1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik


Korporatsiyaning kamchiliklari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə16/65
tarix05.12.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#72400
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65
1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik

Korporatsiyaning kamchiliklari:
— korporatsiyani ta'sis etish va ro'yxatdan o'tkazish yakka mulk egaligi yoki bamkorlikka nisbatan ancha murakkab jarayon hisoblanadi;
— yakka tadbirkorlik va hamkorlikda mulk egalari korxonani boshqarish va qarorlar qabul qilish jarayonida bevosita ishtirok etish va uni nazorat qilish imkoniyatiga ega bo'lsalar, korporatsiyada mulk egaligi va boshqaruv funksiyalari bir-biridan ajratilgan bo'ladi, ya'ni aksiyadorlar korxonani boshqarish jarayoniga sezilarli ta'sir ko'rsatolmaydi:
- aksiyadorlar va yollanma boshqaruv apparatining manfaatlari har doim ham mos kelmasligi mumkin (masalan, aksiyadorlar foydaning ko'p qismi dividend tariqasida taqsimlanishini yoki kelgusida korxonani rivojlantirish maqsadlarida qayta investitsiyalashni xohlasalar, boshqaruv xodimlari korxonaning daromadlari hisobidan lavozim maoshlari hamda turli mukofotlarni oshirishga moyil bo'ladilar);
— korporatsiya boshqaruvchilari manfaatlari yo'lida aksiyadorlar manfaatiga ziyon keltiradigan qarorlar qabul qilishi ham mumkin va h.k.
Korporatsiyalar ko'proq yirik biznes uchun xosdir va ayrim holatlarda ishlovchi xodimlar soniga ko’ra, kichik tadbirkorlik turiga (masalan, yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari) kiritilishi ham mumkin.
Ko'rinib turibdiki, har bir tadbirkorlik shaklining o'ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Ularni bilish tadbirkor uchun foydadan xoli emas.
Kichik tadbirkorlikning faoliyat yo'nalishi bo'yicha (ishlab chiqarish yo'nalishidagi, xizmat ko'rsatish yo'nalishidagi, tijorat yo'nalishidagi, moliyaviy yo'nalishdagi, konsalting yo'nalishidagi va h.k.) va tarmoq tarkibi bo'yicha (sanoat sohasidagi, qishloq xo'jaligi sohasidagi, savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi, maishiy xizmat ko'rsatish sohasidagi, transport va aloqa sohasidagi, uy-joy va kommunal xo'jalik sohasidagi, qurilish sohasidagi, tijorat va moliya sohasidagi va boshqa sohalardagi) shakllari mavjud.


Tayanch so'z va iboralar

Korxona, jismoniy shaxs, yuridik shaxs, tadbirkor, yuridik shaxs tashkil qilingan holda tadhirkorlik, yakka tartibdagi tadbirkorlik: jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil elmagan holdagi birgalikdagi tadbirkorligi, oilaviy tadbirkorlik, oddiy shirkat, xususiy korxona, dehqon xo'jaligi, fermer xo'jaligi, to’liq shirkat, kommandit shirkat, mas'uliyati cheklangan jamiyat, qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat, aksiyadorlar jamiyati (ochiq va yopiq turdagi) ishlab chiqarish kopperativlari, unitar korxona, kichik tadbirkorlik subyektlari; yakka tartibdagi tadbirkorlar; mikrofirmalar: kichik korxonalar, mulki shakli bo'yicha kichik tadbirkorlik subyektlari; yakka mulk egaligi; hamkorlik; korporatsiya, kadrlar, personal, mehnat salohiyati, mehnat resursi, ishchi kuchi, korxona personali, kasb, malaka, kadrlar siyosati.





Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin