T/r
|
Atamalar
|
Qisqartmalar
|
1
|
Ko’ndalang tekisliklar
|
KT
|
2
|
Britaniya standarti
|
BS
|
3
|
Santimetr
|
sm
|
4
|
Markaz chizig’I
|
MCh
|
5
|
Chuqurlik
|
Chuq
|
6
|
Silindr
|
Sq
|
7
|
Qarama-qarshilik
|
QQK
|
8
|
Qayta
|
QO’
|
9
|
Daraja (byrchak)
|
O
|
10
|
Diametr
|
Ø
|
11
|
Tasvir
|
TSR
|
12
|
Chizma
|
CHIZ
|
13
|
Birinchi burchak proekti
|
|
14
|
Oltiburchak
|
OLT
|
15
|
Ichki diametr
|
I/D
|
16
|
Kilogramm
|
kg
|
17
|
Chap qo’l
|
CHQ
|
18
|
Mashina
|
MS
|
19
|
Material
|
MATL
|
20
|
Maksimum
|
MAK
|
21
|
Metr
|
m
|
22
|
Millimetr
|
mm
|
23
|
Minimum
|
MIM
|
24
|
Daqiqa (burchak)
|
/
|
25
|
Son
|
SO
|
26
|
Tashqi diametr
|
T/D
|
27
|
Har bir
|
/
|
28
|
Maydon aylana diametric
|
MAD
|
29
|
Radius (o’lchamdan oldin)
|
R
|
30
|
O’ng qo’l
|
O’Q
|
31
|
Yumaloq bosh
|
YQ BSH
|
32
|
Ikkinchi (burchak)
|
“
|
33
|
Kvadrat (eslatma)
|
KV
|
34
|
Kvadrat (o’lchamdan oldin) yoki
|
|
35
|
Metrkvadrat
|
m2
|
36
|
Standart
|
STD
|
37
|
Uchunchi burchak proekti
|
…..
|
|
Burama mix o’tkazgichlar
|
|
38
|
British Standard trubasi
|
BST
|
39
|
Xalqaro Tashkilot
|
XT
|
40
|
Standartlash
|
…..
|
41
|
Xalqaro Sistema
|
XS
|
42
|
Narxlar tushishi
|
NISHI
|
43
|
Dag’al birlashgan
|
DAB
|
44
|
Ingichka birlashgan
|
INB
|
45
|
Saylanma birlashgan
|
SAB
|
Proeksiyalash usullari
Proektsiyalar usulida tasvirlar yasash, chizma geometriyaning asosiy metodidir. Fazodagi narsalarning ayrim nuqtalaridan o`tkazilgan proektsiyalovchi to`g`ri chiziqlar (nurlar) yordamida tekislikka tushirilgan tasviri fazodagi narsaning proektsiyasi deyiladi.
Chizma geometriyada ikki хil proektsiyalar metodi mavjud:
а)markaziy proektsiyalar metodi;
b) parallel proektsiyalar metodi .
Markaziy proektsiyalashning asosiy mohiyati shundan iboratki, bunda proektsiya markazi deb ataluvchi qo`zg`almas nuqta beriladi va hamma proektsiyalash nurlari shu qo`zg`almas nuqtadan o`tadi.
Markaziy proektsiyalar. Fazoda qo`zgalmas S nuqta, Р tekislik va A, В, С, F nuqtalar berylgan deb faraz qilaylik. S nuqtani А, В, С, F nuqtalar bilan tutashtirib, hosil bo`lgan chiziqlarni davom ettiramiz. Bu chiziqlar Р tekislikni а, Ь, с, d nuqtalarda kesib o`tadi.( 1.1-chizma)
1.1-chizma
P tekislik proektsiyalar tekisligi, S nuqta proektsiyalar markazi, SA, SB, SC, SF chiziqlar proektsiyalovchi nurlar; а, Ь, с, f nuqtalar esa, proektsiyalar deyiladi. Demak, nuqtaning proektsiyasi deganda, shu nuqtani proektsiyalovchi nur bilan proektsiyalar tekisligining kesishuv nuqtasini tushunish kerak.
Fazoning istalgan joyida olingan to`rtta nuqta, umuman, fazoviy shaklni ifodalaydi; shuning uchun tekis abcf shаkl fazoviy shaklning markaziy proektsiуasidir.
Markaziy proektsiyalarga misol qilib, narsalarning fotosuratlarini va chiroqdan tekislikka (polga yeki devorga) tushgan soyalarni ko`rsatish mumkin.
1.2-chizma
2. Parallel proektsiyalar. Agar proektsiyalar markazi S berilgan yo`nalish bo`yicha cheksiz uzoqda deb faraz qilsak, fazodagi nuqtalarni proektsiyalovchi hamma nurlar o`zaro parallel bo`lib qoladi. Bu yerda S yo`nalish proektsiyalash yo`nalishi, а, b, с, d nuqtalar esa, berilgan nuqtalarning parallel proektsiyalari deyiladi. Demak, nuqtaning parallel proektsiyasi deganda, shu nuqta orqali berilgan yo`nalishga parallel qilib o`tkazilgan proektsiyalovchi nur bilan proektsiyalar tekisligining kesishuv nuqtasini tushunish kerak. Parallel proektsiyalarga misol qilib, narsalarning Quyoshdan уoki Oydan tushgan soyalarni ko`rsatish mumkin.( 1.2-chizma)
Proektsiyalash yo`nalishining proektsiyalar tekisligi bilan hosil qilgan burchagiga ko`ra, parallel proektsiyalar ikkiga: qiyshiq burchakli va to`g`ri burchakli - ORTOGONAL parallel proektsiyalarga bo`linadi.
To`gri burchakli parallel proektsiyalarni bundan keyin to`g`ri burchakli proektsiyalar deb ataymiz, to`g`ri burchakli proektsiyalashda proektsiyalar tekisligi berilgan bo`lsa, yo`nalish berilmaydi eki yo`nalish berilgan bo`lsa, proektsiyalar tekisligi berilmaydi.
Тo`gri burchakli proektsiyalash usuli, shartli bo`lishiga qaramay, aniq va o`lchash uchun qulay bo`lganligi sababli, texnikaviy chizmalar tuzishning asosiy usulidir.
Ortogonal proektsiyalar metodi
(моnj epyuri)
Narsalarni bir-biriga perpendikulyar ikkita tekislikdagi to`gri burchakli proektsiyalari bilan tasvirlash metodi ORTOGONAL PROEKTSIYALAR METODI deyiladi.
Ortogonal so`zi – to`gri burchakli degan so`z bo`lib, ortogonal proektsiyalar termini bundan keyin bir-biriga perpendikulyar ikkita tekislikdagi to`gri burchakli proektsiyalarni ko`rsatish uchungina ishlatiladi.
Geometriya nuqtai nazardan olganda, har qanday narsani fazoda ma`lum tartibda joylashgan nuqtalar, chiziklar va sirtlarning yi`gindisi deb qarash mumkin. Shu sababli, fazoviy shakllarni tasvirlash usullarini o`rganishni, ya`ni ularning proektsiyalarini yasashni eng oddiy elementlar: nuqtalar, chiziqlar va x.k. larning alohida tasvirlarini o`rganishdan boshlash ma`quldir.
Nazorat savollari.
1. Chizma geometriya nimani o’rgatadi?
2. Chizma geometriyaga fan sifatida kim tamonidan asos solingan?
3. Chizma geometriya kursini o’qitishda qanday maqsadlar ko`zda tutilgan?
4. Fanda qo’llaniladigan qanday belgilanishlarni bilasiz?
5. Qanday proektsiyalash usullarini bilasiz?
6. Markaziy va parallel proektsiyalarga misollar keltiring?
7. Proektsiyalovchi nur nima?
8. Texnikaviy chizmalar tuzishning asosiy usulini bilasizmi?
Dostları ilə paylaş: |