1. O’z-o’zini band qiluvchilar. Bu — barcha ishlarni o'zi bajarib, butun foydani ham o'zi boshqaradigan shaxslar. Bunga oilaviy do'konlar, agentlar, ta'mirlash ustalari, hisobchilardan boshlab, shifokorlar va huquqshunoslargacha barchasi kiradi. Bu tadbirkorlar to'liq bandlik sharoitida ishlashadi, chunki boshqa hech kim ularning korxonasiga jalb etilmagan.
2. Tavakkalga moyil tadbirkorlar. Yangi korxonalami barpo etib, yangi xodimlarni yollash imkoniyatiga ega bo'lish uchun ularni imkoni boricha tez sur'atlar bilan kengaytiradiganlar. Ko'p hollarda bu qo'shimcha xodimlar ta'sischi ega bo'lmagan zarur tajribaga ega bo'lishadi.
3. Ixtirochilar. Ayniqsa, yaqqol ifodalangan ixtirochilik qobiliyatlariga ega bo'lganlar, eng yaxshi tovarlami o'ylab topadilar, so'ng ularni tatbiq etuvchi, ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniyalarni tashkil etishadi. Shu turdagi yuqori texnologiyalarga asoslangan kompaniyalar yangi yo'nalish bo'lmoqda.
4. Takrorlovchilar Muallifi boshqa shaxslar bo'lgan g'oyalarni izlovchilar va o'zgalar modelidan foydalanib, o'z shaxsiy korxonalarini barpo etadiganlar. Franchayzing yoki bitta firmaning bir toiladagi chakana do'konlari slumday yondashuvning misolidir.
5. Ish hajmi doirasida iqtisod ijodkorlari. Chegirmali narxlar laklif etish natijasida katta sotuvlar hajmidan va juda past ustama xarajatlar bilan ish yuritishdan yutib chiqadiganlar.
6. Sotib oluvchilar. Boshqalar yaratgan biznesni olib ketuvchi va uning muvaffaqiyati uchun shaxsiy g'oyalarini tatbiq etuvchilar. Bu hol ko'pincha “ilib olinadigan” korxona moliyaviy muammolarga ega bo'lganda sodir bo'ladi. Yangi boshqaniv g'oyalari korxonani qutqarib qolishi mumkin.
7. Oldi-sotdi bo'yicha mutaxassislar. Kompaniyalarni foyda bilan sotishdan oldin undagi vaziyatni yaxshilash uchun uni solib oladiganlar.
8. Chayqovchilar. Tovarni sotib olib, uni foyda bilan qaytib sotadiganlar, Ko'chmas mulk, san'at buyumlari, antikvar buyumlar va don mahsulotlari odatdagi chayqovchilik obyektlaridir (bozor iqtisodiyotida bu tushuncha salbiy ma'noga ega emas).