358
2. Yonish fazalari va portlash chegaralari
Yonish faqat ma`lum harorat sharoitidagina mavjud bo`lishi mumkin. Barcha yonuvchi
moddalarning tarkibida uglerod va vodorod mavjuddir. Issiqlik ta`siri ostida yonuvchi
moddalar parchalanib yuqoridagi gazlar
ajralib chiqib, havodagi kislorod bilan birikib, alanga
hosil qiladi.
Yonish fazalarining quyidagi xillari aniqlangan:
1.
Chaqnash.
Agar sekin-asta qizdirilayotgan yonuvchi suyuqlikka vaqti-vaqti
bilan
tashqaridan alanga ta`sir qildirsak, ma`lum
bir haroratga etganda, undan ajralib chiqayotgan
gazsimon mahsulot chaqnaydi va shu zahotiyoq o`chib qoladi. Suyuqlikning
ana shu paytdagi
harorati chaqnash harorati deyiladi. Chaqnagan gazlarning tez o`chib qolishining sababi, bu
haroratda suyuqlikdan ajralib chiqayotgan gazlar alangani davom ettirish uchun etarli
emasligidir.
Chaqnash harorati moddalarning yong`in jihatidan xavfliligini aniqlashda katta
ahamiyatga molikdir. Ayrim moddalardan ajralib chiquvchi bug` va gazlar ko`p
miqdorda
yig`ilishi natijasida ochiq alanga bilan birikib kuchli portlash paydo qilishi mumkin.
2.
Alangalanish.
Suyuq, yonuvchi moddalarni qizdirish chaqnash haroratidan yuqorida
ham
davom ettirilsa, uning bug`lanishi jadallashadi va shunday bir vaqt keladiki, unga alanga
yaqinlashtirilsa chiqayotgan bug`lar chaqnaydi va yonishda davom etadi. Suyuqlikning shu
holatdagi harorati alangalanish harorati deb ataladi.
3.
O`z-o`zidan alangalanish.
Agar yonuvchi suyuqlikni alangalanish haroratidan
yuqori bo`lgan holatda ham qizdirish davom ettirilsa-yu, lekin ochiq alanga
yaqinlashtirilmasa, ma`lum bir vaqtda, ajralib chiqayotgan bug`lar o`zidan-o`zi alangalanib
ketadi. Yonuvchi suyuqlikning ana shu holatdagi harorati o`z-o`zidan
alangalanish harorati
deyiladi.
4.
Dostları ilə paylaş: