Darslikda berilgan rasmlar ustida suhbatlashib ,yangi mavzu haqida gaplashamiz.
Siz ertalab quyoshning chiqishini kuzatganmi- siz? Kuzatgan
bolsangiz manzarani tasvirlab be ring.
―Semurg1 yoki Parizod va Bunyod‖ ertagi- ni eshitganmisiz? Semurg‗ qanday qush va u nimaning ramzi sanaladi?
Mamlakatimiz dalalarida qanday o‗simliklar yetishtiriladi?
1-, 2- 3- 4-, 6-rasmlar bilan 5-rasm o'rtasi- da qanday bogliqlik bor?
7-, 8-rasmlar asosida ―Olamni mahliyo aylagan diyor‖ jumlasining mazmuniga mos matn tu- zing.
8-rasmda tasvirlangan insonlar mamlakat ravnaqiga qanday hissa qo'shmoqdalar?
Darsni mustahkamlash:
O‘quvchilarga quyidagi savollarni berib,ularni javoblari baholanadi.
Siz ertalab quyoshning chiqishini kuzatganmi- siz? Kuzatgan bolsangiz manzarani tasvirlab bering.
―Semurg1 yoki Parizod va Bunyod‖ ertagi- ni eshitganmisiz? Semurg‗ qanday qush va u nimaning ramzi sanaladi?
Mamlakatimiz dalalarida qanday o‗simliklar yetishtiriladi?
Umumlashtirish va xulosalash.
VI..Uygavazifa .O`qib,savollarga javob yozib kelish va mavzuga mos rasm chizish.
5-mavzu: Tarbiyaning asosiy tamoyillari va metodlari Boshlang‘ich ta‘limda tarbiya jarayonini amalga oshirish o‘ziga xos asosiy tamoyillar va metodlarga asoslanadi. Mazkur mavzuni o‘zlashtirishda quyidagilarga e‘tibor berish tavsiya etiladi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida ijtimoiy tamoyillarni belgilash.
Bunday yondashuv e‘tibor berilsa, uchta tamoyilga asoslanishi ma‘lum bo‘ladi. Bular pedagogik tamoyillar (bolaparvarlik, jismoniy yetuklik, aqliy shakllanganlik), psixologik tamoyillar (ruhiy yetuklik, tasavvurga egalik, xotiraning rivojlanganligi) va ijtimoiy tamoyillar (bolaning ijtimoiylashuvi, maktab jamoasiga moslashuvi, faollik). Mazkur tamoyillar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalash lozim bo‘ladi.
Boshlang‘ich ta‘limda tarbiyaning quyidagi metodlariga asoslanish zaruriyat hisoblanadi:
tushuntirish;
o‘rgatish;
ko‘niktirish;
odatlantirish.
Bunda tushuntirish metodi boshlang‘ich sinf o‘quvchisini ongini shakllantirishga asoslanadi. O‘rgatish metodi mazkur toifadagi o‘quvchilarda axloqiy fazilatlarni shakllantirishga tayanadi.
Ko‘niktirish metodi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiylikni tarkib toptirishni nazarda tutadi. Odatlantirish metodi esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bilim olishga va axloqiy faol bo‘lishga ko‘niktirishga asoslanadi. Bu metodlar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari dastlabki bosqichda pedagogik, psixologik va ijtimoiy jihatdan tarbiyalanadi.
Shu sababli oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarbiyaning asosiy tamoyillari va metodlarini o‘zlashtirishi taqoza etiladi. Buning uchun o‘zlashtirilgan tarbiya tamoyillari va metodlari pedagogik amaliyot davrida sinovdan o‘tkazilishi kerak.
Mavzu bo‘yicha tarbiyaning asosiy tamoyillari va metodlarini o‘zlashtiring.