1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Markaziy bankning ustuvor huquqi



Yüklə 239 Kb.
səhifə21/29
tarix15.04.2023
ölçüsü239 Kb.
#98533
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Титульный

59-modda. Markaziy bankning ustuvor huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bankka qarzdorning Markaziy bankdagi hisobvaraqlaridagi qoldiqlari va boshqa aktivlari hisobidan o‘zining qonunchilikda belgilangan talablarini qanoatlantirishda ustuvor huquq beriladi.
(59-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Markaziy bank o‘zining ustuvor huquqini hisobvaraqlardagi qoldiqlarni ushlab qolish yoki boshqa aktivlarni maqbul narxlarda sotish va sotish xarajatlari chegirib tashlanganidan keyin o‘ziga tegishli bo‘lgan miqdordagi tushumni ushlab qolish orqali amalga oshirishi mumkin.
10-bob. Kredit tashkilotlarining, to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining va banklar guruhlarining faoliyatini, shuningdek qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarishni tartibga solish va nazorat qilish
60-modda. Markaziy bankning tartibga solishga doir vazifalari
Markaziy bank tartibga solishga doir vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagilarni belgilaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
banklarni va kredit byurolarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi hamda shartlarini;
(60-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
amalga oshirilishi uchun Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarini litsenziyalash tartibini;
Oldingi tahrirga qarang.
ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibini;
(60-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish tartibini;
(60-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
banklar aksiyalarining potensial oluvchisini baholash tartibi va shartlarini;
chet ellik muassislarga (aksiyadorlarga) nisbatan ular tomonidan bankni tashkil etish yoki bankning ustav kapitalida ishtirok etish chog‘ida qo‘yiladigan qo‘shimcha talablarni;
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet davlatlar banklarining vakolatxonalarini ochish, akkreditatsiya qilish, ularning faoliyatini amalga oshirish va tugatish tartibini;
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning banklari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1883, 23.12.2008-y.).
chet elda shu’ba bankni va filialni ochish uchun banklar boshqaruvi hamda moliyaviy holatining yetarliligi mezonlarini;
Oldingi tahrirga qarang.
to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimlari operatorlari ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdorini;
(60-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
banklarga aloqador bo‘lgan shaxslar bilan bitimlar tuzish, shu jumladan ularga kreditlar berish bo‘yicha cheklovlarni;
kredit tashkilotlarining, to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining va kredit byurolarining axborot xavfsizligiga doir minimal talablarni;
kredit tashkilotlari, to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari, valyuta birjalari va kredit byurolarining binolariga, ularning himoya qilinishini ta’minlashga, uskunalar, tashkiliy-texnik vositalar bilan jihozlanishiga hamda dasturiy ta’minotiga doir talablarni;
banklarning faoliyatini tugatish va banklarni tugatish, shu jumladan ixtiyoriy shaklda tugatish tartibini;
Oldingi tahrirga qarang.
banklarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlarini;
(60-modda birinchi qismining o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlash uslubiyotini;
banklarning va banklar guruhlarining moliyaviy ahvoli yomonlashishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash uslubiyotini;
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslar tomonidan yangi moliyaviy operatsiyalar, texnologiyalar va xizmatlarni nazorat qilinadigan cheklangan muhitda (qamrov hududi, sinov davri, operatsiyalar va xizmatlarning soni va (yoki) hajmi, iste’molchilar soni va boshqalar) sinovdan o‘tkazish bo‘yicha maxsus huquqiy rejimini (“tartibga solish qumdoni”);
mikromoliya tashkilotlari tomonidan to‘lov agentining (subagentining) yoki banklar, sug‘urta va boshqa moliya tashkilotlari agentining vazifalarini amalga oshirish tartibini;
mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatish tartibini;
(60-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuniga asosan o‘n sakkizinchi, o‘n to‘qqizinchi va yigirmanchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalar va vakolatlardan kelib chiqqan holda boshqa talablarni.
Berilgan litsenziyalar to‘g‘risidagi axborot Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi kerak va u tanishib chiqish uchun ochiq bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank banklar va kredit byurolarining davlat reyestrlarini, banklarga, to‘lov tashkilotlariga, to‘lov tizimlari operatorlariga, valyuta birjalariga, kredit byurolariga berilgan litsenziyalarning reyestrlarini, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestrini, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestrini, lombardlar reyestrini, shuningdek ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlarini yuritadi.
(60-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)

Yüklə 239 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin