Kutilayotgan natija: Bolalarning aqliy rivojlanish darajasini kuzatishni tashkil etishni o’rganish.
Kichik ma’ruza:
Bolalar muntazam ta’lim olish jarayonida, maktabgacha davrning oxiriga kelib, o’quv faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini:
Tushunarli o’quv vazifasini qabul qilish;
Tarbiyachining ko’rsatmalarini tushunish va aniq bajarish;
Kattalar tomonidan ko’rsatilgan usullardan foydalangan holda ishni bajarish va natijaga erishish;
O’z xatti-harakati, xulq-atvori, faoliyati va topshiriqlarni bajarish sifat ustidan nazorat qilish ko’nikmasini shakllantirish;
O’zining va boshqalarning ishlariga tanqidiq baho berish qobikliyatini egallay olishlari;
Tarbiyachi tomonidan qo’yilgan talab va qoidalarga ongli ravishda bo’ysunish ko’nikmasini tarkib toptirish zarur.
Maktabga aqliy tayyorgarlik quyidagi ko’nikmalar asosida amalga oshiriladi:
Nutq, o’qish va savodga tayyorgarlik;
Bilish jarayoni; atrof-olam to’g’risidagi bilimga ega bo’lish va uni anglash.
Elementar matematik bilim va ko’nikmalar;
Tasviriy faoliyat;
Musiqa
Nutq o’stirishda:
Elementar matematik bilim va ko’nikmalar bo’limida: son-sanoq, kattalik, geometrik figuralar, tevarak-atrofni mo’ljalga olish, aqtni chamalash, qurish-yasash faoliyatlari orqali amalga oshiriladi. Bolalarda pul qiymatlari, narx plastik kartochka, terminal haqida dastlabki tushunchalar beriladi. Yil fasllari, yil taqvimi, hafta kunlari, soat turlari bilan tanishtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |