1 -m a V z u : o n t o L o g I y a V a g n o s e o L o g I y a h a q id a m a u m o t. B IL is h V a u n in g a h a m iy a t I reja



Yüklə 26,32 Kb.
səhifə4/5
tarix01.06.2022
ölçüsü26,32 Kb.
#60262
1   2   3   4   5
epistomologiya emperik bilish (1)

Empirik bilish. Empirik bilishga asoslangan bilish 
y o‘nalishi empirizm sanaladi. Bu y o‘nalish bilishning ya- 
gona manbayi sifatida jonli kuzatishni, sezgi a’zolari orqali 
olingan bilimni, tajribani e’tirof etadi. Bunday bilim mazmu- 
ni tajriba bergan malumotlarni tavsiflashni o‘z ichiga ola- 
di. Demak, empirik bosqichda jonli kuzatish yetakchilik qila­
di. Ratsional moment va uning shakllari (hukm, tushun- 
cha va boshq.) ishtirok etadi, lekin jonli kuzatishga nisba- 
tan orqa planda turadi. Unga ko‘makchilik vazifasini ba- 
jaradi. Shuning uchun ham o ‘rganilayotgan obyekt jonli 
kuzatishga berilgan belgilari asosida talqin qilinadi. Fakt- 
larni yiglsh, ularni dastlabki umumlashtirish, kuzatish va 
eksperiment malumotlarini tavsiflash, ularni tasniflash va 
boshqa faktlarga asoslangan faoliyat empirik bilishning 
asosiy xususiyatlari sanaladi.
Empirik tadqiqotlar bevosita (oraliq uzvlarsiz) obyektga

yo‘naltiriladi. Bu obyektlarni qiyoslash, olchash, kuzatish, 


ek sp e rim e n t, an aliz, in d u k s iy a u s u lla ri a s o s id a
o‘zlashtiradi. Uning eng muhim elementi fakt sanaladi.
Har qanday ilmiy tadqiqot faktlarni to‘plash, sistemaga 
solish va ularni umumlashtirishdan boshlanadi. Fan taraq- 
qiyotida faktlarning ahamiyati kattadir. Shuning uchun 
ham V.I. Vernadskiy: «Ilmiy faktlar ilmiy bilim va ilmiy tad- 
qiqotlarning bosh mazmunini tashkil qiladi. Ular asosida 
empirik umumlashmalar qilish, muayyan ilmiy faktlar siste- 
masini ajratish mumkin», - degan edi.
Faktlar ilmiy tadqiqot uchun asos bolib xizmat qilishiga 
qaramasdan, uning quliga aylanmaslik kerak. Har qanday 
fakt subyekt tomonidan konseptuallashtirilgan, muayyan 
nazariy tasawur bilan singdirilgan boladi. Shuning uchun 
malum miqdordagi faktlarni to‘plab, ularni muayyan kon- 
septual sistemaga birlashtirish lozim boladi. Tadqiqotchi 
ko‘r-ko‘rona faktlarni izlamaydi. Faktlarni to‘plashda malum 
bir maqsaddan, vazifadan, g‘oyadan kelib chiqadi.
Shunday qilib, empirik tajriba hech qachon, ayniqsa, 
hozirgi zamon fanida ko‘r-ko‘rona bolmaydi. U nazariya bi­
lan rejalashtiriladi. Shuning uchun faktlar doimo nazariy 
yukka ega boladi. Fanning boshlanishi, uning tayanch 
nuqtasi yalang‘och faktlar emas, balki nazariy sxemalar
borliqning konseptual sinchlari sanaladi. Ular abstrakt 
obyektlar (ideal konstruktlar), konseptual modellar va 
boshqalardan iborat boladi.
A. Uaytxed ilmiy bilish ikki qatlamning birlashuvidan 
iborat ekanligini talcidlaydi: ulardan birinchisi konkret 
kuzatish yordamida olingan bevosita borliq faktlari, ik­
kinchisi ularning kontseptuallashtirilgan faktlaridan ibo­
rat. Birinchisini kuzatish qatlami, ikkinchisini konseptual 
qatlam tashkil qiladi. Birinchisi doimo ikkinchisidagi tush- 
unchalar yordamida tavsiflanadi.
Ko‘rinadiki, nazariyadan ajralgan quruq faktlar ilmiy 
qimmatga ega bolmaydi. Faktlardan ajralgan nazariya ham 
bolishi mumkin emas.
Ko‘p adabiyotlarda «metod» va «usul» atamalari bir xil 
ma’noda qollaniladi. Ayrim mualliflar esa usulni metod- 
ning tarkibiga kiruvchi qism sifatida tushunadilar. Bun­
day vaqtda metod bir qancha tadqiq usullaridan tashkil

topgan murakkab bilish yolini ifodalaydi. Darhaqiqat, har 


bir metod o£z tadqiqot usullari bilan bir-biridan farq qiladi. 
Empirik metod ham butunlik sifatida quyidagi usullarni o‘z 
ichiga oladi: 1) kuzatish; 2) eksperiment; 3) qiyoslash.
Tilshunoslikda empirik metodga asoslangan tilshunos­
lik tavsifiy tilshunoslik deyiladi.
Tavsifiy tilshunoslikda har qanday tadqiqotning ibtido- 
si kuzatish sanaladi. Sezgi a’zolari orqali kuzatishga beril- 
gan faktik materiallar yig‘iladi.
Kuzatish jarayonida o ‘rganilayotgan obyektning faqat 
tashqi belgilari haqidagi bilimgagina emas, balki uning 
muhim xossalari va munosabatlari haqida ham bilimga ega 
bolamiz.
Empirik bilishda eksperimentning ham o‘rni beqiyosdir. 
0 ‘rganilayotgan obyektni muayyan sharoitda, m alum vos- 
italarni qollagan holda, alohida ajratib tadqiq etishga e’tibor 
qaratiladi. Masalan, paxta navini yetkazish, uning tolasi 
sifatini aniqlash va h.k.
Lingvistik tadqiqotlarda ham bu usul katta ahamiyatga 
ega. Masalan, tovushlarning akustik-artikulatsion belgi- 
larini kuzatish usulida aniqlash qiyin kechgan hollarda 
eksperimental usulga murojaat qilinadi.
Shuningdek, empirik bilishda qiyoslashning ham aha- 
miyati katta. Har qanday shaxs yangi o ‘rganilayotgan 
obyektni oldin o‘rganilgan obyektga qiyoslaydi. Ular o‘rtasi- 
dagi o^shash va farqli tomonlami aniqlaydi. 0 ‘rganilayotgan 
obyekt boshqalari bilan o^shash belgilari asosida muayyan 
sinflarga birlashtiradi, farqli belgilari asosida esa sinf tarki- 
bida uning o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligini belgilaydi.

Yüklə 26,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin