1-9 Adabiyot 9-sinf


Javoblar:1. B 2. A 3.A 4. D 5.B



Yüklə 249,9 Kb.
səhifə90/137
tarix14.05.2023
ölçüsü249,9 Kb.
#113414
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   137
9 sinf adabiyot fanidan konspekt-1

Javoblar:1. B 2. A 3.A 4. D 5.B
Uyga vazifa:”Ulug’bek xazinasi”romanini o’qib kelish
O’quvchilar bilimini baholash

Sana: Sinf: 9 sinf
Darsning mavzusi:Odil Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi”romani tahlili,savol-topshiriqlar ustida ishlash .Nazariy ma’lumot:Badiiy adabiyotda ruhiyat tahlili.
Darsning maqsadi:a)ta’limiy- Odil Yoqubov hayoti va ijodi yuzasidan bilimlarni kengaytirish va “Ulug’bek xazinasi”romani haqida batafsil tushuncha berish,badiiy adabiyotda ruhiyat tahlili haqida nazariy ma’lumot berish;
b)tarbiyaviy-o’quvchilarda ezgu insoniy tuyg’ular va adabiyotga qiziqish ,buyuk ajdodlarga hurmat tuyg’ularini tarbiyalash,adolat,haqiqat,jaholatga qarshi kurashish,xalqparvarlik va ajdodlar merosini asrash tuyg’ularini singdirish;
d)rivojlantiruvchi-o’quvcihilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini oshirish,badiiy adabiyotga va kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish;
Darsning turi:mustahkamlash;
Darsning uslubi:bahs,matn ustida ishlash,suhbat,nazariy ma’lumot;
Darsning jihozi:darslik,Odil yoqubov siymosi,badiiy asarlari,”Ulug’bek xazinasi”asari,Mirzo Ulug’bek siymosi;
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitob-daftarlar nazorati;d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida “Ulug’bek xazinasi”asari yuzasidan olgan bilimlarni sinash;
2.Odil Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi ”asaridagi qahramonlarga tavsif berish;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.”Ulug’bek xazinasi ”asaridan parchalar ifodali o’qish va matn asosida asarni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish:
“…Mirzo Ulug’bek qalbini chulg’ab olgan alamli duddan bo’g’ilib ,xonaning o’rtasida to’xtadi.U endigina xonaga qorong’I tushganini ,shiftdagi tuynukchadan quyilib turgan bir hovuchgina nur so’nib ,kaftdekkina osmonda milt-milt yulduzlar yonganini ko’rdi..”
Bunda Mirzo Ulug’bekning “Ko’ksaroy”dagi chetdagi bir xonada asir tushgan holati tasvirlangan.Ulugbek o’z odamlarining yordami bilan bo’layotgan hodisalardan xabar topadi.Xalq g’amida o’ksinadi.Shu onlarda ham yulduzlar bilan dardlashib,sirlashgisi keladi.Shu g’amlar ortida vaqt qanday o’tganini sezmay qoladi…
II.Bahs”Padarkush,toj-u taxt,olti oy…
“…Shahzoda diliga dahshat slogan bu ikki baytni oxirigacha o’qidimi yo’qmi,o’zi ham bilmas edi.Lekin undagi “Padarkush,toj-u taxt,olti oy…”degan so’zlar xuddi qizdirilgan temir bilan o’yib yozilganday miyasini jaz-jaz kuydirib,nigohi oldida yal-yal yonib turardi…”
Olti asrki Abdulatif tarixda “padarkush ”nomi bilan tilga olinadi.U nafaqat xalq g’amida kuygan podsho va otasi,balki xalqning nafratiga ham duchor bo’lgan edi.Otasining o’limidan so’ng o’z atrofdgilari ham unga xiyonat qilishadi va barsha zulm va zo’ravonliklari,nohaqlik va adolatsizliklari,xalqqa yetkazgn jabri tufayli o’z chohiga o’zi tushdi…

Yüklə 249,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin