'' Talabaning stressga barqarorligi shaxs xususiyatlariga bogʻliqligi ''


G.Selye. Stress ta’limotining asoschisi



Yüklə 278,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix01.04.2023
ölçüsü278,26 Kb.
#92069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1.1 G.Selye. Stress ta’limotining asoschisi 
Hozir shu narsani qayd qilib o’tmoqchimizki, aytib o’tilganidek, 
stress tushunchasining kashf qilinganiga nisbatan uzoq vaqt o’tmagan bo’lsada u 
qator fanlarda juda tezlik bilan tarqalib o’ziga xos ustuvor masalalarni aniqlash 
va ko’p muammolarni yechishda qo’l kelmoqda. Hozirga qadar fanda biror 
ta’limotning bunday tezlik bilan keng ko’lamda tarqalishi kamdan – kam 
kuzatilgan holat bo’lib, bu narsani uning odamlar, hayvonlar hamda o’simliklar 
hayotida ustuvor ahamiyatga ega ekanligi bilan tushuntirish mumkin. Stress 
haqidagi ta’limot dastlabki yaratilgan davrlarda uning foydali va zararli bo’lishi 
haqida ma’lumotlar aniq berilgan bo’lsada, keyinchalik ko’pchilik stress faqat 
organizmga zarar keltiradigan omil undan qanday bo’lmasin qutilib olish 
yo’llarini izlash hamda ilojiga qarab hech qanday stress olmaslik lozim degan 
tushuncha paydo bo’la boshladi.
Aytish joizki stress haqida bunday noto’g’ri tushunchaga ega bo’lish 
uning tabiatini, hosil bo’lish mexanizmlarini keng ma’noda tushunish, foydali va 
zararli stresslarni farqiga borish, har xil sharoitlarda stress holatidan ijobiy 
foydalanishda va boshqa shunga o’xshagan masalalarda cheklanishlar salbiy holat 
yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Stress, uning kishilar hayoti bilan bog’liqligi 
borasidagi tushunchalar respublikamizda global muammo sifatida e’tirof etilgani 
mavzuimizning dolzarbligini yaqqol isbotlab beradi.
Jumladan, Prezidentimiz I.A.Karimovning «Bosh maqsadimiz – keng 
ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish» nomli 
ma’ruzasi (Xalq so‟zi, 2013 yil, 19 yanvar, № 13) asosida ishlab chiqilgan 
qo’llanmada quyidagi fikrlar bildirilgan: «odamlarda bebaho boylik bo’lgan o’z 
sog’lig’ini saqlashga to’g’ri va mas’uliyatli munosabatda bo’lish, sog’lom 
turmush tarzi, o’z hayot faoliyatini oqilona tashkil qilish, salomatlik uchun zararli 
va xatarli odatlardan voz kechish, sog’lom bo’lish, jismoniy va ruhiy jihatdan 
uyg’un kamol topishga yo’naltirilgan hayotiy falsafani shakllantirish lozim» (1). 
Ruhiy osoyishtalik hamda barqarorlik borasidagi quyidagi fikrlar ham ushbu 


11 
ma’ruzadan o’rin olgan. Ruhiy osoyishtalik yoki asabiy muvozanatni 
ta’minlashning mohiyati katta. Negaki, bizning tanamiz, ichki a’zolarimiz 
faoliyati asab tizimi orqali boshqariladi. Ichki a’zolarning me’yoriy ishi esa ruhiy 
holatimizni, kayfiyatimizni belgilaydi. Shuning uchun huda-behudaga jizzakilik 
qilmaslik, yaxshi narsalar to’g’risida o’ylab, oqilona fikrlash, yomon va gunoh 
ishlardan o’zini tiyish, nafsga erk bermaslik, ota-bobolar o’gitlarini hayotda 
qo’llash, xushfe’l, xushmuomala bo’lish sog’liqni saqlash va mustahkamlashga 
xizmat qiladi. 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, biz bitiruv malakaviy ishida dast 
avval stress ta’limoti haqida ilmiy tushuncha berish, foydali va zararli stresslarni 
bir – biridan ajratish, stressdan muhofaza qilinish yo’llari, stressning turli kasb 
egalari hayotida tutgan o’rni, turli shaxslarning stressga moyilligi haqida fikr 
yuritamiz. Bitiruv malakaviy ishimizning talabalar hayoti bilan bog’liqligi haqida 
gapirilsa shu narsani aytib o’tish joizki, talaba yoshlar millat va davlatning 
kelajagi bo’lib, ularning sog’lom bo’lishi har tomonlama kamol topishi, bilimli, 
aqliy va jismoniy jihatdan yetuk bo’lib, tarbiyalanishi eng ustivor vazifalardan 
biridir Talabalar hayotidagi stressni to’gri tushunish, zararli va foydali stressning 
farqiga borish, uning to’laqonli kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu 
narsani ta’kidlash joizki, talaba yoshlarning hayoti turli – tuman stress omillar 
ta’siriga studentlik hayotining birinchi kunidanoq duch kela boshlaydi. Mavjud 
adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, talabalarning sihat – salomatligi 
ko’p hollarda yuzaga kelgan stress omillardan qanday foydalanishga bog’liq ekan.
O’quv yurtlari va oliygohlarda ta’lim olish paytida yangi fanlarni, 
predmetlarni o’zlashtirib olish birinchi stress omil bo’lsa, qishloqdan kelib shahar 
hayotiga o’rganish ikkinchi stress omil, talabalar turar joyidagi yashash sharoiti 
uchinchi stress omil, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshirish to’rtinchi 
stress omil, talabalikda ovqatlanish, kiyinish, hamda madaniy hayot kechirish 
uchun mablag’ topish beshinchi stress omil, ijtimoiy foydali mehnatda qatnashish, 
oltinchi stress omil va boshqalar o’sib va shakllanib borayotgan organizm uchun 
kuchli sinov bo’lib hisoblanadi. Shu sinovlardan muvofaqiyatli o’tish uchun esa 


12 
ta’sir etuvchi omillarning zararli xususiyatlarini aniqlash va ulardan qutilish 
yo’llarini topish stress haqidagi ta’limotni etarli darajada tushunib olishni talab 
qiladi. Aks holda turli – tuman omillar ta’sirida salomatlikka ancha-muncha zarar 
yetkazishi mumkin. Shuning uchun ham birinchi kursga qabul qilingan sog’lom 
yoshlar o’qishini tugatguncha har xil kasalliklarga chalinishini, aksariyat hollarda 
stress omillarining zararli ta’siri deb aytish mumkin bu haqda tegishli 
adabiyotlarda malumotlar keltirilgan .
Ilm - fan tez rivojlanayotgan hozirgi davrda bepoyon kosmik 
bo’shliqlarning o’zlashtirilishi, inson qadami yetmagan saxro va muzliklarning 
o’rganilishi, dengiz va okeanlar tubining zabt etilishi hamda yangidan – yangi 
juda murakkab elektron hisoblash mashinalarini barpo qiliinishi bilan 
xarakterlanadi. So’ngi yillarda ekologiyada kuzatilayotgan muvozanat buzilishi, 
kimyo sanoatining inson hayotiga bo’lgan ta’siri, sivilizatsiyaning jadallashuvi, 
shaharlarning kattalashuvi, transportning ko’payishi va shovqin – surovlarning 
oshishi kabi holatlar, tabiiyki, inson salomatligi uchun xatarli bo’lgan asab ruhiy 
zo’riqishlarni keltirib chiqarmoqda. Bunday holatlarda ishlash va mehnat qilish 
odam organizmiga bir qator noqulay va zararli faktorlarni ta’sirini keltirib 
chiqaradi. 
Odam qanday sharoitda mehnat qilmasin, uning organizmi o’ziga xos bir 
qator hayot ko’satgichlarini ya’ni tana temperaturasini, qon bosimini, nafas 
olishni va yurak urush sonini ma’lum bir belgilangan chegarada saqlab qoladi aks 
holda organizm halok bo’ladi. Har xil ta’sirotlar natijasida organizmda bo’ladigan 
o’zgarishlarni 1 – marta Kanadalik mashhur olim Gans Selye ko’p yillik 
tajribalariga tayanib har tomonlama asoslab berdi [14; 15;]. Stress terminini fanga 
1- marta Selye tomonidan kiritilgan. Stress so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib, 
“stress” – bosim, kuchlanish, tanglik degan ma’nolarni bildiradi. Stress deb 
haddan tashqari zo’riqish natijasida organizmda paydo bo’ladigan umumiy 
tanglik holatiga aytiladi. Stress vaqtida odamning asab torlari taranglashadi, 
markaziy asab tizimida qo’zg’alish va tormozlanish jarayoni muvozanatiga putur 
yetib, qo’zg’aluvchanlik oshadi. Asablarning charchashi yoki emotsional toliqish 


13 
holatlariga, ishdan qoniqmaslik, ishda yoki oilada kelishmovchilik, yashash 
sharoitlarining og’irligi sabab bo’lishi mumkin. Gans Selye
1907-1982 shifokor, 
dunyoga tanilgan biolog, Monrealdagi xirurgiya va tajriba institutida direktor 
bo’lib ishlagan. U 50 yilga yaqin vaqt 8 davomida stress va umumiy moslashish 
sindromi muammolari ustida ishlagan. Selye Praje universitetidagi tibbiyot 
fakultetida bilim oladi, so’ngra o’qishini Rim va Parijda davom ettiradi. Urush 
tufayli Yevropadan okean orti Kanadaga ko’chib kelishga majbur bo’ladi va o’sha 
yerda stressni umumiy tushunchasini ifodalagan. Selye stressni mexanizmlarini 
o’rganganda gormonlarni stressli reaktsiyalardagi o’rni va endokrin bo’lmagan 
kasalliklarda ishtirok etishini aniqlagan[14;15]. 1926 – yil Selye meditsina 
fakultetini II - kursida o’qib yurgan kezlarida organizmni har qanday jiddiy 
ta’sirga steriotik o’xshash javob qaytarish muammosi bilan to’qnashgan. Uni 
qiziqtirgan narsa shu ediki, nega har – xil kasalliklar bilan og’rigan bemorlarda 
o’xshash belgilar va simtomlar uchraydi. Yani ko’p qon yoqotganda, infeksion 
kasalliklarda, o’tib ketgan rak kasalligida – holsizlanish, ishtaha yoqolishi, 
harakat sustligi, apatiya, vazn yoqolishi, ko’rinishi kasalmandlarnikidek kabi 
umumiy belgilarni kuzatgan. 
Selye bir narsani tushunmasdi, hamma shifokorlar e’tiborni kasaklikdagi 
alohida belgilarni va samarali terapiyani izlashgan, ammo kasallikdagi umumiy 
o’xshash belgilarga e’tibor berishmagan. Buni Selye “kasallik sindromi ” deb 
nomlagan. Keyinchalik bu konseptsiya o’n yillar mobaynida unitildi va 1936 – 
yilda Selye yana kasallik sindromi haqida o’ylashga majbur bo’ldi. Bu safar 
Selyeda tajriba tkazish uchun labaratoriya sharoiti bor edi va u tajribani 
kalamushlarda olib bordi. Tajribani olib borish jarayonida Selye kalamushlar 
organizmiga quyidagi o’zgarishlarni kiritgan:
1. Buyrak usti bezlarining faolligini oshirib, kattalashtirgan.
2. Limfa tugunlari va vilochkoviy bezini atrofiyalagan.
3. Oshqozon – ichaklarda yaralar paydo qilgan. Buyrak usti bezlari – 
ichki sekretsiya bezi bo‟lib, har bir buyrakni ustki qismida joylashgan. 


14 
Buyrak usti bezlari ikki qavatdan: ustki po’stloq va ichki miya 
qavatdan iborat. Buyrak usti bezlarining ustki po’stloq qavatida uch guruh 
kortikosteroid gormonlar ishlab chiqariladi :
1. Mineralokortikoidlar.
2. Glyukokortikoidlar.
3. Androgen gormonlari.
Buyrak usti bezlarining ichki miya qismida adrenalin va 
noradrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Stress vaqtida bu gormonlarning 
ahamiyati katta. Timus limfatik to’qimadan bo’lgan katta organ, ko’krak qafasida 
joylashgan va limfatik tugunlar bitta sistemani tashkil qiladi va timolimfa apparat 
deyiladi, u immunitet bilan uzviy bog’langan. Hayvonlarda olib borilgan 
tajribalar shuni ko’rsatadiki, sovuq yoki issiq harorat ta’sirida, infeksiyalar 
ta’sirida, ko’p qon yoqotganda, asablar taranglashganda va boshqa ta’sirlar 
natijasida ham shunday o’zgarishlar sodir bo’ladi. Bu reaktsiya 1936 – yili Selye 
tomonidan tushuntirilib, “Har xil zarar yetkazuvchi agentlar keltirib chiqargan 
sindrom ” deb, keyinchalik esa “Biologik stress sindromi ” deb nomlagan Gans 
Selye stress faktorlar etarli kuchga ega bo’lib, xronik holatda davom etsa, 
kuzatiladigan stress reaktsiya uch davrda o’tishini aytgan:
1. Tashvishlanish yoki xavotirlanish davri. 
2. Rezistentlik (turg‟un qarshilik ko‟rsatish) davri.
3. Holdan toyish davri.
Birinchi davr stress faktor ta’sir etishi bilanoq boshlanib, 
ta’sirotning kuchi bilan, davomiyligiga qarab bir necha soatdan bir necha 
kungacha davom etishi mumkin. Bu vaqtda eng avval yuqorida aytganimizdek, 
gipofizning oldingi qismidan ajraladigan adrenokortikotrop miqdori oshib ketadi 
va oqibatda buyrak usti bezining po’stloq qismidan qonga odatdagidan ancha ko’p 
glyukokortikoidlar ajralib chiqadi. Bezning bu qismi kengayib, undagi lipidlar va 
askarbin kislotasi kamayib ketadi. Qonda shakar miqdori ko’payib 
giperglikemiya tana vazni ancha kamayadi, limfa ishlab chiqaruvchi bezlar 
atrofiyalanib, jigar va taloq kichrayadi, oshqozon – ichak sistemasida qon quyilish 


15 
holatlari sodir bo’ladi. Bundan tashqari qon bosimi, tana temperaturasi va 
muskullar tonusining normadan pasayib ketishi kuzatiladi. Haddan ziyod qattiq 
stresslar ta’sirida qattiq kuyish, haroratni o’ta baland yoki pastligida organizm shu 
birinchi bosqichdayoq halok bo’lishi mumkin

Tashvishlanish yoki havotirlanish 
davri shu bilan harakterlanadiki, bu vaqtda organizm zararli ta’sirotlardan 
qutilishi va unga qarshi kurashishi uchun butun ichki rezervlarini ishga soladi. 
Masalan, qutirgan itdan ko’rqib qochgan odam umrida kuzatilmagan katta tezlik 
bilan chopishi mumkin. O’z kasbiga havas, mehr qo’ygan olim qattiq berilib 
ishlashi natijasida, juda qiyin vaziyatlarni bir zumda yechishi mumkin, chunki bu 
vaqtda organizmda bor bo’lgan butun rezerv imkoniyatlar ishga jalb qilinadi.
Tashvishlanish yoki xavotirlanish davrida organizmning nospetsifik 
rezistentligi ancha kuchayadi. Bu davrda organizm kerakli energiyani ajratish 
uchun o’zidagi plastik material bo’lgan oqsillarni ham parchalanishiga olib 
keladi. Natijada barcha organlar vazni kamayib, oriqlanib ketish hollari 
kuzatiladi. Agar stressor nihoyatda kuchli bo’lsa, organizm o’zidagi barcha 
energiyani sarflab, unga qarshi kurasha olmay qoladi va oqibatda u halok bo’ladi. 
Organizm davomli stresslar ta’siriga chidab, uni yenga boshlasa, stress 
reaktsiyaning ikkinchi davri – rezistentlik davri boshlanadi. Bu davr ham stressor 
tabiati va ta’sir etish kuchiga qarab ikki hafta ba’zan undan ham ko’p vaqt davom 
etishi mumkin. Bunda u dastlab organizmning stress reaktsiyasini ta’siriga 
moslashadi. Ajralib chiqadigan kortikosteroidlar miqdorining odatdagidan 
ko’pligi tufayli turg’un holatga o’tadi.
Oshqozon va ichak sistmasidagi qon quyilish holatlari yo’qoladi, tana 
vazni yana qayta o’z o’rniga kela boshlaydi. Rezistentlik davri shu narsa bilan 
xarakterlanadiki, bu vaqtda organizmning nospetsifik rezistenlikdan tashqari, 
spetsifik rezistentligi ma’lum stress faktoraga nisbatan chidamliligi ham 
kuchayadi. Masalan, bu davrni o’z boshidan kechirayotgan hayvonlarda nisbatan 
yurak urushi nihoyatda kuchayishi, nafas olishning juda tez bo’lishi kabi spetsifik 
holatlar kuzatilmaydi yani ular jismoniy ishga nisbatan ancha chidamli bo’lib 
qoladi Rezistentlik davrida spetsifik va nospetsifik chidamlilikning kuchayishiga 


16 
ta’sir etuvchi stress faktorlarining kuchi davomiyligiga yaqindan bog’liqdir. Agar 
stress faktor o‟rtacha kuchga ega bo’lsa va organizmni o’ta charchatmasa, 
organizmni nospetsifik rezistentligi sezilarli darajada kuchayadi. Kuchli stressor 
esa aksincha nospetsifik rezistentlikni juda pasaytirib yuboradi. Masalan, odam 
har kuni unchalik kuchli bo’lmagan jismoniy tarbiya va sport mashqlari bilan 
shug’ullanib yursa, uning organizmi sovuqqa, issiqqa va boshqa tashqi muhit 
faktorlariga nisbatan ancha chidamli bo’ladi. Stressor kuchli bo’lib davomli ta’sir 
etsa, rezistentlik davri holdan toyish davriga o’tadi. Bu vaqtga kelib buyrak usti 
bezining po’stloq qismi xuddi birinchi davrda kuzatilganidek, o’zidagi zapas 
moddalar askorbin kilotasi, lipidlar va boshqalar ni kamaytirib yuboradi. 
Tanadagi barcha organlar atrofiyalanib, umumiy vazn qaytadan kamayib ketadi. 
Bu vaqtga kelib organizm o’zidagi barcha zapas energiyani sarf qilib bo’ladi. 
Uning stressorga qarshi kurashish qobiliyati juda kuchsizlanadi, undagi ham 
spetsifik, ham nospetsifik rezistentlar nihoyatda pasayadi va u halok bo’ladi. Bu 
xulosalar hayvonlar ustida olib borilgan tajribalarga tayangan holda chiqarilgan 
Selye bu uch bosqichli adaptatsion sindromni odamni hayot bosqichlariga 
o’xshatadi: 
1. Bolalik ta’sirlanish yuqori bo’lib, organizmning hali kurashish 
qobiliyati kam ;
2. Kamolotga yetish davri organizm chiniqqan va barcha ta’sirotlarga 
adaptatsiyalanish qobiliyatiga ega); 
3. Qarilik, holsizlanish, kurashishga kuchi yetmasligi va oxiri o’lim.
Selyening fikricha: inson adaptatsion kuchini ehtiyotkorlik bilan 
sarflashga o’rganishi lozim. Bu tushunchani u shamni yonishiga o’xshatadi. Agar 
barcha zaxiramizni sham deb tasavvur qilsak, uni yonishi turli xil bo’lishi 
mumkin. Masalan, shamni ikki tomonini yoqib tezda tugatishimiz ham mumkin 
yoki ehtiyot qilib faqat bir tomonlama yoqib uni ko’p vaqt davomida ishlatishimiz 
ham mumkin. 1936 – yilda Selye biologik stressga javob sindromini 
ifodalagandan so’ng stressorga javoban organizmda boshqa nomalum bo’lgan 
bioximiyoviy va strukturaviy o’zgarishlar borligini aniqladi. Uning fikriga ko’ra, 


17 
stress reaktsiyasida asosiy rolni gormonlar o’ynaydi deydi. Adrenalinni ko’p 
ishlab chiqarilishi organizmni stressor ta’siriga birlamchi reaktsiyasidir. Stressni 
ta’siri va ularni darajali ifodalanishida, buyrak usti bezlarini va u ishlab chiqargan 
gormonlar - kortikosteroidlar asosiy vazifani bajaradi. Gans Selye asab tizimidagi 
stressni paydo bo’lishida ishtirok etishini ko’rib chiqmagan, ammo uni ahamiyati 
katta ekanligini tasdiqlagan. Shunday qilib XX asrda juda katta kashfiyotga ta’rif 
berildi, buyrak usti bezlarining kattalashishi, oshqozon ichaklarni yaralanishi kabi 
stressni ob’ektiv belgilari aniqlangan. Bu belgilar boshqa shifokorlar tomonidan 
ham tasdiqlangan, ammo stressni noan’anaviy sindromlari mavjudligi 
aniqlanmagan edi. Selye bu yangi konseptsiyani ifodalab, sindromni aniq yakka 
ko’rinishlarini ko’rsatib berdi. 
Dastlabki ishlarini stressni biologik sistemada barcha o’ziga xos 
bo’lmagan o’zgarishlarni keltirib chiqargan, o’z ichiga qamrab olgan o’ziga xos 
sindrom holatidir deb ta’riflaydi. Keyinchalik esa Selye “Distressiz stress” 
kitobida stressni aniq va to’g’ri ta‟riflaydi. Stress bu organizmni unga 
qo‟yiladigan barcha talablarga, o’ziga xos bo’lmagan javobidir. Selyeni 
“Distressiz stres ” kitobidagi adaptatsion sindrom haqidagi tushunchalarni iloji 
boricha saqlab qolishga uringan. Chunki bu tushunchalarni qisqa, tushunarli va 
aniq ifodalagan. Selye bu haqda 20 dan ortiq monagrafiya va ko’plab maqolalar 
chop ettirgan. Halqaro stress institutini tashkil qilib, ko’p yillar davomida 
boshqarib kelgan Selye ko’p mamlakatlar olimlarini birlashtirgan va stess 
muammolarini yechib, izlanishlar olib borgan, hamda bu sohada ko’p yutuqlarga 
erishgan. Kanadalik olimning nazariyalari tibbiyotning, ilmiy, nazariy 
rivojlanishiga samarali asosiy fundamental hissa qo’shgan. Eksperimental 
laboratoriyalarda mavjud usullar og'ir va murakkab.
Pedagogik amaliyotda bolalarning xatti-harakatlarini kuzatish bilan 
cheklanishi kerak. Ammo xulq-atvor shakli ko'p jihatdan bolaning tarbiyasi 
shartlariga va ozgina darajada uning asab tizimining tipologik xususiyatlariga 
bog'liq. Asab tizimining xususiyatlari, B.M. Teplov, xulq-atvorning hech qanday 
shakllarini oldindan belgilab qo'ymang, balki xatti-harakatlarning ba'zi shakllarini 


18 
shakllantirish osonroq, boshqalari esa qiyinroq bo'lgan asosni tashkil qiladi. 
Shuning uchun faqat yuzaki kuzatishga asoslanib, bolaning xulq-atvoridagi u yoki 
bu xususiyat uning yuqori asabiy faoliyatining tipologik xususiyatlari bilan 
bog'liqligini to'liq aniq aytish mumkin emas. Har doim ikkinchi imkoniyatni - 
uning ta'lim bilan bog'liqligini tan olish kerak. 
Masalan, bolaning o'zini tuta olmasligi qo'zg'alish jarayonining 
ustunligi va oddiygina noto'g'ri tarbiya bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Shuning 
uchun, har bir holatda, bolani uzoq va ehtiyotkorlik bilan kuzatish kerak. 
Faqatgina bolalarning psixologik va fiziologik xususiyatlarini har tomonlama 
o'rganish asosida pedagogik ta'sirlarni optimal tashkil etish mumkin. Pedagogik 
qarovsizlikning sabablarini o'rganishda chet ellik olimlar - S. Braun, D.P. Rayan, 
T.L. Xenderson, J. Xong (ota va onaning alkogolga qaramligi sababli, bolalarni 
ko 'chada qarovsiz yurishi, bolaning oiladan qochishi sababli ota-ona 
huquqlaridan mahrum etish); R. Jolli, R. Gin, D. Xovard, M.V. Mitchell, S. 
Tomas, N. Stanley, L. Xuntreis, E. German, M. Freundlich [3] (homiylik ostidagi 
oilada yetim bolalarning ijtimoiy moslashuvi jarayoni) masalalari yuzasidan 
tadqiqot ishi olib borishgan. 
Hozirgi davr globallashuv jarayonida yetim bolalar va ota-ona 
qaramog'isiz qolgan bolalar hayotini tartibga solishning xorij tajribasi o'ta muhim 
sanalib, bunda bolalar hayotida ijobiy o'zgarishlarga erishish hamda ularni 
jamiyatga moslashib ketishlarida xorijiy tajribani mahalliy ijtimoiy amaliyotga 
tatbiq etish imkoniyatlari va implementatsiya - eng dolzarb vazifalardan 
hisoblanadi. Ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni oilalarga jalb qilish, oiladagi 
tarbiya va uning samaradorligini va bolalarni ijtimoiy himoya qilish muassasalari 
faoliyatini baholash o'ta muhimdir. Bunda yetimlar va ota-ona qaramog'isiz 
qolgan bolalar hayotidagi xorijiy tajriba ichki ijtimoiy amaliyotga tatbiq etiladi, 
aholini ichki ijtimoiy himoya qilish tizimining imkoniyatlari va cheklovlari 
hisobga olinib, shuningdek yetimlar va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalar 
oilalarga muvaffaqiyatli joylashtiriladi. 


19 
Bolalar bilan ishlash ijtimoiy muassasalarining samaradorligini 
oshirishga qaratilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalar 
hayotini jamiyatga moslashtirish asosida xospislarni ochish, murakkab vaziyatga 
tushgan voyaga yetmaganlar uchun maxsus shelterlarni yaratish modelini ishlab 
chiqish ham jamiyatimiz oldida turgan konseptual vazifalardandir.
So'nggi o'n yilliklar ichida pedagogic qarovsizlik bilan 
taqqoslaganda, ijtimoiy qarovsizlikning ko'rsatkichlari doimiy ravishda o'sib 
bormoqda. Uning asosiy sababi -ota-onalarning oilaviy hayotga tayyor emasligi 
hamda qondosh oilasidagi muammo bo'lib, farzandni boqish va unga ketadigan 
sarf-xarajat nuqtai nazaridan boquvi qimmatga tushishi sababli undan voz kechish 
tendensiyasi kuchli. Aslida arzon malakali yordam tizimini, shu jumladan, 
bolaning oilasini saqlab qolishga qaratilgan huquqiy, ijtimoiy, tibbiy, psixologik, 
pedagogik xizmatlar tizimini rivojlantirish orqali yengib o'tish, ijtimoiy yetimlik 
ko'lamini kamaytirish kerak. 
Ushbu holat, shubhasiz, bolalarning ijtimoiylashuvi jarayoniga salbiy 
ta'sir ko'rsatmoqda. Jahon amaliyoti shuni ko'rsatadiki, yetimlarni maktab-
internatlarda saqlash kerakli natijani bermaydi. 
Chet ellik olimlarning fikriga ko'ra, bolalar uyida yashovchi voyaga 
yetmaganlar, an'anaviy oilalarda o'sadigan tengdoshlaridan farqli o'laroq, nafaqat 
jismoniy, aqliy va ma'naviy rivojlanish kechikishlariga ega, balki ularning 
sharoitlariga moslashishga imkon beradigan o'ziga xos xususiyatlarni 
shakllantiradilar. Maktab-internati oiladan ayro holda, jamiyatda yetarli darajada 
moslashishga hissa qo'shmaydi. 
Shu bilan birga, chet el tajribasini o'rganish va qisman mahalliy 
ijtimoiy amaliyotga joriy etish mahalliy yetim bolalarga oilada yashash tajribasini 
to'plash va jamiyatda muvaffaqiyatli moslashish imkoniyatini beradi; ota-ona 
qaramog'isiz qolgan bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy ishlarning jahon 
tajribasi 
mamlakatimizdagi 
ijtimoiy 
yetimlikning 
oldini 
olish 
va 
minimallashtirish uchun ichki birlashgan davlat standartlarini, ijtimoiy xavfli 
vaziyatda bo'lgan oilalar bilan ishlashning innovasion texnologiyalarini ishlab 


20 
chiqish uchun asos bo'lishi mumkin.Hozirgi davr globallashuv jarayonida yetim 
bolalar va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalar hayotini tartibga solishning xorij 
tajribasi o'ta muhim sanalib, bunda bolalar hayotida ijobiy o'zgarishlarga erishish 
hamda ularni jamiyatga moslashib ketishlarida xorijiy tajribani mahalliy ijtimoiy 
amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari va implementatsiya - eng dolzarb 
vazifalardan hisoblanadi. 

Yüklə 278,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin