1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi



Yüklə 239 Kb.
səhifə25/29
tarix15.04.2023
ölçüsü239 Kb.
#98533
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Титульный

651-modda. Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakatlar)
Quyidagi faoliyat (harakatlar) turlarini amalga oshirish uchun bu haqda Markaziy bankni xabardor qilish talab etiladi:
lombard faoliyatini boshlash yoki tugatish;
naqd xorijiy va (yoki) milliy valyutani O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish;
bank filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochish yoki tugatish;
to‘lov tashkilotini qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish);
elektron pullar emitentining elektron pullarni chiqarish bo‘yicha faoliyatni boshlash yoki tugatish;
Oldingi tahrirga qarang.
mikromoliya tashkiloti filialini ochish yoki yopish;
(651-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
Oldingi tahrirga qarang.
lombard filialini ochish yoki yopish.
(651-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan faoliyat (harakatlar) turlari bilan Markaziy bankni xabardor qilmasdan shug‘ullanish taqiqlanadi.
(651-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
66-modda. Markaziy bank tomonidan nazorat qilinishi lozim bo‘lgan shaxslarni inspeksiyadan (tekshiruvdan) o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank kredit tashkilotlarini, to‘lov tashkilotlarini, to‘lov tizimlari operatorlarini, valyuta birjalarini, kredit byurolarini, banklar tomonidan autsorsingga topshirilgan xizmatlar hamda operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarni, shuningdek konsolidatsiyalashgan tarzda nazorat qilinishi lozim bo‘lgan shaxslarni tavakkalchiliklarni baholash natijalari asosida inspeksiyadan o‘tkazadi, shuningdek ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarning so‘rovlari, jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi murojaatlari bo‘yicha alohida masalalar yuzasidan tekshiruvdan o‘tkazishi mumkin.
(66-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarni inspeksiyadan (tekshiruvdan) o‘tkazish tartibi Markaziy bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Inspeksiya (tekshiruv) davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan kelishuvsiz hamda ular xabardor qilinmasdan amalga oshiriladi.
Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi Markaziy bank tomonidan nazorat qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar faoliyatining inspeksiyadan (tekshiruvdan) o‘tkaziladigan sohasi yo‘nalishini Markaziy bank tarkibiy bo‘linmalarining vazifalaridan kelib chiqqan holda belgilaydi.
Markaziy bank tomonidan nazoratga doir vazifalarni bajarishga to‘sqinlik qilinganligi uchun Markaziy bank nazorat qilishi lozim bo‘lgan shaxslarga nisbatan choralar va sanksiyalar qo‘llanilishi mazkur shaxslarni inspeksiyadan (tekshiruvdan) o‘tkazishdan ozod etmaydi.
Markaziy bankning inspeksiya va tekshirish o‘tkazishni amalga oshiruvchi bo‘linmalarining vakolatlari, ularning majburiyatlarini taqsimlash Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Inspeksiya (tekshiruv) o‘tkazish uchun Markaziy bank tasarrufidagi tashkilotlarning, shuningdek banklar va sohaga oid boshqa tashkilotlarning xodimlari jalb etilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2217, 14.04.2011-y.) va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2209, 14.03.2011-y.).
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 239 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin