1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Pul bozorida likvidlilikni taqdim etish va olib qo‘yishga doir operatsiyalar



Yüklə 239 Kb.
səhifə13/29
tarix15.04.2023
ölçüsü239 Kb.
#98533
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Титульный

31-modda. Pul bozorida likvidlilikni taqdim etish va olib qo‘yishga doir operatsiyalar
Markaziy bank bozor foiz stavkalari darajasiga ta’sir ko‘rsatish, shuningdek bank tizimining likvidliligini ushlab turish va tartibga solish maqsadlarida pul bozorida likvidlilikni taqdim etish va olib qo‘yish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiradi. Mazkur operatsiyalar:
ta’minot ostidagi kreditlarni;
“svop” operatsiyalarini;
ochiq bozordagi operatsiyalarni;
qayta moliyalashtirishning maxsus mexanizmlarini;
depozit operatsiyalarini;
Markaziy bank obligatsiyalarining emissiyasini o‘z ichiga oladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan operatsiyalar umum qabul qilingan xalqaro amaliyot hisobga olingan holda Markaziy bank tomonidan belgilangan boshqa vositalarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
32-modda. Markaziy bankning kreditlari bo‘yicha ta’minot
Markaziy bankning kreditlari bo‘yicha quyidagilar ta’minot bo‘lishi mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining xalqaro zaxiralari toifasiga kiruvchi valyuta qimmatliklari;
O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari;
banklarning kreditlari bo‘yicha talab qilish huquqi;
likvidlilik va umum qabul qilingan xalqaro amaliyot hisobga olingan holda ro‘yxati Markaziy bank tomonidan belgilanadigan qarz vositalari hamda boshqa qimmatliklar, shuningdek kafilliklar va bank kafolatlari.
Markaziy bank banklarni kreditlash shartlarini o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.
33-modda. Tijorat banklarining likvidliligini favqulodda qo‘llab-quvvatlash
Likvidlilikning vaqtinchalik taqchilligi yuzaga kelganda to‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash maqsadida Markaziy bank likvidlilikni saqlab turish uchun tijorat banklariga uch oygacha bo‘lgan muddatga qisqa muddatli kreditlar tarzida tezkor yordam berishga haqli. Mazkur kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bankning boshqa kreditlariga doir amaldagi stavkalardan kam bo‘lmasligi va u bankning aktivlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Mamlakatning moliyaviy tizimi barqarorligiga tahdid tug‘ilgan alohida hollarda Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan kreditni nisbatan yuqori foiz stavkasi bilan uzoqroq muddatga berishga yo‘l qo‘yiladi.

Yüklə 239 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin