1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə7/65
tarix05.12.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#72400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   65
1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik

Dehqon xo'jaligi


Dehqon xo'jaligi ichki iste'mol va mayda tovar qishloq xo'jaligi mahsuloti yetishtirish bilan bog'liq tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi. O'zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan «Dehqon xo'jaligi to'g'risida» gi Qonuniga ko'ra, dehqon xo'jaligining faoliyati tartibga solinadi.
Dehqon xo'jaligi oilaviy mayda tovar xo'jaligi bo'lib, oila a'zola-rining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig'iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo'jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi.
Dehqon xo'jaligini yuritishdan ko'zda tutilgan maqsad, dehqon manfaati nuqtayi nazaridan, ichki iste'mol va tovar mahsuloti yaratish, shuningdek, boshqa faoliyat turlari orqali o'zi va oilasining moddiy farovonligini taminlashdir.
Dehqon xo'jaligining asosiy vazifasi qishloq aholisini foydali mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish orqali ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanishga erishish, shu asosda eng kam sarf-xarajat birligi evaziga mahsulot yetishtirishni har tomonlama ko'paytirishdan iborat. Shuningdek, yer resurslaridan unumli foydalanish, mamlakat aholisining oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyojini qondirishda, o'zi joylashgan hududning ijtimoiy rivojlanishini ta'minlashda ishtirok etish kabi bir qator vazifalarni yechishga ham dehqon xo'jaliklari o'z hissalarini qo'shishlari lozim.
Dehqon xo'jaligi qishloq xo'jaligi sohasida faoliyal yurituvchi tadbirkorlik shakllaridan biri sifatida bir qator afzalliklarga ega:
• ishlab chiqarish hajmining kichikligi bozordagi talab va taklif nisbatiga tez moslashish hamda ko'p mablag' sarflamay, o'z faoliyati yo'nalishlarini qayta shakllantirish imkonini beradi;
• oila mehnatiga tayanish uy bekalari, qariyalar va bolalar mehnatidan ham unumli foydalanish hamda asrlar davomida shakllanib kelgan dehqonchilik madaniyatining avloddan avlodga o'tib borishiga sharoit yaratadi;
• xususiy mulk egaligi hamda yerning meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalikka berilishi mulkdan oqilona foydala­nishga yo'l ochadi.
Dehqon xo'jaligi ichki iste'mol va mayda tovar qishloq xo'jaligi mahsuloti yetishtirish bilan bog'liq hamda xo'jalik a'zolarining shaxsiy mehnatiga asoslangan tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi.
Dehqon xo'jaligi qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining qonunlarda taqiqlanmagan bar qanday tun, shuningdek, qishloq xo'jaligi mahsulotini qayta ishlash va sotish bilan shug'ullanishga haqli. Dehqon xo'jaligi tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy jihatdan o'ziga xos xususiyatlarga ega (5.2.1-jadval).
Posyolka, qishloq va ovul fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari bar bir dehqon xo'jaligini xo'jalik kitobiga kiritib, unda dehqon xo'jaligining tarkibi, xo'jalik boshlig'i yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs, shuningdek, xo'jalikning tashkiliy-huquqiy shakli (yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan) to'g'risidagi ma'lumotlami qayd etib qo'yadi.
5.2.1-jadval

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin