1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-bob. Yakunlovchi qoidalar



Yüklə 239 Kb.
səhifə28/29
tarix15.04.2023
ölçüsü239 Kb.
#98533
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Титульный

11-bob. Yakunlovchi qoidalar
68-modda. Xalqaro hamkorlik
Markaziy bank xalqaro tashkilotlar, chet davlatlarning markaziy banklari hamda bank nazorati va monetar siyosat bo‘yicha boshqa organlari bilan hamkorlik qiladi hamda axborot almashishni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank nazorat vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha, shu jumladan konfidensial axborotni almashish yuzasidan milliy va chet el organlari bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida bitimlar tuzishga haqli.
(68-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Markaziy bank chet davlatdan kelib tushgan axborotni uni taqdim etgan shaxsning roziligi bo‘lgan taqdirda va tegishli shaxs qaysi maqsadlarda rozilik bergan bo‘lsa, o‘sha maqsadlarda oshkor qilishga haqli.
69-modda. Markaziy bankning kommunikatsiya siyosati
Markaziy bank pul-kredit siyosatining va bank tizimining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarning ta’sirchanligini oshirish maqsadida Markaziy bank siyosatining maqsadlari va mohiyatini jamoatchilik e’tiboriga yetkazish orqali kommunikatsiya siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Markaziy bankning kommunikatsiya siyosati tahliliy materiallarni, sharhlarni, statistik ma’lumotlarni, intervyularni, ma’ruzalarni e’lon qilish, shuningdek matbuot brifinglari tashkil etish orqali va umume’tirof etilgan xalqaro amaliyotni inobatga olgan holda boshqa usullar bilan amalga oshiriladi.
Markaziy bank bank tizimi faoliyatining shaffofligini ta’minlash uchun o‘zining rasmiy veb-saytida quyidagi axborotni:
banklarni nazorat qilish hamda tartibga solish sohasida qabul qilingan qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini va ularning qo‘llanilishiga doir tavsiyalarni;
Oldingi tahrirga qarang.
banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lishi uchun banklar tomonidan qo‘llaniladigan tizimlar, strategiyalar, tartib-taomillar hamda mexanizmlarni tekshirishda va banklar duchor bo‘lgan yoki duchor bo‘lishi mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklarni baholashda foydalaniladigan umumiy mezonlar hamda uslubiyotlarni;
(69-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
banklarning rahbarlari ro‘yxatini;
banklarning hisobotlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni, bundan bank sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar mustasno;
ko‘rilgan choralar va sanksiyalarni e’lon qiladi hamda muntazam ravishda yangilab turadi.
Oldingi tahrirga qarang.
691-modda. Markaziy bankning davlat organlari va tashkilotlari bilan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari doirasidagi o‘zaro hamkorligi
Markaziy bank davlat organlari va tashkilotlaridan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari doirasida qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rab olishga haqlidir.
Davlat organlari va tashkilotlari Markaziy bank tomonidan so‘ralgan, tegishli qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni taqdim etishi kerak.
(691-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)

Yüklə 239 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin