1-§. Xo‘jalik jarayonlari to‘g‘risida tushuncha


Yillik moliyaviy hisobot quyidagi shakllar hajmida taqdim qilinadi



Yüklə 411,13 Kb.
səhifə39/50
tarix28.12.2023
ölçüsü411,13 Kb.
#201041
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50
Buxgalteriya lit-hozir.org

1. Yillik moliyaviy hisobot quyidagi shakllar hajmida taqdim qilinadi:
  1. buxgalteriya balansi —1- son-shakl;


  2. moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2- son-


shakl;

  1. pul oqimlari to‘g‘risida hisobot — 4- son-shakl;

  2. xususiy sarmoya to‘g‘risida hisobot — 5- son-shakl;


Yillik moliyaviy hisobotga hisobot yilida korxona faoliyatining yakuniy natijalariga korxona yillik moliyaviy hisobotini ko‘rib chiqish va sof foydani taqsimlash yakunlari bo‘yicha ta’sir ko‘rsatgan asosiy omillar bayon qilingan tushuntirish xati hamda moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi haqida auditorlik xulosasi.



Yarim yillik moliyaviy hisobot quyidagi shakllar hajmida taqdim qilinadi:
  1. buxgalteriya balansi — 1- son-shakl;


  2. moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot — 2- son-


shakl;

  1. pul oqimlari to‘g‘risida hisobot — 4- son-shakl;

  2. debitorlik va kreditorlik qarzi to‘g‘risida ma’lumot-


noma — 2- son-shakl.



Choraklik moliyaviy hisobot quyidagi shakllar hajmida taqdim etiladi:
  1. buxgalteriya balansi — 1- son-shakl;


  2. moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot — 2- son-


shakl;
d) debitorlik va kreditorlik qarzi to‘g‘risida ma’lumot-


noma — 2- son-shakl.
Kichik tadbirkorlik subyektlari faqat buxgalteriya balansi:
1- son-shakl va moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot — 2- son-shakldan iborat bo‘lgan choraklik moliyaviy hisobotlarni taqdim etadilar.
Moliyaviy hisobot shakllarida aktivlar, passivlar bo‘yicha operatsiyalar amalga oshirilmagan bo‘lsa, u yoki bu modda (satr ustun) to‘ldirilmagan holda ko‘riladi.
Moliyaviy hisobotni tuzish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining „Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida“ gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksiga, buxgalteriya hisobi milliy standartlariga, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish masalalari bo‘yicha boshqa amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qilinadi.
Buxgalteriya balansi moddalarida ko‘rsatilgan aktivlar va passivlarning to‘liqligi o‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari bilan tasdiqlanganligini va uning o‘tkazilishida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining „ Inventarizatsiyani tashkil qilish va o‘tkazish“ haqidagi ko‘rsatmalari asosida hamda „Buxgalteriya hisobi milliy standart 19-son“ bilan belgilangan tartibda o‘tkazilganligini nazorat qilish talab qilinadi“.
Moliyaviy hisobot shakllari rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi.
Hisobot shakllarida va uni to‘ldirishda operativ, sistemali hisob turlaridan, ularda aks ettiriladigan ma’lumotlardan keng foydalanish mumkin.
Korxona hisobotining aniqligini ta’minlashda bir qator vazifalar qo‘yiladiki, bu vazifalarni bajarish hisobotning xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liqligini oshiradi.
Korxona (kichik korxonalardan tashqari) yillik buxgalteriya hisobotiga tushuntirish xati ilova qilinadi. Unda hisobot yilida korxona faoliyati pirovard natijalariga ta’sir qiluvchi asosiy omillar, korxona moliyaviy holati hamda korxona yillik hisoboti muhokamasi bo‘yicha qabul qilingan qaror va sof foydaning taqsimlanishi o‘z aksini topadi. Bundan tashqari, „Buxgalteriya hisobi haqida“gi nizomga asosan vazirliklar o‘z tuzilmasidagi korxonalar uchun Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda buxgalteriya hisobotining maxsus shakllarini kiritishi mumkin.



Yüklə 411,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin