Tuproq o’z-o’zini tozalash jarayonining ahamiyati, tuproq muhofazasi. Xar kuni, xar soatda tuproqqa tushadigan ko‘p mikdordagi chiqindi axlatlarning tarkibida mikroblar, viruslar, gijja tuxumlari, organik moddalarning chirishi inson xayotining allaqachonlar tugatishi yoki chidab bo‘lmaydigan axvolga solib qo‘yishi mumkin edi. Faqat tuproqda bo‘ladigan juda kuchli o‘z-o‘zini tozalash biologik jarayon tufayli falokatni, xavfli xolatning oldi olinadi. Uning ustiga odamlarning o‘zlari xam zararli chiqindilarni zararsiz xolatga keltirishni borgan sari takomillashtirmoqdalar, ko‘p chiqindilardan chiqadigan xalq xo‘jaligida foydalanish mumkinligi isbotlamoqdalar.
Biologik zaxiralar, ularning ahamiyati va muxofazasi. O‘smliklarning inson hayotdagi o‘rni; tibbiyotda qo‘llanilayotgan o‘simliklarning ahamiyati; o‘simliklarning ekologik guruhlarga bo‘linishi; respublikada o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va antropogen omillar ta’sirida yo‘qolib borayotgan o‘simliklar turlarini tiklash; qizil kitobga kiritilgan o‘smliklarni o‘rganish masalalari bilan talabalarni tanishtiriladi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari:diologik yondashuv, klaster,Vertushka metodi, bumerang, muammoli ta’lim, nilifar guli, venn diagrammasi, blits,T-sxemasi, o’z-o’zini nazorat. Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4;V1; V2; V4; V5.
Maxsus qo‘riqlanadigan hududlar.Alohida muhofaza etiladigan hududlar deganda erlar va suv kengliklari (akvatoriyalar)ning ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, sanitariya sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik qismlari tushuniladi. Alohida muhofaza etiladigan hududlar deb atalashining asosiy sababi shundaki, bu hududlar noyob o‘simlik va hayvonot dunyosini, mineral suvlar hamda tabiat yodgorliklarini saqlash uchun o‘ta ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, sanitariya sog‘lomlashtirish ahamiyatiga egadir. Alohida muhofaza etiladigan hududlar erlari deganda esa davlatning tegishli organlari tomonidan qonunda belgilangan tartibda tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya, tarixiy-madaniy maqsadlar uchun ajratib berilgan er maydonlari tushuniladi.
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan foydalanish va muhofaza etish maqsadlari davlat qo‘riqxonalari, milliy bog‘lar, botanika bog‘lari, kurortlar, zakazniklar va boshqalarning Nizomlarida belgilangan bo‘ladi. SHundan kelib chiqqan holda alohida muhofaza etiladigan hududlar erlarining huquqiy holatidagi o‘ziga xos xususiyatlarni quyidagilarda ko‘rish mumkin.