Hamkorlikning afzalliklari: — yakka tadbirkorlikdagi kabi hamkorlikdagi biznesni tashkil etish ham birmuncha oson kechadi;
— ishtirokchilar sonining ko'pligi boshqaruvda ixtisoslashuv imkoniyatini yaratadi;
— bir nechta sheriklarning resurslarini birlashtirish oqibatida korxonaning moliyaviy barqarorligi kuchayadi va kredit beruvchi muassasalardan qarzga mablag'lar jalb erish imkoniyati kengayadi.
Hamkorlikning kamchilikiari: — korxonani boshqarishda bir nechta kishi ishtirok etganda, boshqaruv qarorlari qabul qilishda fikrlar va manfaatlarning mos kelmasligi, o'zaro kelishmovchiliklar hamda ayrim sheriklarning mas'uliyatsizligi biznesning muvaffaqiyatli rivojlanishiga xalaqit qilishi mumkin;
— garchi yakka mulk egaligiga nisbatan moliyaviy imkoniyatlar kengroq bo'lsa-da, biznes doirasini kengaytirish va yirik loyihalarni amalga oshirish uchun mablag’ yetishmasligi mumkin;
— hamkorlikning davomiyligini oldindan bashorat etib bo'lmaydi, bir yoki bir nechta sherikning biznesdan chiqishi korxona faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi;
— hamkorlikda biron-bir sherikning uquvsizligi yoki mas'uliyatsizligi natijasida ko'rilgan zarar uchun barcha sheriklar birdek moddiy javobgar bo'lishadi.
Korporatsiya biznesni alohida shaxslar yoki mulk egalaridan alohidalashtirilgan tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi. Korporatsiya (masalan, aksiyadorlar jamiyati) ishtirokchilari uning majburiyatlari bo'yicha javob bermaydilar va korporatsiya faoliyati bilan bog'liq zarar uchun o'zlariga qarashli aksiyalar qiymati doirasida javobgar bo'lishadi. Korporatsiya uning mulkdorlaridan alohida yuridik shaxs maqomidagi korxona hisoblanadi.
Korporatsiyaning afzalliklari: — korporatsiya biznesni tashkil etishning ancha mukammal shakli bolib, yirikligi va faoliyat doirasining kengligi bilan xarakterlanadi;
— korporatsiyalar qimmalli qog'ozlar bozorida aksiya va obligatsiyalarini sotish orqali ko'plab uy xo'jaligi egalarining mablag'larini jamlash va ishlab chiqarishni kengaytirishga sarflash imkoniyatiga ega bo'ladilar:
— korporatsiya uchun cheklangan javobgarlik xosdir, ya'ni uning mulkdorlari (aksiyadorlar) faqatgina sotib olingan aksiyalar qiymatiga mos bo’lgan miqdorda tavakkalchilik qiladilar (kreditorlar korporatsiya mulkdorlariga emas, yuridik shaxs sifatida uning o'ziga da'vo qo'zg'atishi mumkin):
— korporatsiva hajmining kattaligi inson resurslaridan fovdalanishda chuqur ixtisoslashuvni ta'minlash va ko'proq samaradorlikka erishishga yo'l ochadi;
— korporaisiya mulkdorlardan alohida yuridik shaxs bolgani sababli mulkdorlardan biri yoki bir nechtasi aksiyalarini sotish orqali korxonadan chiqishi uning faoliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi, shu tufayli u barqaror rivojlanish xususiyatiga ega.