1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Markaziy bank boshqaruvining majlislari



Yüklə 239 Kb.
səhifə8/29
tarix15.04.2023
ölçüsü239 Kb.
#98533
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Титульный

21-modda. Markaziy bank boshqaruvining majlislari
Markaziy bank boshqaruvining majlislari oyiga kamida bir marta o‘tkaziladi.
Markaziy bank boshqaruvining majlislari Markaziy bank raisi tomonidan chaqiriladi. Majlislar Markaziy bank boshqaruvining kamida uch nafar a’zosi talabi bo‘yicha ham chaqirilishi mumkin.
Markaziy bank boshqaruvi majlislariga Markaziy bank raisi, rais bo‘lmagan taqdirda esa uning birinchi o‘rinbosari yoki o‘rinbosarlaridan biri raislik qiladi.
Markaziy bank boshqaruvi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda boshqaruv majlisi vakolatli bo‘ladi. Markaziy bank boshqaruvining qarorlari hozir bo‘lgan a’zolarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi bo‘ladi.
Markaziy bank boshqaruvi majlislari, qoida tariqasida, yopiq tartibda o‘tkaziladi.
Markaziy bank boshqaruvining ochiq majlislarini o‘tkazish rejalari, shu jumladan majlislarning kun tartibi, o‘tkaziladigan joyi hamda vaqti Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Markaziy bank boshqaruvining majlislari reglamentga muvofiq o‘tkaziladi.
Markaziy bank boshqaruvining to‘xtami qaror tarzida qabul qilinadi.
22-modda. Markaziy bank raisi
Markaziy bank raisi:
Markaziy bank va uning boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi, bankning fondlarini tasarruf etadi hamda Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida va xorijda Markaziy bank nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi;
ichki audit xizmatiga rahbarlik qiladi;
Markaziy bank faoliyati masalalarini hal qiladi, bundan ushbu Qonunga binoan Markaziy bank boshqaruvining vakolatlariga kiritilgan masalalar mustasno;
Markaziy bank boshqaruvining qarorlarini imzolaydi, buyruqlar va farmoyishlar qabul qiladi;
Markaziy bankning faoliyatini va joriy operatsiyalarini tezkor boshqarishga doir harakatlarni bajaradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hisobot taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarda, sudlarda, banklar va muassasalarda, xalqaro va chet el tashkilotlarida Markaziy bank faoliyatiga doir barcha masalalar bo‘yicha Markaziy bank nomidan ish yuritadi;
ayrim masalalarni hal qilishni o‘z o‘rinbosarlariga, markaziy devonning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga, Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha bosh boshqarmalari rahbarlariga topshiradi;
jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining qabulini o‘tkazadi.
Markaziy bank raisining vakolat muddati — besh yil.
Markaziy bank raisi bo‘lmagan taqdirda uning vazifalarini birinchi o‘rinbosari yoki o‘rinbosarlaridan biri bajaradi.

Yüklə 239 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin