1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi



Yüklə 239 Kb.
səhifə3/29
tarix15.04.2023
ölçüsü239 Kb.
#98533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Титульный

8-modda. Hisobdorlik
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hisobdordir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Markaziy bankning yillik hisobotini auditorlik tashkilotining xulosasi bilan birga ko‘rib chiqadi.
9-modda. Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlari
Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha jismoniy va yuridik shaxslar ijro etishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlari, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
10-modda. Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi
Markaziy bank yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimidir.
Markaziy bank o‘zining vakolatlarini amalga oshirish va vazifalarini bajarish uchun o‘z tasarrufida tashkilotlar tashkil etishga haqli.
Markaziy bank Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan hududiy bosh boshqarmalarini tashkil etadi.
Markaziy bank tasarrufidagi tashkilotlar o‘z faoliyatini Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadigan nizom (ustav) asosida amalga oshiradi.
2-bob. Markaziy bankning vakolatlari va vazifalari
11-modda. Markaziy bankning vakolatlari
Markaziy bank:
O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarni amalga oshirish qoidalarini belgilaydi;
bank tomonidan milliy va chet el valyutasida mijozlarning hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida pul belgilarini muomalaga kiritadi va muomaladan chiqaradi;
qimmatbaho metallardagi aktivlarni to‘ldirish uchun davlatning affinlangan oltin sotib olishga bo‘lgan ustuvor huquqini amalga oshiradi;
qimmatbaho metallardan tayyorlangan quymalarni muomalaga chiqaradi;
qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini sotib olish va sotish tartibini belgilaydi;
banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibini belgilaydi;
o‘zi belgilaydigan tartibda va shartlarda banklarga qisqa muddatli kreditlar, shuningdek likvidlilikni tezkor sur’atda qo‘llab-quvvatlash uchun kreditlar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
banklar faoliyatini litsenziyalashda, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazishda, shuningdek banklar, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari, lombardlar va banklar guruhlari faoliyatini tartibga solish hamda nazorat qilishda asoslantirilgan mulohazadan foydalanadi;
(11-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizom (10.02.2020-y., ro‘yxat raqami 3219).
o‘z vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni davlat organlari va tashkilotlaridan so‘rab oladi;
o‘z balansida aks ettirilgan mol-mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi;
o‘z tasarrufidagi tashkilotlarni, shu jumladan valyuta birjasini tashkil etadi;
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiradi, shu jumladan chet el hukumatlariga, boshqa davlatlarning markaziy banklariga bank xizmatlarini ko‘rsatadi;
boshqa davlatlarning markaziy banklarida va xalqaro moliya institutlarida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini o‘z vakolatlari doirasida ifoda etadi;
chet davlatlarda vakolatxonalar ochadi;
obligatsiyalar emissiyasini amalga oshiradi;
o‘z nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi nomidan kliring va to‘lov bitimlari tuzadi;
Oldingi tahrirga qarang.
banklardagi, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlardagi, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlaridagi va lombardlardagi qoidabuzarliklarni aniqlash yuzasidan nazorat tadbirlarini amalga oshiradi, shu jumladan masofadan turib ham amalga oshiradi;
(11-modda birinchi qismining o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
banknotalar va tangalar tasvirlarini aks ettirishga doir talablarni belgilaydi;
banklar uchun hisobvaraqlar ochadi;
autrayt (spot va forvard) sotib olish va sotish yoki kelishuvga binoan qaytarib sotib olish yo‘li bilan, shuningdek bozor vositalarini, valyutalarni va qimmatbaho metallarni kreditlash yoki jalb etish yo‘li bilan moliya bozorlarida faoliyatni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 239 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin