@Mahmud_Yazdanov +998913182468
Hamshiraning ish joyi toza saqlanishi va kerakli narsalar bilan jihozlangan bo'lishi kerak. Hamshiraning
ishining samaradorligi ko'p jihatdan ish joyining holatiga bog'liq.
Dorilarni saqlash uchun maxsus shkaflar bo‘lib, ular tibbiyot hamshirasining postida turadi. Ular yaxshi kulf lanishi va
postdagi xamshiralar tomonidan nazorat qilinishi lozim. Dorilar shkafda guruhlar buyicha (steril, ichki, tashki dorilar)
alohida javonlarda joylashtiriladi. Har bir javonda tegishli yozuv bo‘lishi kerak. Javonlardagi dorilarni ularning turiga
qarab joylashtirish zarur. Orqa tomoniga yirikroq idishlar, old tomoniga maydaroqlari qo‘yiladi. Bu har bir etiketkani
o‘kish va kerakli dorini olishga imkon beradi. O‘tkir hidli dorilar (yodofrom, lizol va boshqalar) va oson alangalanadigan
moddalar (spirt, efir) alohida saqlanishi kerak. Bog‘lov materiali, shpritslar va bemorlarga qarash uchun ishlatiladigan
boshqa vositalar dorilardan alohida saqlanishi lozim. Dorilarning saqlanishi ko‘p sabablarga, shakliga (poroshoklar,
tabletkalar, miksturalar), xona harorati va namligiga, yorug‘lik tushishiga, og‘zining kanday mahkamlanganligiga bog‘liq.
Nastoykalar va damlamalar tezrok buziladi, shuning uchun ularni salqin joyda, yaxshisi sovitgichda saqlash lozim.
Vaksinalar, zardoblar, antibiotiklar ham shu erda saqlanadi. Spirtli va efirli eritmalar bug‘lanib, natijada dori moddasi
birmuncha quyuqlashib qolishi va dozasi oshib, organizmni zaharlashi mumkinligini unutmaslik kerak. Malham dori va
turli xil sharoitda tayyorlangan dorilar bir muncha tez ayniydi. Ular salqin joyda saqlanishi kerak. YOruglikda
parchalanadigan moddalar (kumush nitrat, yod, brom) to‘q, rangli shishalarda beriladi va korong‘u joyda saqlanadi.
Bo‘limda dorilar 3—4 kun saklanishi mumkin. Zaharli va kuchli ta’sir qiladigan dori moddalari alohida sharoitda
saqlanishi lozim. Ular uchun unchalik katta bo‘lmagan seyflar mavjud, ularning ichki devorida saklanishi lozim bulgan
dorilar ro‘yxati osib qo‘yiladi.
A shkafda zaharli moddalar (narkotiklar, strixnin, mishyak), B shkafda esa kuchli
ta’sir etadigan (kodein, adrenalin), uxlatadigan moddalar turadi. Zaharli va kuchli ta’sir etadigan dorilar sarfini
hisoblash uchun ikkita 'daftar bo‘ladi, bu daftarlar nomerlangan, ip o‘tkazilgan va shu davolash muassasining
surgach muhri bilan muhrlangan bo‘lishi kerak. Zaharli va kuchli dorilar, shuningdbk ularni hisoblash daftari
ularning to‘liq saqlanishiga kafil bo‘la oladigan sharoitlarda saqlanishi kerak. Zaharli va kuchli ta’sir qiladigan
dorilarni noto‘g‘ri saklagan va talon-taroj qilgan tibbiy xodimlar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Dorilar har bir
bo‘limda turlicha tarqatiladi. Uyacha- larga bo‘lingan qutichalardan foydalanish ham mumkin, ularning tubida
bemorning ismi-sharifi yozilgan va dori oldindan solib qo‘yilgan bo‘ladi. Hamshira dorilarni palatalarga shu
tartibda tarqatadi. Ba’zan ko‘chma stolchalardan foydalaniladi, ularda hamma dorilar, suv solingan grafin,
pilyula va tabletkadarni tarqatish uchun pinset, tomchi dorilar uchun toza pipetkalar va suyuq dorilar uchun toza
menzurkalar qo‘yilgan bo‘ladi. Hamshira shu joyning uzida ichiradi. Dori berishdan oldin hamshira uni
sinchiklab ko‘zdan kechiradi, dozasini ko‘rsatmalarga muvofiqligini tekshiradi va hokazo. Dori-darmonli
barcha shkaflar qulf-kalitli bo‘lishi, kaliti postdagi hamshirada saqlanishi lozim. Vaksinalar, zardoblar,
antibiotiklar, suvli nastoykalar va damlamalarni maxsus ajratilgan sovitgichda ma’lum haroratda saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: