Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida Boborahim Mashrab hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;
2.Mashrab lirikasi haqida qanday ma’lumotlarni bilib oldingiz.Darslikdagi ma’lumotlar asosida bahs-munozara;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Mashrabning “O’rtar”radifli g’azalini ifodali o’qish va g’azalni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish:
Agap oshiqlig’im aytsam,kuyub jon-u jahon o’rtar,
Bu ishq sirrin bayon etsam ,taqi ul xonumon o’rtar.
Bu g’azal shoirning el orasida mashhur g’azallaridan biri hisoblanadi.Bu g’azalda ilohiy ishqning
yuksak ifodasi tarannum etilgan .Bunda oshiq ilohiy ishq dardini qiyidagicha izohlaydi:”Agar oshiqlik sinoati aytilsa,jon-kishining o’zi kuymoqqa do’nadi,bir jon nima bo’libdi,balki butun borliq,butun jahon o’rtanadi”
Shoir keying misralarda bu ishq dardining sirlarini birin-ketin bayon etadi.Ishq dardi misrama misra kuchaya boradi…
II.”O’rtar”g’azalining darslikda berilgan tahlili ustida ishlash va savol-topshiriqlar tahlili.
Darsning mustahkamlash bosqichida: I.Nazariy ma’lumot:Tasavvuf va tasavvuf tamalari
Tasavvuf ta’limotining maqasadi komil insonni tarbiyalashdan iboratdir.Unda inson shariat,tariqat,haqiqat deb ataladigan bosqichlardan o’tishi kerak.Shariat-poklanish yo’li.
Tariqat-“yo’l”degan ma’noni bildiradi.Bi yo’lga kirgan odamni so’fiy,solik,murshid ,darvesh deb etaydilar.So’fiy tariqatda pir(murshid)ga qo’l beradi.
Tasavvuf adabiyotida ishq markaziy tushunchadir…
II.Tasavvuf va tasavvuf atamalari haqida darslikda berilgan nazariy ma’lumotlarni o’zlashtirish va savol-topshiriqlar ustida ishlash.
III.Mashrab g’azallarida tasavvuf va tasavvufiy atamalarning aks ettirilishi:Mashrab g’azallari asosida talqin…
IV.Test sinovi:
1.”Ortar”radifli g’azali qo’shig’I qaysi o’zbek filmida ijro etilgan?