1-amaliy mashg’ulot mavzu: nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish tamoyillari va rahbarlik usullari. Reja



Yüklə 225,28 Kb.
səhifə26/55
tarix02.01.2022
ölçüsü225,28 Kb.
#40932
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55
Reja Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish-fayllar.org

18-AMALIY MASHG’ULOT

MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI VA OTA-ONALAR O’RTASIDA OLIB BORILADIGAN ISHLARNING MAZMUNI VA MOHIYATI.

REJA:
  1. Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar


  2. Ota-onalar bilan shaxsiy suhbatlar.


  3. Ota-onalar qo‘mitasi va jamoachilik bilan ishlash




Amaliy mashg’ulotning maqsadi: MTT va oila o’rtasidagi hamkorlik jaraynini o’rganish.

Ta’lim mertodlari: klaster, Ven diagrammasi, baliq skeleti

Ta’lim vositalari: tayanch matn, marker. topshiriqlar.

Kutilayotgan natija: oila va maktabgacha ta’lim muassasasi o’rtasida olib boriladigan ishlar mazmunini chuqur anglashadi.

Kichik ma’ruza:

MTMning ota-onalar bilan ishlashining jamoa tarzida va yakkama-yakka xolda ishlash shakllarini mohirlik bilan qo‘shib olib borish, keng aholi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil etish tufayli bolalarni tarbiyalshda ijobiy natijalarga erishish mumkin. MTMi xodimlarini ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlarining eng keng tarqalgan shakllaridan bir qanchasini keltiramiz:


  • ota-onalar bilan yakkama-yakka ishlash. Ilg‘or pedagogik tajribalami ko‘rsatishicha, ishning bu turi katta ahamiyatga ega. Bunda tarbiyachi oila va bolaning shaxsiy xususiyatlarini o‘rganib ularni o‘zining tarbiyaviy ishida xisobga oladi. MTMlarimiz tajribasida ota-onalar bilan yakkama-yakka olib boriladigan ishlarning turli xii shakllari aniqlangan; oilaga tarbiyachining borishi, ota-onalar uchun suhbat o‘tkazish, ularga maslahatlar berish, ota-onalarning MTM hayoti bilan tanishishlari.


  • ota-onalar bi/an jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bular ota- onalarning guruhiy va umumiy majlisi, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, savol javob kechalari.


  • ko‘rsatmali ishlar. Ishning bu turi ko‘rgazmati, bolalarni ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, pedagogik axborot stendlari, ota-onalar uchun kutubxona oilaviy tarbiyaning barcha masalari bo‘yicha materiallar solingan papka.


  • Ota-onaga pedagogik ta’lim berish va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.


Bola yashab turgan oilani o‘rganish ota-onalar bilan yaqin aloqa o‘rnatish va ularga yordam, maslahatlar berishning samarali yo‘llaridan biridir. Tarbiyachi oilaga tekshiruvchi sifatida emas maslahatchi, do‘st va bola tarbiyasiga yordam beruvchi shaxs sifatida boradi. Tarbiyachining oilaga borishidan asosiy maqsad bola yashayotgan sharoitni ko‘rish va zarur bo‘lsa ota-onalarga yordam ko‘rsatishdir. Oilani borib ko‘rish va ota-onalar bilan suhbatlashish katta pedagogik odat bilan o‘tkazilishi kerak. Ota-onalar bilan suhbatda bolaning eng yaxshi tomonlarini ochib berilsa, ota-onalarning tarbiyachiga bo‘ lgan hurmati va ishonch i ortadi. Tarbiyachi bolaning uyida ko‘rganlarini qayd qilish bilan bir qatorda ularni tahlil qiladi, ota onalar majlislarida oilaviy tarbiyadagi ijobiy va salbiy tomonlar haqida gapiradi. Ularga o‘zining maslahatlarini beradi. Oila tarbiyasidagi ijobiy ishlarni ota-onalar uchun tashkil etilgan testlarda aks ettirish ham mumkin. Oilani borib ko‘rgandagi taassurotlarini tarbiyaviy ishlarni hisobga olish ustuniga yozib qo‘yishi kerak Oilaga kamida yiliga 2 marta borib ko‘riladi tarbiyachining oilaga borishi ota-onalarda pedagogik madaniyatni oshiradi.

Ota-onalar bilan shaxsiy suhbatlar. Oila bilan shaxsan ishlashning eng keng tarqalgan usuli sifatida qo‘llanadigan suhbat bolalarni ertalab qabul qilish va kechqurun kuzatish vaqtida o‘tkazilishi mumkin. Ular tarbiyachilar bilan ota- onalarni bir-biri bilan yaqinroq tanishishlariga yordam beradi. Tarbiyachining ota- onalar bilan ertalab o‘tkazadigan suhbatlari qisqa muddatli bo‘ladi, shuningdek uning yaqinlarida yaxshi kayfiyat, tarbiyachiga ishonch hissi paydo bo‘lishida katta ahamyatga ega.

Ota-onalarni bola tarbiyasida yo‘! qo‘ygan biror kamchilik va xatosi ni tahlil qilish uchun ular bilan yanada mufassal suhbat o‘tqazish zarurati tug‘ilganda vaziyatni tuzatish uchun malakali maslahat hamda tavsiya berish kerak bo‘ lganda maslahatlar o‘tkaziladi.



Yüklə 225,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin