1-9 Adabiyot 9-sinf



Yüklə 249,9 Kb.
səhifə17/137
tarix14.05.2023
ölçüsü249,9 Kb.
#113414
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   137
9 sinf adabiyot fanidan konspekt-1

Darsning turi:yozma ish;
Darsning uslubi:bahs,reja tuzish,insho yozish;
Darsning jihozi :”Frahod va Shirin”dostoni, nazorat ishi daftarlari,asar asosida ishlangan minnatyuralar.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)nazorat ishi daftarlarini tarqatish;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.2-nazorat ishi yusazidan fikr-mulohazalar bildirish,insho mavzusining mazmun-mohiyatini izohlash.
2.Mavzu yuzasidan rejalar tuzish va o’quvchilar tuzgan rejalarni ko’rib,kerkli tushuncha va tuzatishlar berish.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.O’quvchilarga inshoni yozdirish:
Farhod va Shirin timsollariga tavsif
Reja:
1.Alisher Navoiy orzusi
2.Komil inson siymosi
3.Harimi iffat ichra shoh ul ermish…
“Farhod va Shirin dostoni “Xamsa”asarining mukammal va yetuk dostonlaridan biri sanaladi.Bu doston Alisher Navoiygacha “Xusrav va Shirin ”tarzida talqin etilgan .Alisher Navoiy komil inson siymosini yaratish orzusida bu dostonni “Farhod va Shirin ”doston deb nomladi.Xusrav komillik fazilatlaridan yiroq,toj-taxtga ruju qo’ygan,ishda beqaror edi .farhod siymosida esa Navoiy komillikm sifatlari bilan birga o’z orzusini ham ro’yobga chiqardi.
Hunarni asrabon netgumdur oxir,
Olib tufroqqami ketgumdur oxir.
Farhod –komil inson timsoli.U ilm-u hunar o’rganib,komillik darajasiga erishadi.Ishq bilan ko’ngilni poklaydi.Ishq bilan birga mehnatsevarlik ulug’langan bu doston”Mehnatnoma “,”Shavq dostoni”deb ham atalishi bejiz emas…
Harimi iffat ichra shoh ul ermish,
Sipehri ismat ichra moh ul ermish.
Alisher Navoiy talqinida Shirin iffat haramining shohi,tiniq osmon mohidir.Uning yuzi yanglig’ qalbi ham ishq bilan poklangan …
II.Nazorat ishi daftarlarini terib olish.

Yüklə 249,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin