1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Markaziy bankning nazoratga doir vazifalari



Yüklə 239 Kb.
səhifə22/29
tarix15.04.2023
ölçüsü239 Kb.
#98533
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Титульный

61-modda. Markaziy bankning nazoratga doir vazifalari
Nazoratga doir vazifalarini amalga oshirish uchun Markaziy bank:
kredit tashkilotlari uchun moliyaviy operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy va nazoratga doir hisobotlarni, shu jumladan yillik hisobotni tuzish hamda taqdim etish, tavakkalchiliklarini baholash hamda ularning faoliyatini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni taqdim etish bo‘yicha majburiy bo‘lgan qoidalarni;
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1834, 11.07.2008-y.).
faoliyatni va operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari, valyuta birjalari va kredit byurolari uchun majburiy bo‘lgan qoidalarni;
“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda foydani taqsimlash uchun banklar tomonidan Markaziy bankning roziligini olish tartibini;
konsolidatsiya chegaralarini (perimetrini) va usullarini aniqlash tartibini;
banklar guruhining asosiy banki tomonidan banklar guruhining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan konsolidatsiyalashgan hisobotni va axborotni tuzish hamda Markaziy bankka taqdim etish tartibini;
banklar guruhining ishtirokchilari tomonidan banklar guruhining asosiy bankiga banklar guruhining faoliyati to‘g‘risidagi konsolidatsiyalashgan hisobotni tuzish uchun zarur bo‘lgan o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish tartibini;
banklarning hamda banklar guruhlarining ichki nazoratiga va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga, shuningdek banklardagi korporativ boshqaruvga, shu jumladan banklarning kuzatuv kengashlari a’zolarining mustaqilligiga doir talablarni;
Oldingi tahrirga qarang.
kredit tashkilotlari, to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari va banklar guruhlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazoratga doir talablarni;
(61-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
banklarning va banklar guruhlarining moliyaviy ahvolini tiklash rejalarining mazmuniga hamda ularni yangilashga doir talablarni, ularni taqdim etish va baholash tartibini;
Oldingi tahrirga qarang.
banklar, shu jumladan tizimli ahamiyatga molik banklar, shuningdek banklar guruhlari, mikromoliya tashkilotlari va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari uchun prudensial normativlarni hisoblab chiqarish tartibini hamda ushbu normativlarning yo‘l qo‘yiladigan qiymatlarini;
(61-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
banklar, tizimli ahamiyatga molik banklar va banklar guruhlari uchun likvidlilik hamda kapitalning yetarliligi koeffitsentlariga qo‘shimcha ustamalarni;
to‘lanadigan haq miqdorlarining bazaviy darajasini aniqlash tartibini, shu jumladan jismoniy shaxs bo‘lgan omonatchilarga to‘lanadigan har qanday foizlarni va foizsiz to‘lovlarni, natura shaklidagi daromadlarni, shuningdek bank omonati shartnomalari bo‘yicha pul mukofotlari qiymatlarining bazaviy darajadan og‘ishining eng yuqori darajasini;
LexUZ sharhi
Qarang: “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1306, 30.01.2004-y.).
banklarda vaqtinchalik boshqaruvni amalga oshirish tartibini;
banklarning kuzatuv kengashi, boshqaruvi a’zolarini va muhim ahamiyatga ega xodimlarini baholashdan o‘tkazish tartibini, ularning malaka talablariga muvofiqlik mezonlarini, shuningdek ularni kelishib olish tartibini belgilaydi.
Markaziy bank nazoratga doir vazifalarini amalga oshirish uchun:
kredit tashkilotlaridan, ularga aloqador bo‘lgan shaxslardan, to‘lov tashkilotlaridan, to‘lov tizimlari operatorlaridan, valyuta birjalaridan, kredit byurolaridan, shuningdek banklar guruhlaridan, banklar tomonidan autsorsingga topshirilgan xizmatlar hamda operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslardan va kredit tashkilotlarining assotsiatsiyalaridan (uyushmalaridan) hisobotlarni, shuningdek boshqa hujjatlarni so‘rab olishga va tekshirishga, olingan axborotni tushuntirib berishni talab qilishga;
kredit tashkilotlarini, to‘lov tashkilotlarini, to‘lov tizimlari operatorlarini, valyuta birjalarini, kredit byurolarini, bank tomonidan autsorsingga topshirilgan xizmatlar va operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarni, shuningdek konsolidatsiyalashgan tarzda nazorat qilinishi lozim bo‘lgan shaxslarni inspeksiyadan (tekshiruvdan) o‘tkazishga;
Oldingi tahrirga qarang.
banklarning, mikromoliya tashkilotlarining, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining va kredit byurolarining ichki auditiga doir talablarni belgilashga;
(61-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
Oldingi tahrirga qarang.
banklar va mikromoliya tashkilotlari tomonidan beriladigan iste’mol kreditlari hamda mikroqarzlar, shuningdek lombardlar tomonidan beriladigan mikroqarzlar bo‘yicha foiz stavkalari va to‘lovlarining eng yuqori qiymatlarini belgilashga;
(61-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash jamg‘armasiga banklar tomonidan har chorakda o‘tkaziladigan kalendar badaliga qo‘shimcha ajratmalar miqdorini belgilashga;
umidsiz aktivlarni hisobdan chiqarish shartlari va tartib-taomilini belgilashga;
kredit tashkilotlari va kredit byurolari uchun hisobot shakllarini hamda uni tuzish uslubiyotini, taqdim etish davriyligi va muddatlarini belgilashga;
bankdan konsolidatsiyalashgan hisobot taqdim etishni talab qilishga;
moliyaviy ahvoli yomonlashgan taqdirda banklarga va banklar guruhlarining asosiy banklariga moliyaviy ahvolini tiklash chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi tiklash rejalarini ishlab chiqish hamda taqdim etishga doir talabnoma yuborishga;
kredit tashkilotlariga, to‘lov tashkilotlariga, to‘lov tizimlari operatorlariga, valyuta birjalariga va kredit byurolariga ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida, shu jumladan kredit tashkilotlari xizmatlari iste’molchilarining huquqlari buzilishiga olib keluvchi sabablarni bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar yuborishga;
banklar aksiyalariga bevosita va bilvosita egalik qiluvchilarning, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlarning moliyaviy ahvoli hamda ishchanlik obro‘si haqida axborot so‘rashga va olishga;
Oldingi tahrirga qarang.
to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari, valyuta birjalari va kredit byurolari rahbarlari hamda bosh buxgalterlariga nisbatan malaka talablarini qo‘yishga, shuningdek ularni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilashga haqli.
(61-modda ikkinchi qismining o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)

Yüklə 239 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin