1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Pul belgilarini tayyorlash va saqlash



Yüklə 239 Kb.
səhifə16/29
tarix15.04.2023
ölçüsü239 Kb.
#98533
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
Титульный

41-modda. Pul belgilarini tayyorlash va saqlash
Markaziy bank pul belgilarining tayyorlanishini, muomalaga chiqarilmagan pul belgilarining saqlanishini, bosma qoliplar va bo‘yoqlarning saqlanishi hamda yo‘q qilinishini ta’minlaydi, naqd pullarni saqlash, tashish va inkasso qilish, shuningdek ularni yo‘q qilib yuborish qoidalarini belgilaydi.
42-modda. Muomaladagi pul belgilaridan foydalanishga qo‘yiladigan talablar
Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan pul belgilari O‘zbekiston Respublikasining butun hududida to‘lovlarning barcha turlarida, shuningdek hisobvaraqlarga, omonatlarga o‘tkazish va jo‘natma sifatida o‘tkazish uchun o‘z nominal qiymati bo‘yicha qabul qilinishi shart.
43-modda. Shikastlangan pul belgilari
Markaziy bank pul belgilarining muomalaga yaroqliligini aniqlash hamda shikastlangan pul belgilarini almashtirish tartibini belgilaydi va e’lon qiladi.
Banklar shikastlangan pul belgilarini Markaziy bank tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq cheklovlarsiz almashtirib beradi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir Yo‘riqnoma” (ro‘yxat raqami 3028, 29.06.2018-y.).
44-modda. Pul belgilarini muomaladan chiqarish
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasining har qanday pul belgilarini muomaladan chiqarishga haqli. Buning uchun Markaziy bank boshqaruvining ayirboshlash tartibi va vaqti ko‘rsatilgan e’lon qilingan qarori asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ayirboshlash uchun Markaziy bank tomonidan belgilangan muddat tugagach ayirboshlanishi kerak bo‘lgan pul belgilari qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotadi.
45-modda. To‘lovlarni amalga oshirish
To‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd pul yoki naqd pulsiz hisob-kitoblar tarzida amalga oshiriladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi hududida banklar orqali amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida nizom (ro‘yxat raqami 3229, 04.13.2020-y.).

Yüklə 239 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin