Keyingi yillarda qishloq xo'jaligida tez sur'atlar bilan rivojlanayotgan tadbirkoriik shakllaridan biri fenner xo'jaliklaridir.
Fermer xo'jaligi o'ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi bilan shug'ullanuvchi fermer xo'jaligi a'zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs, huquqlariga ega mustaqil xo'jalik yuritish subyekti hisoblanadi.
Fermer xojaligi uni tuzayotgan a'zolar xohishiga ko'ra, ixtiyoriy ravishda, o’zishlab chiqarishini belgilangan qonunchilik doirasida yuqori foyda olishni ko’zlab tashkil etiladi.
Fermer xo'jaligi qishloq xo'jaligida xo'jalik yuritishning shakllaridan biri sifatida o'ziga xos bo'lgan ijtimoiy-psixologik, tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy xususiyatlarga ega bo'lib, buni quyidagi jadvalda yaqqolroq ko'rish mumkin (5.2.2-jadval).
Fermer xo'jaligining xususiyatlari
I.
Ijtimoiy-psixotogik jihatdan
Jamiyatning boshlang'ich bo'g'ini — oila va unga xos bo'lgan axloqiy-tarbiyaviy qadriyatiarga hamda shaxsiy manfaatdorlik, xususiy tashabbuskorlik va tadbirkorlik erkiniigiga tayanuvchi aholining ijtimoiy qatlami.
2.
Tashkiliy-huquqiy jihatdan
Yuridik shaxs maqomiga (o'z balansi. hisob raqami, muhri va boshq.) ega bo'lishi shart.
3
Mehnat munosabatlari jihatidan
Xo'jalikda a'zolar mehnati bilan birgalikda yollanma mehnatdan foydalanishi mumkin.
4.
Ishlah chiqartsh
yo'nalishi jihatdan
Ishlab chiqarish qisman ichki iste'molga va asosan bozorga yo'naltirilgan tovar xo’jaligi.
5
Mulkiy munosabatlar
jihatdan
Ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik. Yermaydoni uzoq muddatli ijaraga beriladi, ijara miiddatidaijara huquqini meros qilib qoldirish mumkin.