05-Chilangarlik ma`ruzalar matni



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/79
tarix20.04.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#100889
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79
egish kesish

Ma`ruza № 7 
Mavzu: Dastakli qaychi bilan qirqish 
Reja: 
 7.1. Umumiy ma`lumotlar 
 7.2. Dastakli qaychi bilan qirqish 
 7.3. Mehnat xavfsizligi 
Tayanch iboralar: List,taxta, qaychi, egish, quvurlarni razvalsovkalash
 , 
zagatovka, gira, bolg`aegish ishlarini mexanizatsiyalash, qirqish, dastakli 
qaychi bilan qirqish. 
7.1. Umumiy ma`lumotlar 
Materialning bir qismini zagotovkadan (metall list yoki po`lat va h.k.) ajratish 
jarayoni qirqish deb ataladi. Qirqish jarayoni qirindi chiqarib yoki qirindisiz 
bajarilishi mumkin. 
Qirindi chiqarib qirqish tokarlik vintqirqar dastgohlarda, chilangarlik 
arralarida yoki gazelektr payvandlash asboblarida bajariladi. Profilli metall, 
silindrsimon degal zagotovkalari qo`larra bilan qirqiladi. Arraning qirquvchi qismi 
U 10A va X 6 VF rusumli po`latdan tayyorlanadi. Mexanik va chilangarlik 
qaychilarida metallni qirindi chiqarmasdan qirqish mumkin, bunda material 
qaychining yuqori va pastki tig`lari orasiga qo`yiladi (109--rasm). 
Yuqorigi keskich tig` metallga botib uni qirqadi. 
Shuni yodda tutish lozimki, material qancha qattiq 
bo`lsa, tig`ning o`tkirlik burchagi a shuncha katta 
bo`lishi, ya`ni yumshoq metallar uchun (mis va b.) 65°, 
o`rtacha qattiqlikdagilari uchun 70°—75°, qattiqlari 
uchun 
80°—85° 
bo`lishi 
kerak. 
Ishqalanishni 
kamaytirish maqsadida tig`ning orqa burchagini 
a=1,5°—3° burchakostida o`tkirlanadi. 
7.2. Dastakli qaychi bilan qirqish 
Oddiy dastakli qaychilar 0,5—1 mm qalinlikdagi rangli metallarni qirqish 
uchun qo`llaniladi. Ularning qirquvchi tig`lari to`g`ri va egri shaklda 
tayyorlanadi (110-rasm, a). Kesuvchi tig`larning joylashishi bo`yicha o`ng va 
chap qaychilar bo`lishi mumkin. O`naqay qaychi kesuvchi elementidagi 
chig`iriq o`ngtomondan, chapaqay qaychida esa chap tomondan chigirilgan 
bo`ladi. 
O`naqay kaychi bilan materialni chap chetvdan soat mili yo`nalishila 
qirqiladi, bunda zagotovkadagi reja izlari doimo ko`rinib turadi (I Yu-rasm, y). 
Chapaqay qaychida materialni o`ng chetidan soat yo`nalishig`a qaramaqarish 
yo`nalishda qirqish mumkin (110-rasm, v). 
Bunday qaichi bilan k,irqishda materialni buklab reja izlarini doimo 
nazorat qilib turish chilangarga noqulay. Shuning uchun listlar to`g`ri chiziq 
yoki egrilik (aylana) bo`yicha o`naqay qaychilar bilan qirqiladi. 
Qaychilarning uzunligi 200, 250, 320, 360 va 400 mm, kesuvchi tig`i 
sharnirgacha 55—65, 70—82, 90—105, 100—120 va 110—130 mm bo`ladi. 


35 
111-rasmda qaychini o`ng qo`lning to`rtga barmog`i bilan kaftga qisib, u 
bilan metallni qirqish ko`rsatilgan. 
To`g`ri chiziq ostida qirqishda qo`l qaychilaridan foydalaniladi. Bu holda 
listni qaychining bitta dastasini giraga qisib, ikkinchi dastasini bosib 
qirqiladi (112-rasm, a). 
Sanoat qaychisi o`zining kattaligi bilan oddiy qaychilardan ajralib turadi. 
Bunday qaychi bilan 3 mm. gacha qalinliqdagi listlarni qirqish mumkin. 
Qaychining ostki dastasi giraga yoki yog`och asosga mahkam qisib qo`yiladi 
(112-rasm, b, v). 
Stol qaychilariningunumdorligi kam. Shuninguchun katga partiyadagi 
zagotovkalarni qirqishda ulardan foydalanilmaydi. 
Kichik o`lchamli kuchaytirilgan qaychilardan diametri 2,5 mm.gacha 
bo`lgan simlarni qirqishda foydalaniladi (113-rasm). Ularning o`lchamlari 
oddiy qaychining o`lchamidan katta emas. Qaychi dastasini giraga qisib 
dastani harakatga keltirish bilan metall qirqiladi. Ishchi dasta ikkita ketma-ket 
birikkan richaglar tizimidan iborat. Qaychining pichoklarini almashtirish, ular 
bilan diametri 8 mm. gacha bo`lgan simlarni kesish mumkin. 
Richagli qaichilar qalinligi 4 mm. gacha bo`lgan po`lat, 6 mm. gacha 
qalinlikdagi alyumin va jez listlarni qirqishda qo`llaniladi (114-rasm). 
Yuqoridagi sharnir usulida mahkamlangan pichoq (2) richag orqali 
harakatga keltiriladi, ostkisi harakatlanmaydi. Pichoqlar U8 rusumli po`latdan 
tayyorlanib, HRC
3
52—60 qattiklikkacha toblangan, kesuvchi qirralarining 
o`tkirlik burchagi 5°—8,5°. Asbobni ishlatishdan avval ishqalanuvchi qismlar 
orasida moyning borligi, richagning erkin yo`li, qirquvchi pichoklar orasidagi 
tirqishlar tekshirilishi kerak. Metallni qirqishda o`ng qo`l bilan richag dastasi (1) 
tik holatga keltiriladi, bu bilan yuqoridagi pichoqham ko`tariladi. Shundan 
keyin dastgohga zagotovka list (3) ko`yiladi.


36 
Jodi qaychi keng tarqalgan bo`lib, undan 1,5—2,5 mm 
qalinlikdagi listlarni (po`lat, dyuralyumin va b.) qirqishda 
foydalaniladi (115-rasm). Jodi qaychi cho`yandan yasalgan 
stanina (1) va stoldan (2) iborat. Kdychi sgsshiga quzg`almas 
pichoq (7) o`rnatilgan. Yuqoridagi pichoqning (4) egri 
chizikdi 
kesuvchi 
tig`i 
pichoq 
ushlagichga 
(5) 
mahkamlangan bo`lib, u muvozanatlagichga (6) ega. Listni 
(3) kesish vaqtida uni yonlama tirgakka (8) jips qo`yib, 
keskichli dastani pastga bosiladi, natijada list qirqiladi. 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin