14-Mavzu: Kichik korxonani muvaffaqiyatli tashkil etishning asosiy omillari Muvaffaqiyatni belgilaydigan omillarni bilish, ishtirokchilarga nafaqar biznes bilan shug'ulianishga tayyorligi va ayni vaqidagi nuqtayi nazardan o'zlarini baholashga imkon beradi, balki, shuningdek, o’zini ish bilan band etish masalasini mustaqil yechish uchun tayyorlanishga va kerakli narsalami yig'ib qo'yishga ham imkon beradi.
Erkin bozor iqtisodiyotida tadbirkor biznesini shakllantirishi ushbu jarayonning eng muhim tarkihiy qismi ekanligi ta'kidlab o'tiladi. U o'zining korxonasini barpo etish va faoliyarini tashkil qilish borasida tashabbus va tavakkalni o'z zimmasiga oladi. Bu tuzilmaning quyida ko'rsatilgan to'rt omili yoki komponertining barchasi tadbirkorning nazorati ostida bo'lishi lozimligi, ya'ni ikki yoki hatto uch komponentning mavjudligi — muvaffaqiyatga erishish uchun eng yaxshi retsepi emasligini ham qayd etib o'tish lozim. To'rt komponentga ham ega bo'lish yoki ularni rivojlantirish mumkinligiga e'tibor berilmog'i kerak.
Kichik korxonani tashkil qilish ishida tadbirkor eng muhim figuradir. U potensial xaridorlar uchun u yoki bu qiymatlarni yaratadigan korxonani tashkil qilish va (yoki) boshqarishda tashabbus va tavakkalni o'z zimmasiga oladi.
Samarali faoliyar yuriladigan kichik korxona tashkil qilishda muvaffaqiyatga erishishning oddiy formula yoki relseptlari mavjud emas. Muvaftaqiyat, bozorda ochilayotgan imkoniyatlarni yorilish va ularni amalga oshirish yo'nalishida iste'molchilar uchun qiziqarli bo'ladigan biron narsa yaratish maqsadida zarur resurslarni safarbar qilish hamda bunga yo'ldosh bo'ladigan tavakkalni o'ziga ola bilish orqali, izchil harakat qilishga imkon beruvchi maxsus qobiliyatlar mavjudligiga bog’liq.
Ammo yuqorida nima deyilganidan qat'i nazar, MQG'R modelining quvida sanab o'tilgan komponemlari muvaffaqiyatga erishishning hal qiluvchi omillaridir:
• manfaatdorlik va qat'iyailik;
• qobiliyatlar mavjudligi;
• g'oya va tegishli bozorning mavjudligi;
• resurslarning borligi.
Yuqorida sanab o'tilgan komponentlarni amalga oshirish uchun reja bo'lishi kerak. Undan tashqari korxona tashkil qilingan paytdan boshlab, uni boshqarish zarur.
Qanday qilib, tadbirkor bo'lish mumkin? Qanday qilib, men muvaffaqiyatli korxonani barpo etishim mumkin? Odamlar ko'pincha shunday savollarni berishadi. Agarda siz shu savollarga javoblarni bilsangiz, demak, siz bir zumda multimillioner bo'lib qolishingizga va ayni paytda, butun dunyoga tanilgan odam bo'lishingizga imkon bor.
Afsuski, hanuzgacha bu borada oddiy javoblar yoki relseptlar paydo bo'lmadi. Shunga qaramasdan, kitobiy manbalar, kuzatuvlar va tajribadan ma'lum bo'lishicha, muvaffaqiyat, bozorda ochilayolgan imkoniyatlarni yoritish va ularni amalga oshirish yo'nalishida iste'molchilar uchun qiziqarli bo'ladigan biron, narsa yaratish maqsadida zarur resurslarni safarbar qilish hamda bunga yo'ldosh bo'ladigan tavakkalni o'ziga ola bilish orqali, izchil harakat qilishga imkon beruvchi maxsus qobiliyatlar mavjudligiga bog'liq. Bu — biznes kontekstidagi tadbirkorlikning asl mazmunidir.
MQG'R — manfaatdorlik, qobiliyatlar, g'oya, resurslar so'zlarining qisqartniasi.
Tadbirkor — bulun jarayonning eng muhim tarkibiy qismidir. U potential xaridorlar uchun u yoki bu qiymatlarni yaratadigan korxonani tashkil qilish va (yoki) boshqarishda tashabbus va tavakkalni o'z zimmasiga oladi. Tadbirkorning bu ishni muvaffaqiyatli amalga oshirib borish qobiliyati to'rt omilga. aniqrog'i manfaatdorlikka, qobiliyatga, g'oyalarga va resurslarga bog'liq. Bu omillarning qisqanirilgan ifodasi — MQG'R, shu omillarni esda saqlab qolishingizda si