SISTOLIK VA DIASTOLIK BOSIMNINGYOSHGA
XOS O‘ZGARISHLARI
2.20-jadval
|
Yoshi
|
Sistolik
Bosim
|
diastolik bosim
|
|
5 yosh
|
83
|
50
|
|
7 yosh
|
87
|
52
|
|
8 yosh
|
88
|
52
|
|
9 yosh
|
90
|
53
|
|
10 yosh
|
91
|
54
|
|
11 yosh
|
98
|
60
|
|
12 yosh
|
103
|
60
|
|
13 yosh
|
107
|
61
|
|
14 yosh
|
109
|
62
|
|
15 yosh
|
110
|
62
|
|
16 yosh
|
113
|
72
|
|
18 yosh
|
115
|
70
|
|
19-20 yosh
|
117
|
69
|
|
20-45 yosh
|
122
|
73
|
|
45-50 yosh
|
124
|
76
|
|
50-55 yosh
|
127
|
76
|
|
55-60 yosh
|
129
|
76
|
|
60-75 yosh
|
135
|
77
|
BOLALAR ARTERIAL BOSIMININGJINSIY
FARQLARI 2.21-jadval
|
|
Jins
|
yosh
|
|
|
7-8
|
9-10
|
11-12
|
13-14
|
15-16
|
|
O‘g‘il bolalar
|
88 / 52
|
91 / 54
|
103 / 60
|
108 / 61
|
110 / 62
|
|
Qiz bolalar
|
87 / 52
|
89 / 53
|
94 / 60
|
106 / 62
|
108 / 62
|
|
50 yoshdan keyin maksimal bosim 130-145 mmga cha oshishi mumkin.
2.22-jadval
Qonning sistolik va minutlik hahmi 7 - 15 yosh.
|
Yosh.
|
Qizlar
|
O`g`il bolalar
|
( g)
|
Sh ( ml)
|
QMH ( l/min)
|
Sh ( ml)
|
QMH ( l/min)
|
7
|
32
|
2,9
|
32
|
2,8
|
8
|
34
|
2,9
|
38
|
2,8
|
9
|
36
|
3
|
38
|
2,9
|
10
|
38
|
3,2
|
39
|
3,1
|
11
|
44
|
3,4
|
50
|
3,8
|
12
|
47
|
3,8
|
53
|
4
|
13
|
47
|
3,7
|
56
|
4,2
|
14
|
57
|
3,8
|
64
|
4,3
|
15
|
59
|
3,9
|
64
|
4,5
|
Ishni bajarish tartibi:
Jismoniy yuklamaning yurak-qon tomir faoliyatiga ta’sirini o‘rganish.
Qon bosimi Korotkov usuli orqali aniqlanadi. Korotkovning auskultatsiya (eshitish) usuli bilan nafaqat sistolik, balki diastolik bosim ham aniqlanadi.Bu usul manjetkadagi bosim sistolik bosimdan past, lekin diastolik bosimdan yuqori bo’lgandagina, arteriyaning qisilgan joyidan pastroqda eshitiladigan tovushlarning paydo bo’lishi (yoki tomir tonlari)ga asoslangan. Sistola vaqtida arteriya ichidagi yuqori bosim manjetka ichidagi bosimdan katta bo’lib, manjetkadagi bosimni yenga oladi va arteriya teshigi ochiladi va qonni o’zidan o’tkaza boshlaydi. Diastola vaqtida tomirdagi bosim pasayganda, manjetkadagi bosim arterial bosimdan yuqori bo’lib, arteriya qisiladi va qon oqimi to’xtaydi. Sistola davrida qon bosimi manjetkadagi bosimdan yuqori bo’lib, katta tezlik bilan avvalgi qisilgan uchastkalar bo’ylab oqa boshlaydi va manjetkadan pastroqda arteriya devorchasiga urilib, tovushlar paydo bo’lishini chaqiradi.
Jismoniy mashqni qon aylanishga ta’sirini aniqlash uchun tekshiriluvchining pulsi, nafas soni, qon bosimi o‘lchanadi.
1.Qonning minutli va sistolik, diastolic bosimini aniqlash
Qonning sistolik va minutli hajmini aniqlashda Starr formulalaridan foydalaniladi.
MOK = SO*CHSS, ,e CHSS – yurak qisqarishlar chastotas minutdagi puls hisoblanadi)
Kattalar uchun
kqQSH=[(101+0.5*PB)-(0.6*DB)]-0.6*A
Bu yerda
PB-puls bosim
DB-diastolik bosim
A-tekshiriluvchining yoshi
Puls bosimi
PB=SB-DB
PB-puls bosimi
SB-sistolik bosimi
DB- diastolik bosim
QMH (l/min.)=QSH(ml)*YUQCH(puls/min)
Bu yerda
QSH(ml)-qonning sistolik hajmi ;
YUQCH(puls/min)-yurakning qisqarishlar soni
(puls sanaladi);
Bolalar qon bosimi
12-oylik
90-112 maximal bosim;
50-74 minmal bosim;
2-3-yosh
100-112 maximal bosim;
60-74 minmal bosim;
5 yosh
100-114 maximal bosim;
60 -74 minimal bosim;
1 yoshgacha bolgan bolalar uchun (76+2n) n;
n-oy soni;
1 yoshdan katta bolalar uchun (90+2n) n-yil soni;
n-yil soni;
1 yoshdan kattalar uchun mayor;
105+2n maximal bosim;
75+2n minimal bosim;
Bolalar yuragidan chiqadigan qon miqdori;
SH = {(40 + 0,5*PB) - (0,6*DB)} + 3,2*A;
3. Olingan ma’lumotlar yozib qo‘yiladi, so‘ng 1 minutda o`ng qo`lning 4 ta barmog`ini tekshiriluvchining bilak arteriyasi sohasiga qo`yib, tomirning eng aniq urayotgan joyi aniqlanadi. Shundan so`ng bir daqiqa davomida pul`s – yurak urishining soni aniqlandi. Arterial pul`sning bir minutlik sonini uch marotaba aniqlanadi va o`rtachasi hisoblanadi (sog`lom odamda pul`slar soni bir inutda o`rtacha 72– 85 ta).martta turib o‘tirgandan so‘ng qaytadan puls, qon bosimi, nafas soni o‘lchanadi. Tinch holatdagi va jismoniy zo`riqishdan keying natijalarni solishtiriladi.
Qon bosimini o’lchash usullari
Sfigomanometr bilan tanishing.
Odam sfigomanometr bilan minimal va maksimal qon bosimlarini aniqlang.
Natijalarni jadvalga yozing.
Ma’lum turlar uchun fiziologik norma bilan natijalarni solishtiring, xulosa qiling. (ko’tarilgan, tushgan,norma).
2.12-rasm. Qon bosimini o`lchash asboblari.
O`PKANING TIRIKLIK SIG`IMINI O`LCHASH
Ishdan maqsad: O’pkaning tiriklik sig’imini aniqlanadigan spirometr bilan tanishish va o’pkaning tiriklik sig’imini o’lchash usulini o’rganish.
O`quv jihozlari: Spirometr, spirt, paxta
Nazariy ma`lumotlar. Odam normal nafas olganda, o’pkaga 500-600 ml. havo kiradi va shuncha havo tashqariga chiqadi. Bu havo nafas olish havosi deyiladi. Normal nafas olingandan keyin, 1500 ml. havo olish mumkin. Bu qo’shimcha havo deyiladi. Shuningdek, normal nafas chiqarilgandan keyin yana 1500 ml. havo chiqarish mumkin. Bu havo zapas yoki rezerv havo deyiladi. Chuqur nafas chiqarilgandan keyin chuqur nafas olinganda o’pkaga kirgan havo miqdori o’pkaning tiriklik sig’imi deyiladi.
O’pkaning tiriklik sig’imi nafas olish havosi, qo’shimcha va rezerv havo yig’indisi (500+1500+1500) dan iborat bo’lib, u o’rtacha 3500 ml. ga teng. O’pkaning tiriklik sig’imi kishining jinsiga, yoshiga, kasbiga va sog’lig’iga qarab o’zgarib turadi. Qanchalik chuqur nafas chiqarilmasin, o’pkadagi havoning hammasi batamom chiqib ketmaydi; uning bir qismi o’pkada qoladi. Bu havo qoldiq havo deyiladi; uning miqdori taxminan 1000 ml. ga teng bo’ladi. O’pkaning tiriklik sig’imini o’lchash uchun spirometrdan foydalaniladi. Spirometr ikkita silindirdan tuzilgan bo’lib, uning kattasiga suv to’ldirilgan, kichigi esa katta silindir ichiga kritilgan. Kichik silindir katta silindir ichida oson harakatlanishi uchun uning yuqorigi berk tomoni tosh osilgan ip orqali g’altakka birlashtirilgan. Katta silindr tubining o’rtasiga temir naycha o’rnatilgan bo’lib, uning yuqoridagi uchi silindrdagi suvdan bir oz ko’tarilib, turadi, ikkinchi uchi esa silindir tagidan tashqariga chiqarilib, rezina naycha bilan birlashtirilgan. Agar rezina naycha orqali havo puflansa, kichik silindir yuqoriga ko’tariladi, kirgan havo miqdorini shkalaga yozilgan raqamlardan bilish mumkin.
Ishni olib boorish tartibi:
O’pkaning tiriklik sig’imini o’lchash:
Buning uchun spirometr strelkasini nolga to’g’irlab, uning rezina naychasining uchi spirt bilan artiladi va odatdagicha nafas olib, rezina naycha orqali spirometr ichiga nafas chiqariladi.
Spirometr ichiga nafas chiqarishni bir necha marta takrorlab, o’pkadan chiqarilgan havoning o’rtacha miqdori topiladi.
Masalan: spirometrga 6 marta nafas chiqarish natijasida strelka 3000 ml. ni ko’rsatsa, u vaqtda o’rtacha nafas chiqarish havosining miqdori ml. ga teng bo’ladi.
Qo’shimcha havo miqdorini aniqlash:
Buning uchun kichik silindrni yuqoriga ko’tarib, uning strelkasi ma’lum raqamga to’g’rilanadi.
Keyin normal nafas olib (nafas chiqarmasdan), tezda spirometr naychasini og’izga tutib, spirometrdan chuqur nafas olinadi.
Bu vaqtda spirometr strelkasi pastga tushib, ma’lum bir raqam ro’parasida to’xtaydi. Shu yo’l bilan o’pkaga qancha qo’shimcha havo kirganligi aniqlanadi.
Masalan: chuqur nafas olunguncha strelka 3000 ml. ni, nafas olingandan keyin 1500 ml. ni ko’rsatsa, bu vaqtda o’pkaga kirgan havo miqdori 3000 – 1500 = 1500 ml. ga teng bo’ladi.
Rezerv havo miqdorini aniqlash:
Buning uchun spirometr strelkasini nolga qo’yib, oddiy nafas havosi tashqariga chiqariladi va nafas olmasdan turib, rezina naycha orqali spirometr ichiga kuchli nafas chiqariladi.
Bu vaqtda strelka ko’rsatgan raqam rezerv havo miqdorini bildiradi.
Nafas olish, qo’shimcha va rezerv havo miqdorini quyidagi jadvalga yozib, o’pkaning tiriklik sig’imi topiladi.
2.23-jadval.
Havo sig’imi
|
Havo miqdori
|
Nafas olish havosi
|
500
|
Qo’shimcha havo
|
1500
|
Rezerv havo
|
1500
|
O’pkaning tiriklik sig’imi
|
3500
|
|
|
O’pkaning tiriklik sig’imini o’lchash uchun nafas olib, spirometrga kuch bilan nafas chiqariladi.Bunda spirometr strelkasi to’xtagan joydagi raqam o’pkaning triklik sig’imini ifodalaydi.
O’pkadagi qoldiq havo miqdorini aniqlash:
Buning uchun mumkin qadar chuqur nafas chiqariladi.
So’ngra ma’lum miqdorda vodorod solingan haltadan bir necha marta nafas olinadi va oxirida shu xalta ichiga chuqur nafas chiqariladi.
Bunda xaltadagi vodorodning bir qismi o’pkaga o’tadi, shu vodorod miqdori o’pkadagi qoldiq havo miqdorini ko’rsatadi.
Masalan: xaltada 4000 ml. vodorod bo’lsin. Bu xaltadan bir necha marta nafas olinsa ham, uning hajmi o’zgarmaydi, chunki qancha vodorod olinsa, shuncha havo o’pkadan xaltaga chiqariladi. Bunda faqat xaltadagi havoning tarkibi o’zgaradi. Agar xaltada 3000 ml. vodorod va o’pkadan kirgan 1000 ml. havo bo’lsa, u vaqtda 1000 ml. vodorodga 330 ml. o’pka havosi to’g’ri keladi. Bunday vaqtda o’pkaga o’tgan 1000 ml. vodorodga 330 ml. havo to’g’ri keladi. Shunday qilib, o’pkadagi qoldiq havo miqdori: 1000 + 330 = 1330 ml. bo’ladi.
Nazorat uchun savollar:
O’pkaning tiriklik sig’imi nima va uning o’rtacha hajmi erkaklar hamda ayollarda nechaga teng?
Nafas olish, qo’shimcha va rezerv havo deb qanday havoga aytiladi va ularning miqdorini qanday aniqlash mumkin?
Qoldiq havo deb nimaga aytiladi?
Topshiriqlar
1. 1 minutdagi arterial pul`singizni sanang va jadvalni to`ldiring
1 minutdagi arterial pul`slar soni (normal 72– 85ta)
|
Jismoniy yuklamadan so`ng
|
1- marta
|
2- marta
|
3- marta
|
O`rtacha
|
guruh o`rtachasi
|
shaxsiy
|
guruh o`rtachasi
|
|
|
|
|
|
|
|
1.2. Spirometr yordamida o`pkaning tiriklik sig`imi o`lchab jadvalni to`ldiring va normaga solishtiring.
Havo turi
|
Havo miqdori (ml)
|
Natija
|
norma (o`rtacha)
|
Nafas olish havosi
|
|
500
|
Qo’shimcha havo
|
|
1500
|
Rezerv havo
|
|
1500
|
O’pkaning tiriklik sig’imi
|
|
3500
|
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: Tekshirish natijalarini daftaringizga yozing. Jadvalni to`ldiring.Yuqoridagi topshiriqlar asosida xulosalaringizni yozing
Ko`rish o`tkirligi va ko`rish maydonini aniqlash.
Ishdan maqsad: Ko`rish o`tkirligini Golovin jadvali orqali aniqlashni o`rganish.
Kerakli jihozlar: Golovin jadvali, metr, ko`rsatkich
Nazariy qism:
Ko`rish o`tkirligi deb, ko`zning 2 ta nur chiqayotgan nuqtani alohida ko`rish qobiliyatiga aytiladi. Normal ko`z 2 ta nur chiqarilayotgan nuqtani 1° burchak ostida alohida ko`rish qobiliyatiga ega. 2 ta nuqtani alohida ko`rish, bu ko`rish, bu ikkita qo`zg`algan ko`zacha o`rtasida eng oz bitta kuzacha qo`zg`algan bo`lishi bilan bog`langan. Ko`zachaning diametri 3 mk bo`lib, 2 ta nuqtani alohida ko`rish uchun bu 2 ta nuqtaning tasviri to`r qavatda 4 mk dan oz bўlmasligi kerak va shunda tasvir kattaligi ko`rish burchagi 1° bo`lganda bo`ladi. Shuning uchun ham 2 ta nur chiqarayotgan nuqtalar ko`rish burchagi osti 1° dan past bo`lganda ko`rilsa, nuqtalar qo`shilib ketadi.
Golovin jadvali
2.6-rasm. Ko’rish o’tkirligini aniqlash jadvali.
Ishning borishi: Ko`rish o`tkirligini aniqlash uchun 12 qatorda joylashgan harfli belgidan iborat standart jadvaldan (Golovin jadvalidan) foydalaniladi. Harflar kattaligi yuqoridan pastga tushgan sayin kichrayib boradi. Har bir qator yonidagi son ko`rish burchagi osti 1° bo`lganda, normal ko`zning shu qatordagi harflarni alohida ko`rishi kerak bo`lgan masofani ko`rsatadi. Jadval yaxshi yoritilgan devorga osiladi (yorug`lik 10 lyuksdan kam bo`lmasligi kerak) yoki qo`shimcha elektr lampasi bilan yoritiladi.
Tekshiriluvchi jadvaldan 5 metr uzoqlikdagi kursiga o`tkaziladi va bitta ko`zi maxsus moslama (shit) bilan berkitish taklif qilinadi. Tekshiruvchi ko`rsatkich tayoqchada tekshiriluvchiga harflarni ko`rsatib, ularning nomini aytishni suraydi. Aniqlash yuqori qatordan boshlanib, eng pastdagi qator topiladi va tekshiriluvchi tomonidan 2-3 s davomida harflarni aniq va ravshan ko`rib, nomini aytish so`raladi. Qaysi qatorda xatolik bo`lgan bo`lsa o`sha qator inobatga olinmaydi, undan bitta yuqoridagi qator hisoblanadi. Keyin formula asosida ko`rish o`tkirligi (visus) hisoblab chiqiladi:
Ko`rish o`tkirligi quyidagi formulaga asosan hisoblab chiqariladi:
;
bunda - -ko`rish o`tkirligi, а-tekshiriluvchi bilan tablisa o`rtasidagi masofa, -normal ko`z sh qatordagi harflarni aniq ko`rishi kerak bo`lgan masofa. Shundan keyin ikkinchi ko`zning ko`rish o`tkirligi aniqlanadi.
Topshiriqlar
Golovin jadvali asosida olingan ma'lumotlarni qayd eting.
Ko`z
|
Jadval va tekshiriluvchi orasidagi masofa
|
Korilgan qator
|
Qator yonida yozilgan masofaа
|
Ko`z o`tkirligi
|
O`ng ko`z
|
|
|
|
|
Chap ko`z
|
|
|
|
|
Nazorat savollari
Ko`rish o`tkirligi bu…..
Golovin jadvali va perimeter asbobidan qanday foydalaniladi.
Ko`rish o`tkirligini formula asosida hisoblab chiqing.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: Tekshirish natijalarini jadvalga yozing. Xulosa hisobotlari yoziladi.
Ko`rish maydonini aniqlash
Ishdan maqsad: ko`rish maydonini perimetr asbobi orqali aniqlash texnikasini o`rganish.
O`quv jihozlari: Perimetr, yarim sharlar proeksiyasining aksi, qalam, rangli markalar, chizg`ich, qog`oz.
Nazariy tushuncha;
Ko`z bir nuqtaga qarab turganda, atrofdagi ko`zga ko`rinayotgan maydoni, ko`rish maydoni deb ataladi. Odamlarda ko`rish maydon har xil bo`lib, bu ko`z formasiga, uning joylanish chuqurligiga, qosh va burunning shakliga hamda to`r qavatning funksional holatiga bog`liq rang (xromatik) va rangsiz ko`rish maydoni farqlanadi. Axromatik ko`rish xromatik ko`rish maydonidan katta bo`ladi, chunki axromatik ko`rish to`r qavatning asosan chet (periferik) joylashgan tayoqchalarning faoliyati bilan bog`langan har xil ranglar uchun ko`rish maydoni bir xil bo`lmay, balki sariq rang uchun eng katta, yashil rang uchun esa eng tor.
Axromatik ko`rish maydonining chegarasi quyidagicha: tashqaridan - 100° gacha, ichki va yuqoridan — 60° va pastdan - 65°.
2.7-rasm. Ko`rish maydoni.
2.8-rasm. Ko`rish maydonini aniqlash grafigi.
Axromatik va xromatik ko`rish maydonining penmetrik surati. Shartli belgilar: 1) oq-qorani ko`rish maydoni; 2) sariq rang uchun ko`rish maydoni; 3) ko`k rang uchun ko`rish maydoni; 4)qizil rang uchun ko`rish maydoni; 5) yashil rang uchun ko`rish maydoni.
Ishning borishi: Ko`rish maydoni Forster perimetri yordamida aniqlanadi. Perimetr yorug`lik qarshisiga o`rnatiladi. Tekshiriluvchi yorug`likka nisbatan orqa tomoni bilan o`tirgach, perimetr shtativining uyilgan joyiga iyagini qo`yadi. Agar chap ko`zning ko`rish maydoni aniqlanadigan bo`lsa, iyak taglik (podstavka)ning o`ng qismiga qo`yiladi. Taglikning balandligi shunday boshqariladiki, bunda ko`z kosasining pastki chegarasi shtativning yuqori chegarasiga to`g`ri keladi. Tekshiriluvchi nigohi perimetr markazidagi oq nuqtaga qaratilgani holda, ikkinchi ko`z qo`l bilan yopilishi kerak.
Perimetr yoyi gorizontal holatga qo`yilib, o`lchash boshlanadi. Buning uchun oq marka yoyning ichki yuzasi bo`ylab 90° dan 0° ga tomon sekin olib kelinadi va tekshiriluvchi oq nuqtaga qarab turgani holda markani ko`rayotganini aytish kerak. Tekshiruvchi to`g`ri kelgan burchakni aniqlab, ikkinchi marta yana tekshiradi. Ko`zning qancha-ko`p meridiani bo`yicha ko`rish maydoni aniqlansa, shuncha u aniq bo`ladi.Bu usulni egallab olish uchun 2 ta asosiy meridian: gorizontal (tashqi, ichki) va vertikal (yuqori, pastki) bo`yicha aniqlash bilan chegaralanish mumkin.
Oq marka rangli markaga almashtirilib, yuqoridagi usulga asosan rang ko`rish maydoni aniqlanadi va tekshiriluvchi faqat markani ko`rmasdan, balki uning rangini ham aniq bilishi kerak. Ko`rish maydonini ko`k yoki bir necha ranglarda aniqlash mumkin.
Ko`rish maydonining chegaralari
Yo`nalishi
|
Ko`rish maydonining oq rangga
|
Gradusdagi kattaligi yashil rangga
|
Yuqoridan
|
|
|
Pastdan
|
|
|
Tashqaridan
|
|
|
Ichkaridan
|
|
|
Olingannatijalargaasoslanib, 2 taranguchunko`rishmaydoninichizing, oqvayashilranglaruchunko`rishmaydoninitaqqoslangvaularo`rtasidagifarqlarsababinitushuntiring.
Nazorat savollari.
Ko`rish maydoni deb nimaga aytiladi?
2. Axromatik ko`rishni xromatik ko`rishdan farqi?
3. Ko`rish maydoni qanday asbob yordamida aniqlanadi?
4. Odamlarda ko`rish maydoni nimalarga bog`liq?
Perimetr asosida olingan ma'lumotlar asosida jadvalni to`ldiring va grafigini chizing.
Ko`z
|
Oq rangli plastinka
|
Sariq rangli plastinka
|
Yashil rangli plastinka
|
Burun tomon
|
Tashqi yon tomon
|
Yuqori
|
Past
|
Burun tomon
|
Tashqi yon tomon
|
Yuqori
|
Past
|
Burun tomon
|
Tashqi yon tomon
|
Yuqori
|
Past
|
O`ng ko`z
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Chap ko`z
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
O`ng ko`z Chap ko`z
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: Tekshirish natijalarini jadvalga yozing. Xulosa hisobotlari yoziladi.
Dostları ilə paylaş: |