1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Markaziy bank tomonidan qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalar



Yüklə 239 Kb.
səhifə26/29
tarix15.04.2023
ölçüsü239 Kb.
#98533
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Титульный

67-modda. Markaziy bank tomonidan qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalar
Markaziy bank banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq banklarga, banklarning bevosita hamda bilvosita aksiyadorlariga, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlariga, kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolariga, shuningdek banklarning muhim ahamiyatga ega xodimlariga nisbatan choralar hamda sanksiyalar qo‘llashga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Nobank kredit tashkilotlari qonunchilik talablarini, shu jumladan belgilangan prudensial normativlarni buzgan yoki xabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun belgilangan talablar va shartlar bajarilganligi to‘g‘risida Markaziy bankka yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot bergan taqdirda Markaziy bank:
qoidabuzarga o‘z faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar yuborishga;
ularning o‘z kapitalining besh foizigacha miqdorda jarima undirishga;
ayrim operatsiyalarni o‘tkazishni uch oygacha bo‘lgan muddatga cheklashga;
nobank kredit tashkiloti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan yoki ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestridan yoki lombardlar reyestridan chiqarib tashlashga;
xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni to‘xtatib turishga yoki tugatishga haqlidir.
(67-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik kredit tashkilotlari, to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari tomonidan buzilganligi aniqlangan taqdirda Markaziy bank ularga nisbatan qonunchilikka muvofiq choralar va sanksiyalar qo‘llashga haqli.
Kredit tashkilotlariga, to‘lov tashkilotlariga, to‘lov tizimlari operatorlariga, valyuta birjalariga va kredit byurolariga choralar va sanksiyalar qo‘llash tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Markaziy bank ayni bir qoidabuzarlik bo‘yicha bir vaqtning o‘zida yoki ketma-ket bir nechta choralar va (yoki) sanksiyalar qo‘llashga haqlidir.
(67-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 239 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin