Biotsenozlar (jamoalar) xaqida tushuncha,Organizmlar orasidagi munosabat tiplpri, turlararo munosabatlar. Biotsenozlar-bu o’simlik, hayvon va mikroorganizmlar populatsiylari guruhidan iborat bo’lib, ma’lum joyda birlikda yashashga moslashgan biologik birlikdir. Jamoa — Ekosistemasining tirik ajralmas qismi bo‘lib, ma’lum bir hududni egallagan, bir-biriga o'zaro ta’sir qo'rsatuvchi populatsiyalar yig'indisi hisoblanadi.
Masalan, emanlar jamoasi yoki shuvoqlar jamoasi deganda ana shu hududlarda yashovchi barcha o‘simliklar va hayvonlami o'z ichiga oluvchi tirik organizmlar jamoasini e’tiborga olib, ularda emanlar va shuvoqlar us- tunlik qiladi. Shu sababli bu jamoalami emanlar yoki shuvoqlar jamoasi deb yuritiladi.
Ekotizimlarning xilma-xilligi va ularning tuzilishi. Produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar – ekotizimlarning funksional birliklari. Ekosistemalar turlari. Tabiatdagi barcha organizmlarning o‘zaro va tashqi muhit bilan bo‘lgan barcha bog‘lanishlari ekotizimni tashkil qiladi. Barcha jonivorlarni va ularni o‘z ichiga olgan funkitsional tizim ekologik tizim deb ataladi. Ekotizimlar organizmlarning oziqlanish darajasiga qarab tabaqalanadi. Talabalar ekologiyada ekotizimni keng funksional birlik sifatida tasavvur qilishlari va bilimlarini shakllantirishlari lozim.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: klaster,Vertushka metodi, bumerang, diologik yondashuv, muammoli ta’lim, nilifar guli, venn diagrammasi, blits,T-sxemasi, o’z-o’zini nazorat. Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4;V1; V2; V4; V5.
Biosfera xaqida ta’limot. Biosfera xaqida umumiy tushuncha. Dars davomida biosferaning asosiy tarkibiy qismlari; V.I.Vernadskiy bo‘yicha tirik modda va uning xususiyatlari; biosferaning eng yuqori va eng quyi chegarasi; biosferaning kosmik roli; biosferada moddaning katta va kichik doirada aylanishi; suvning tabiatda aylanishi; uglerod elementining tabiatda aylanishi; azot elementining tabiatda aylanishi; mintaqa biosferasiga bo‘lgan antropogen ta’sir dinamikasi va boshqalar haqida tushuncha hosil qilishdir.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari:diologik yondashuv, muammoli ta’lim, nilifar guli, venn diagrammasi, klaster,Vertushka metodi, bumerang, blits,T-sxemasi, o’z-o’zini nazorat. Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4;V1; V2; V4; V5.