1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə14/65
tarix05.12.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#72400
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65
1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik

4. Direktorlar. Tadbirkorlar korxonalarga tadbirkorlik maqsadlariga erishish bo'yicha g'oyalarni shakllantirish orqali direktorlar sifatida qatnashadilar.
5. Tashkilotchilar. O’z korxonasidagi jarayonlarni tadbirkor samarali nazorat qila bilishi uchun hamda xodimlari bilan aloqalarni yengillashtirish uchun, u korxonasida ma'lum bir tashkiliy tuzilmaga ega bo'lsa yaxshi bo'ladi. Bunday tashkiliy tuzilmalar turlari ham rasmiy, ham norasiniy, jumladan, quyidagicha bo'lishi mumkin:
a) oila a'zolari turli lavozimlarga tayinlanishi mumkin bo'lgan tuzilmalar;
b) kichik korxona faoliyatini ta'minlash uchun ishga qabul qilingan yordamchilar ma'muriy lavozimlarga tayinlanadigan tuzilmalar
6. G'oyalar ijodkorlari. Tadbirkorlar biznesga yangi g'oyalar bilan kirib kelishadi. Bu — tadbirkor faoliyati doirasining muhim yo'nalishidir, chunki bu biznesni kengaytirish imkoniyatlarini, masalan, yangi konstruksiyalar, tovarlarni qo'llash variantlari orqali belgilaydi.
7. Tavakkal izlovchilari. Tadbirkorlar biznesni amalga oshirish tavakkalchiligini o'z zimmalariga oladilar, masalan, muvaffaqiyatga ham, hamkorlikka ham erishish imkoniyati teng bo'lgan korxonalarni barpo etadilar. Oz shaxsiy biznesini tashkil etish foydasiga ishonchli ish o'rnini rad etish ham katta tavakkalchilikni o'z zimmasiga olishni nazarda diladi.
8. Rejalashtirish. Rejalashtirish va rejalastirishdan kelib chiqadigan cheklovlarning muhimligi yuqorida keltirilgan matnlarda yaqqol ko'rinib turibdi.
9. Nazorat. Tadbirkorlar izdoslidan ko'ra, ko'proq yetakchidir; ular yakuniy qaror qabul qiladilar va biznesni amalga oshirilishining barcha jabhalarini nazorat qiladilar.
10. Muvofiqlashtirish. Tadbirkorlar biznes doirasidagi barcha ishlab chiqarish omillarini, masalan, moliya, mehnat va yer munosabatlarini muvofiqlashtirishlari lozim.


4- Mavzu: Kichik korxonalar

Kichik tadbirkorlik subyektlari quyidagilardir:


• yakka tartibdagi tadbirkorlar;
• mikrofirmalar;
• kichik korxonalar.
Mikrofirmalar qatoriga ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo'lgan xodimlarining o'rtacha yillik soni ko'pi bilan yigirma kishi, xizmat ko'rsatish sohasidagi va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo'lgan xodimlarining o'rtacha yillik soni ko'pi bilan o'n kishi, ulgurji va chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band bo'lgan xodimlarining o'rtacha yillik soni ko'pi bilan besh kishi bo'lgan korxonalar kiritiladi.
Kichik korxonalarga tarmoqqa oidligiga ko'ra, quyidagi korxo­nalar kiritiladi:
• yengil va oziq-ovqat sanoatidagi, metallga ishlov berish va asbobsozlik, sog'ochsozlik, mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatidagi, band bo'lgan xodimlarining o'rtacha yillik soni ko'pi bilan yuz kishi bo'lgan korxonalar;
• mashinasozlik, metallurgiya, yonilg'i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo'lgan xodimlarining o'rtacha yillik soni ko'pi bilan ellik kishi bo'lgan korxonalar:
• fan, ilmiy xizmat ko'rsatish, transport, aloqa, xizmat ko'rsa­tish sohalari (sug'urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalaridagi, band bo'lgan xodimlarining o'rtacha yillik soni ko'pi bilan yigirma besh kishi bo'lgan korxonalar.
Kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining o'rtacha yillik sonini aniqlashda unitar (shu'ba) korxonalarda, filiallarda va vakolatxonalarda ishlovchilarning soni ham hisobga olinadi.
Faoliyatning bir necha turini amalga oshirtivchi (ko'p tarmoqli) yuridik va jismoniy shaxslar yillik aylanma hajmida ulushi eng ko'p bo'lgan faoliyat turi mezonlari bp'yicha kichik tadbirkorlik subyektlariga kiradi.
Kichik tadbirkorlik subyektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda - tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar yuqorida sanab o'tilgan tijorat tashkilotlariga ular tomonidan vakolatli tashkilotlarga (davlat soliq, bojxona xizmati organlari, davlat statistika organlari, banklar va boshqalarga) imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar xususiyatidan kelib chiqib, kichik tadbirkorlik subyektlari ekanligi haqida xabarnoma taqdim etgan holda qilingan murojaatlar asosida beriladi.
Mulkiy shakli bo'yicha kichik tadbirkorlik subyektlari shartli ravishda quyidagicha guruhlanadi:
yakka mulk egaligi (yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo'jaliklari, xususiy korxonalar):
hamkorlik (xo'jalik shirkatlari, mas'uliyati cheklangan va qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat. termer xo'jaliklari va boshq.);
korporatsiya (aksiyadorlik jamiyati).
Yakka mulk egaligi o'z manfaatlari yolida biznesni mustaqil tashkil etish imkonini beradi. Uning afzalliklari quyidagilarda ko'rinadi:
— yakka mulk egaligiga asoslangan tadbirkorlikni tashkil etish nisbatan oson kechadi, ya'ni ularni davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga qo'yish hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi yengil;
— yakka mulk egasi o'z biznesiga o'zi xo'jayin va muslaqil xo'jalik yuritish hamda qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega.
Ammo shu bilan birga, uning kamchiliklari ham mavjud:
— ko'p holatlarda yakka tadbirkorning keyinchalik o'z biznesini kengaytirish va ko'proq daromad topish imkoniyatiari moliyaviy jihatdan cheklangan bo'ladi;
— moliyaviy resurslarning cheklanganligi sababli tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassasalar ko'p holatlarda yakka tadbirkorlar bilan hamkorlik qilishga moyil bo'lmaydi;
— yakka mulk egasi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish bilan bog'liq barcha vazifalarni (xodimlorni yollash va boshqarish, moddiy ta'minot, mahsulotni sotish. ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini tashkil etish, mablag'larni jalb elish. buxgalteriya hisobi va hisobot shakllarini yuritish va h.k.) bir o'zi bajarishiga to'g'ri keladi va bular uning ko'p vaqtini band etadi:
— yakka tadbirkorlik subyekti cheklanmagan javobgarlikka ega bo'ladi, ya'ni noto'lovlar vujudga kelganda kreditorlar; uning shaxsiy, mulkiga ham da'vo qo'zg'atishi mumkin.
Hamkorlik, biznesni, tashkil etishning yakka tadbirkorlikka nisbatan mukammalroq shakli hisobianadi. Hamkorlikda ikki yoki undan ortiq sheriklar korxona tashkil etish va uni birgalikda boshqarishga kelishib olishadi. Bunda ular korxonani ta'sis etish jarayonida o'zlarining moliyaviy mablag'larini va ishbilarmonlik qobiliyatlarini ham birlashtirishadi. Shu bilan birga, biznesni yuritish bilan bog'liq tadbirkorlik xatari hamda foydayoki zararlami o'zaro taqsimlaydilar. Korxona faoliyatida ishtirok eiishiga ko'ra, hamkorlar turlicha mavqega ega bo'lishadi. Ajrim hollarda hamma sheriklar biznesni boshqarishda birdek faol ishlirok etishsa, boshqa holatlarda bir nechta sheriklar boshqaruvda ishtirok etmasligi mumkin (masalan, kommandit shirkatda).

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin