda ularni jamiyatga moslashib ketishlarida xorijiy tajribani mahalliy ijtimoiy
amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari va implementatsiya - eng dolzarb
vazifalardan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |