NAZORAT SAVOLLARI
1. “Korxona” tushunichasining mohiyati nimadan iborat?
2. Korxonaning turli belgilari va xususiyatlariga ko'ra tavsiflab bering.
3. Korxona faoliyatining asosiy yo'nalishlari nimalardan iborat?
4. Qanday shakldagi korxonalarni (huquqiy, tashkiliy, mulkiy) bilasiz?
5. Ularning bir-biridan asosiy farqlari nimalardan ibtorat?
6. Qanday tadbirkorlik subyektlarini kichik korxonalar deb atash mumkin?
7. Kichik tadbirkorlik subyektlarini afzalliklari va kamchiliklarini aytih bering.
8. Korxona faoliyatida inson omili qanday rol o'ynaydi?
9. Korxuna faoliyatida kadrlar siyosati deganda nimani tushunasiz?
5-6 mavzu Biznesda tadbirkorlik foydasini anglash
Iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga doir dastlabki tad-qiqotlar XVIII asrda R. Kontilon, A. Tyurgo, F. Kene, A. Smit va J.B. Sei asarlarida amalga oshirila boshlandi. Biroq hozirga qadar jamoatchilik fikrida «tadbirkorlik» tushunchasining ko'p ma'noliligi saqlanib qolmoqda. Ko'pincha ilmiy adabiyotlarda ushbu tushuncha haqida, bu favqulodda hodisaning iqtisodiy, tashkiliy va ruhiy tavsiflari to'plamidan iborat, degan tasawurlar mavjud.
Dastlabki bosqichlarda tadbirkorlikning eng muhim alomati biron bir shaxs-tadbirkor faoliyatining foydali yoki zararliligini belgilovchi noaniqlik omili sifatida baholangan. Tadbirkorlikning ijtimoiy-iqti-sodiy vazifasi turli bozorlarda talab bilan taklif orasida muvozanat o'rnatishga doir takomillik faoliyatidan iborat deb tan olingan.
Keyinchalik «sarmoya egasi» va «tadbirkor» tushunchalari bir-biridan farqlana boshlandi. Tadbirkor sarmoyaning muomalada yuritishni, ko'payib borishini ta'minlaydi va bu borada u «venchur» sarmoyador, ya'ni jalb qilingan moliyaviy mablag'larni ustalik bilan tasarruf etuvchi shaxs sifatida ishni yuritib yuborishga o'z g'oyalari, bilimi va ko'mkmalarini tatbiq qilib, ko'p foyda olish maqsadida o'sha mablag'larni tavakkal ishlarga sarflaydi.
«Biznes» so'zi inglizcha bo'lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so'z bilan aytganda, kishilarni foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir.
«Biznesmen» (tadbirkor) atamasi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo'lib, u «mulk egasi» degan ma'-noni bildiradi. Jumladan, Adam Smit tadbirkorni mulk egasi sifatida ta'riflab, uni foyda olish uchun qandaydir tijorat g'oyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka boradigan kishidir, deb ta'kidlaydi. Tadbirkorning o'zi, o'z ishini rejalashtiradi, ishlab chiqarishni tashkil etadi, mahsulotni sotadi va olgan daromadiga o'zi xo’jainlik qiladi.
Biznes – bu avvalo, ishlab chiqarishni tashkil etish, iqtisodiy faoliyat va munosabatlar, hayotning o'zi, so'ngra esa pui ismasn demakdir. Biznes - bu xorijiy so'z bo'lib, u butun dunyo bo'yicha tarqalgan, undan barcha mamlakatlarda foydalanadilar. O'zbek tilida esa biznes so'zi tadbirkorlik, biznesmen esa tadbirkor demakdir. O'zbekcha so'z xorijiy so'zga to'g'ri keladi, lekin unga qo'shimcha ma'no ham beradi. Bu so'zlar ortida «ish», ya'ni ish bilan shug'ul-lanish yoki korxona tashkil qilish yotadi. Shunday qilib, biznes — bu korxona tashkil qilish demakdir (sanoat korxonasi, savdo do'koni, xizmat ko'rsatish korxonasi, auditorlik kontorasi, advokat idorasi, bank va h.k.). Demak, biznes — bu yo'q narsadan pul qilish emas, balki murakkab ishlab chiqarishni yoki xizmat ko'r-satishni tashkil etish demakdir. Tadbirkorlik — bu doimo o'z ishi-ning fidoyisi, bilimdonidir. Tadbirkorlik uchun o'qish kerak, nafa-qat, dastlabki paytlarda, balki tadbirkor bir umr o'qishi, izla-nishda bo'lishi kerak.
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos iqtisodiy faoliyatdir. Boshqacha aytganda, u muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni tashkil etish bo'yicha mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir.
O'zbekiston Respublikasi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi Qonunida tadbirkorlik faoliyati tushun-chasiga quyidagicha ta'rif berilgan: «Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) — tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o'z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat».
Tadbirkorlikning mohiyati quyidagilar orqali yanada oydinlashadi:
Dostları ilə paylaş: |