Sana: Sinf: 9 sinf Darsning mavzusi:7-nazorat ishi
Insho 1.”Otabek va Kumush timsoliga tavsif”(“O’tkan kunlar” romani asosida );
2.”Zebi timsoliga tavsif”(”Mehrobdan chayon”romani asosida).
Darsning maqsadi:a)ta’limiy- Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lponning “Kecha va Kunduz ”romani va Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar”romanlari asosida o’quvchilarning olgan bilimlarini nazorat qilish va berilgan mavzulardan birini tanlab,insho yozish;
b)tarbiyaviy-o’quvchilarda insoniy tuyg’ularni tarbiyalash,romanlarda aks ettirilgan ezgu tuyg’ularni o’quvchi ongiga singdirish;
d)rivojlantiruvchi-o’quvcihilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini,badiiy asar o’qish salohiyatini oshirish.
jihozi:darslik,Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon siymosi,qo’shimcha badiiy adabiyotlar,tarqatmalar”Kecha va Kunduz”romani;
Abdulla Qodiriy siymosi,”O’tkan kunlar”romani,nazorat ishi daftarlari.
Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)nazorat ishi daftarlarini tarqatish;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Insho mavzulari yuzasidan suhbat va o’quvchilarning Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” va Cho’lponning “Kecha va Kunduz”romanlari asosidagi fikrlarini xulosalash.
II.O’quvchilarning tuzgan rejalari va uyda yozib kelgan insholarini ko’rish va yo’l qo’yilgan kamchiliklar asosida kerakli izohlar berib,insho yozishga tayyorlanish.
Darsning mustahkamlash bosqichida: I.O’quvchilarning nazorat ishi daftarlariga inshoniyozdirish:
1. Insho
Otabek va Kumush timsollariga tavsif
Reja:
1.Xon qiziga loyiq bir yigit.
2.Ota-ona orzusi.
3.Kundoshlikning achchiq qismati.
Moziyga qarab ish ko’rmoq xayrlikdir.(Abdulla Qodiriy)
Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar”romani birinchi o’zbek romani,tarixiy roman.Unda Kumush va Otabekning chin va samimiy muhabbati bilan birga o’sha davrdagi tarixiy muhit ham yorqin ranglar bilan aks ettirilgan.Asar shu jihati bilan ham qimmatlidir.Abdulla Qodiriy “Moziyga qarab ish ko’rmoq xayrlikdir”,-deydi…
Qodiriy Otabekni “Xon qiziga loyiq bir yigit”deb ta’riflaydi.Bu ta’rif nafaqat Otabekka,balki Kumushga ham taaluqlidir.Otabekda ham ,Kumushda ham milliy fazilatlar singdirilgan.Vafo,sadoqat,qanoat,ota-onaga qarshi chiqmaslik….
Otabek ota-ona orzusi ila Zaynabga uylanadi.Ammo Zaynab ham sevish,sevilishga haqli edi.Ammo Otabek Kumush muhabbati ila qalbini dog’lagan edi…
Kumush kundoshlikning achchiq zahri qurboni bo’ldi.Lekin uning muhabbati va sadoqati hali necha yillar qalblarni yashnatadi.
Insho
Zebi timsoliga tavsif
Reja:
1.Baxtli onlar yakuni.
2.Kundoshlikning achchiq zahri.
3.Zebi-o’zbek ayoli siymosi.
Men dutor bilan tug’ishgan,
Ko’hna bir devonaman.
Ul tug’ishgonim bilan,
Bir o’tda doim yonaman.
(Cho’lpon)
Zebi ohu kabi hurkak,sodda,samimiy,ishonuvchan,shabnam kabi beg’ubor… qiz.Lekin mana shu fazilatlar uni kundoshlik qismatiga duchor etdi.Xush ovozi uni achchiq taqdirga duchor etdi.Bu qismatda hasad uni “qotil”qilib qo’ydi va kundoshlikning achchiq zahri uni ham xarob qildi.
Akbarali mingboshining o’limida ayblanayotgan Zebi sud hukmidan emas,uyini qanday qilib topib borishdan cho’chiydi.Bu qismat o’sha davr qizlarining ko’pchiligi taqdirida bitilgan edi.Zebi timsoli har bir o’zbek ayoliga erkinlik nashidasidan erkin nafas olishga undaydi….
II.O’quvchilarning nazorat ishi daftarlarini terib olish.
Uyga vazifa:Darslikdan tashqari mustaqil badiiy asarlar o’qish.