Kerakli jihozlar: Anfimov jadvali, marker, qog`oz, sekundomtr.
Nazariy qism. Odamning ishqobiliyati katta yarim sharlar po‘stlog‘ining faoliyati hisoblanadi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya jarayoning gigienik asosini charchash va toliqishni oldini olish va kamaytirish hisoblanadi. O‘quvchilarning o‘qish,ta’lim olish jarayoni birinchi navbatda nerv sistemasiga ta’sir ko‘rsatadi. Keyinchalik ma’lum bir yuk organizm muskul sistemasiga va boshqa sistemalarga o‘tkaziladi.Aqliy mehnat bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i hujayralarining faoliyati natijasidir. Shuning uchun zo‘riqib aqliy mehnat qilganda bosh miyaning nerv hujayralari holdan toyadi, odam qattiq charchab qoladi. Ortiqcha yuk organizm faoliyatining va tashqi muhit bilan aloqasining buzilishiga sabab bo‘ladi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘i bilan tashqi muhit o‘rtasidagi o’zaro aloqalarning buzilishi fiziologiyada charchash deb ataladi. Charchashda miya to‘qimasi hujayralarining va butun organizm ishqobiliyatining vaqtinchalik pasayishi kuzatiladi. Charchash miya hujayralarining tormozlanishidir. Charchash diqqatning chalg‘ishi, bo‘shashish, uyquchanlik bilan namoyon bo‘ladi.Charchashning oldi olinmasa,toliqishga o‘tadi, bunda bolaning boshi og‘riydi, aylanadi, ishtaha pasayadi yoki odam juda ta’sirchan bo‘lib qoladi, uyqusida gapirib chiqadi, uyg‘onib ketadi va hokazo. Dars miyaga yaxshi kirmaydi, ma’lumotlar esda qolmaydi. Toliqish ko‘pincha o‘quv nagruzkasi ortib ketganda, kun tartibi buzilganda, bola sof havoda kam bo‘lganda kuzatiladi. Charchash toliqishga olib keladi. Toliqishning rivojlanishi bevosita markaziy nerv sistemasidagi ya’ni nerv impulslarning sinapslar orqali o‘tkazilishidagi buzilishlar natijasida yuzaga keladi.
Toliqishning yuzaga kelish tezligi nerv sistemasining holatiga bog‘liq bo‘lib, nerv impulslarining chastotasiga va yukning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.Qiziqarsiz yoki zerikarli ishlar toliqishni tez hosil bo‘lishiga olib keladi.
Toliqish bu fiziologik jarayon bo‘lib, vaqtinchalik miya hujayralari faoliyatining buzilishi hisoblanadi. Fiziologik nuqtai-nazardan toliqish tormozlanishning oxirgi darajasi hisoblanadi. Shuningdek, toliqish dastlab katta yarim sharlar po‘stlog‘ini, keyinchalik, nerv sistemasining quyi guruhlariga tarqalib odam organizmini kuchsizlantirib boradi.
Agarda vujudga kelayotgan charchash dam olish bilan o‘zgartirilmasa, nerv hujayralarining normal holatga keltirilmasa u holda charchash toliqishga olib keladi.Toliqish odam organizmi uchun kasallik hisoblanib, hujayralar funksional holatining buzilishi natijasida yuzaga keladi. Toliqishda organizmda uyqu jarayonining buzilishiga, ishtahaning yo‘qolishiga va bosh og‘rig‘i, bo‘layotgan voqealarga e’tiborsiz bo‘lib qolishiga, xotiraning va diqqatning pasayishiga sabab bo‘ladi. Bu o‘z navbatida bolalarning o‘qish jarayonining pasayishiga olib keladi. Uzoq davom etgan toliqish organizmning turli tashqi ta’sirlariga qarshi kurashishni kamaytiradi, shuningdek, kasalliklarga ham. Toliqish jarayoni bolalarda va o‘smirlarda o‘quv jarayonini va sinfdan tashqari ishlarni noto‘g‘ri tashkillashtirilishi natijasida yuzaga keladi. Shuningdek,kam uxlash, ochiq havoda dam olmaslik, noto‘g‘ri ovqatlanish ham sabab bo‘ladi.
Ishchanlik qobiliyati deganda, biror ishni uzoq muddat sifatini buzmasdan bajarish tushiniladi.Ishchanlik qobiliyati har bir odamda turlicha bo‘ladi va yoshga, sog‘liqqa, quvvatga, ruh-kafiyatga, ish tajribasiga,mashq qilishga, jamoa, oiladagi o‘zaro munosabatlarga, ishga mas’ulyat bilan qarashga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Ishchanlik qobiliyati kun hafta davomida o‘zgarib turadi. Uquvchi uyqudan turganda ishchanlik qobiliyati uncha yuqori bo‘lmaydi organizm asta-sekin ish qobiliyatiga o‘tadi. Ish bajarish jarayonida asta ortib, ma’lum cho‘qqiga yetadida va shu holatda saqlanib turadi, keyin susaya boradi. Odam o‘z vaqtida dam olmay ishlaversa, qattiq charchab qoladi. Bu organizm funksiyalariga ayniqsa nerv sistemasiga ta’sir qiladi. Natijada odamning kayfiyati yo`qoladi. Ishga qiziqish kamayadi , iichanlik qobiliyati pasayadi. Aqliy charchash jismoniy charchashga qaraganda zararlidir.
Hozirgi paytda odamning aqliy qobiliyatini tekshirishda korrektura usullaridan foydalanilmoqda. Buning uchun ko`pincha, Anfimov yoki Burdon jadvallari ishlatiladi. Jadvallardagi harflarni xotirada eslab qolish amaliy jihatdan mumkin emas. Shuning uchun ham ushbu jadvallar odam diqqatini aniqlash orqali odamni aqliy qobiliyatini aniqlash mumkin.
Hozirgi vaqtda AIQ ni aniqlash uchun korreksiyalovchi jadvaldan (Anfimov jadvali) keng foydalaniladi. Bu jadval bilan ishlash aniqlik, tezlik va diqqatni bir joyga jamlashni talab qiladi. Tajriba davomida ishni sifat va miqdor jihatlari baholanadi. Quyidagi formulalar yordamida tajriba natijalari aniqlanadi.
|
А- aniqlik koeffisienti,
М- o`chirilgan harflar soni,
Н –ko`rilgan harflar soni,
|
Р=А×С
|
Р – АIQ koeffisienti,
С – ko`rilgan umumiy harflar soni
|
Dostları ilə paylaş: |