1- mavzu: ijtimoiy psixologiyaga kirish,ijtimoiy psixologiyaning shakillanish tarixi (2 soat) Reja



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə25/44
tarix23.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#134460
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44
1- mavzu ijtimoiy psixologiyaga kirish,ijtimoiy psixologiyaning

Tayanch tushunchalar: Shaxslararo munosabatlar, ijtimoiylashuv, sotsializatsiya, guruhiy muhit
Shaxslararo munosabatlar jarayonida shaxsning ishtiroki va bu jarayonda shaxslar o'rtasida kechadigan munosabatlarni o'rganish ijtimoiy psixologiya uchun dolzarb muammolardan biri bo'lib kelmoqda. Bunday munosabatlar sirasiga shaxs xulq-atvoriga tegishli bo'lgan altruizm, egoizm, agressiya, tolerantlik, stigma, diskriminatsiya tushunchalarini kiritish mumkin. Bugungi kunda bu tushunchalarning mohiyatini ochishga harakat qilish ijtimoiy psixologiya sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning barchasini qiziqtirayotganligi bejiz emas, albatta. Chunki bu tushunchalar aynan shaxs va jamiyat munosabatlariga ham o'z ta'sirini o'tkazadi.
Bugungi kunda jamiyatimizda olib borilayotgan siyosatning
asosiy maqsadlaridan biri — barkamol avlodni tarbiyalashdir.
Barkamol avlod tarbiyasi uchun mas’ul boigan kishilar sifatida
psixolog mutaxassislarga bugungi mavzu juda dolzarbdir.
«Ijtimoiylashuv» atamasini birinchi bo‘lib amerikalik sotsiolog
F.G. Keddings insonlarga nisbatan qollagan. U o‘zining «Ijtimoiylashuv nazariyasi» (1987) kitobida «ijtimoiylashuv individ tabiati
yoki xarakterining rivojlanishi, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir», degan fikrni bildiradi. Har birimizning jamiyatdagi o‘rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bolgani, jamiyatga qo‘shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari jarayoni psixologiyada ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya deb yuritiladi. Ijtimoiylashuvga oid bir qancha ta’riflar mavjud boiib, quyida ulardan bir qanchasining izohi beriladi.
Ijtimoiylashuv (ba’zi adabiyotlarda sotsializatsiya deb berilgan) tushunchasi ijtimoiy-psixologik, sotsiologik, pedagogik kategoriyalardan biri boiib, bu atama shaxsning uni o‘rab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta’siri ostida jamiyatdagi mavjud tajribalarni o‘zlashtirishga moyilligi yoki o‘zlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayondir. Bu tushunchaning umumiy m a’nosi ostida individ tug‘ilib, uni o‘rab turgan birlamchi va ikkilamchi
muhit ta’sirida ulg‘ayishi, undan so‘ng jamiyatga qo‘shilishi,
o‘rgangan barcha tajribalarini atrof-m uhitdagilar bilan hamkorlik qilish jarayonida qollashi va kimlargadir shu tajribalarni uzatishda vosita bolishi jarayoni tushuniladi.
Ijtimoiylashuv inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash,
hayot va faoliyat jarayonida uni faol tarzda qollash jarayonidir.
Sodda til bilan aytganda, ijtimoiylashuv har bir shaxsning jam iyatga qo‘shilishi, uning me’yorlari, talablari, kutishlari va ta’sirini
qabul qilgan holda, har bir harakati va muomalasida uni ko‘rsatishi
va kerak bo‘lsa, shu ijtimoiy tajribasini o‘z navbatida o‘zgalarga
o‘rgata olish jarayonidir. Ijtimoiylashuv so‘ziga berilgan ta’riflardan eng keng tarqalgani (lot. Socialis — ijtimoiy, jamoaviy) individning jamiyatga
kirib borib, undagi hayot uchun zarur bo‘ladigan malaka, rollar,
me’yorlar va qadriyatlarni o‘zlashtirishidir. Ijtimoiylashuv jarayonida insonlarda jamiyatdagi muloqotning ishtirokchisi boiishi uchun kerak boiadigan ijtimoiy sifatlar, bilimlar, ko‘nikmalar shakllanib boradi. Hozirgi zamon psixologiyasida ijtimoiylashuv terminining yana ikkita sinonimi keng qo‘llaniladi: ya’ni bular «shaxs shakllanishi» va «tarbiya» jarayonidir. Ijtimoiylashuv «individning jamiyatga kirib borishi», «ijtimoiy ta’sirlarni o‘zlashtirish» hamda «ijtimoiy aloqa jarayonida ulardan foydalanish» kabi tushunchalar orqali ham ifodalanadi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin