20-AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: OILADA BOLA TARBIYALASHNING TARIXIY QONUNIYATLARI ASOSIDA BU FANNING VUJUDGA KELISHI.
REJA:
Sharq mutaffakkirlarining oilada bola tarbiyasi haqidagi qarashlari.
Oilada tarbiya jarayoni
Amaliy mashg’ulotning maqsadi: Sharq mutafakkirlarining fikrlarini o’rganish, oila tarbiyasi haqida tushunchani shakllantirish.
Ta’lim mertodlari: BBB, klaster
Ta’lim vositalari: tayanch matn, tarqatmalar, topshiriqlar.
Kutilayotgan natija: oilada ota-onaning o’rni va bola tarbiyalash jarayoni haqida tushunchaga ega bo’lishadi.
Kichik ma’ruza:
Davoniyning fikricha: «Ota-ona bolaga jamiyatda mavjud bo’lgan hulq-odob qoidalarini singdirishga, yurish-turishga, yeyish-ichish, o’z qilmishi uchun ma'suliyatni sezish, shirinsuxand bo’lish, yaxshilik, ezgulik kabi axloq qoidalarini egalllashiga yordam berishi lozim». Rudakiy oilada bola tarbiyasi, yosh avlod kamolotda ota-onaning burchi ha qida ham muhim fikrlarni ilgari suradi. Chunonchi ruboiylari zamonasidagi aksariyat odamlar, xatto ma'rifatli zotlar ham farzardlarining tarbiyasiga e'tiborsizlik bilan qarab, donishmandning bolasi joxil bo’lib qolayotganligidan afsuslanadi.
Buning uchun oila muxitida ota-onalar bilan bolalar o’rtasida o’zaro xurmat bo’lgandagina tarbiyada yaxshi natijalarga erishi mumkin bo’ladi. Inson tug’ilgan paytidanoq tarbiyaga muhtojdir. Uning ilk tarbiyachilari albatta ota-onasidir.
Ma'rifatparvar Munavvar Qorining «Oila a'zolari» nomli darslikininig bo’limlarida ota-onani xurmatlash, aka-uka qarindosh urug’ini e'zozlash kabi g’oyalar alohida o’rin egallaydi.
Kishining bor ersa ota-onasi
G’animatdir unga olarning rizosi
Xudoni qoshida qabul ekandir
Ota va onaning bolaga duosi
Oilada farzand dunyoga kelgandan boshlab oilaning jamiyat oldida javobgarligi kundan kunga ortib boradi. Chunki o’sib kelayotgan avlodning taqdiri ana shu muammoning hal qilinishi bilan uzviy ravishda chambarchas bog’langandir.
Abdurauf Fitrat 1916 yilda «Oila» nomli falsafiy asarini yozgan bo’lib, unda oilaviy xayotni isloxotidan baxs yuritilgan va adib najot yo’llarini axtarib hal qlarning umuminsoniy qardoshlik g’oyasini targ’ib etgan.
Fitrat oilani ijtimoiy vazifalari deb, «Avlod tarbiyasi», «Fikriy tarbiya», «Axloqiy tarbiya» kabi qismlarga bo’ladi.
Insonning ma'naviy va aqliy xislatlarini, asosan, uning olgan tarbiyasi, yashagan muhiti belgilaydi, deb hisoblagan. Agar, yaxshi tarbiya insonning eng qimmatli boyligi bo’lsa, noto’g’ri tarbiya uning uchun chinakamiga baxtsizlikka, xatto, xalokatga aylanishini uqtirgan. Shuning uchun maktab tarbiyasi bilan bir katorda oila tarbiyasiga ham katta ahamiyat bergan. Oilada to’g’ri yo’lga qo’yilgan tarbiya maktab uchun katta madaddir va aksincha, oilada tegishli tarbiya ishlari olib borilmasa, bu xolda maktabning ta'lim-tarbiya ishini juda qiyinlashtirib qo’yadi.
Oilada bola bilan tarbiyachi o’rtasida juda yaqin va samimiy munosabat o’zining tabiiyligi va oddiyligi, mazmundorligi, iliqligi, hyech qanday rasmiyatchilikning yo’qligi bilan ajralib turishi lozim.
Oila odamzod o’zining dastlabki ijtimoiy yo’lini bosib o’tadigan eng muhim soxadir. Bunday oilada ota-onalar bilan bolalar o’rtasida ma'lum ma'noda izzat hurmat va dildan ishonch kabi chegara bo’ladi.
Oilada bolalarning o’zga bir oilada yotib qolishiga hyech bir xolda sira yo’l qo’ymasligi kerak, bola yotib qoladigan joy anik tanish va ishonchli bo’lgan ta qdirdagina istisno bo’lishi mumkin. Oilada farzand yaxshi tarbiyalansa, ota-onaning baxti, yomon farzand esa ota-onaga kulfat keltiradi.
Oila va jamoatchilik xamkorligi yosh avlodni muvaffakiyatli tarbiyalashning asosiy shartlaridan biridir ota-ona e'tiboriga oladigan aloxida axamiyat berish kerak bo’lgan narsa bolani yoshligidan boshlab biror-bir ishga o’rgatish, unga o’ziga xos yumush berib, ishga odatlantirishdir. Vaxolanki bola ham ish o’rganadi, ham jamiyatda, oilada o’z o’rnini topishga harakat qiladi. Bolada mehnatga munosabat, ota-onasiga munosabati, oila a'zolariga nisbatan fikri, dunyoqarashi o’zgaradi.
Oila boshlig’i ota - ona bola tarbiyasi ha qida yetarlicha amaliy va nazariy bilimlarga ega bulishi kerak. Agar ularda yetarlicha bilim ko’nikma va malaka bo’lmasa u oila a'zosiga ya'ni farzandlariga yaxshi tarbiya bera olmaydi. Oiladagi yomon tarbiya faqat oilanining o’ziga hos bo’lmasdan balki qo’ni- qushni va mahallalardagi tarbiyaga ham salbiy ta'sir qiladi.
Dostları ilə paylaş: |