Bu suhbat orqali Cho’lpon nafaqat o’sha davrdagi qizlarga xos soddalik,samimiylik,ishonuvchanlik,balki erksizlik tuyg’ularini ham ochib beradi.Mana shu soddalik
Zebi qalbining pokligi,beg’uborligini asoslab beradi…
II.Romanda Zebi ishtirokidagi voqealar tasviriga ko’p o’rin berilgan.Adibning mahorati tufayli mute va odmiligi sababli hech qanday ijtimoiy salmoqqa ega bo’lmagan Zebi o’z soddaligi,husni,noyob iste’dodi bilan o’quvchilar mehrini qozonadi.Cho’lpon qizni o’z tabiati mantig’iga muvofiq qiladi.
Zebi-o’zbek ayoli timsoli.Hurkak ohu singari go’zal va ilojsiz.U vaziyatga ta’sir ko’rsatishni ,nobop hayotga qarshiisyon qilishni xayoliga ham keltirmaydi…
Dostları ilə paylaş: